Marketing elementlari tarkibi va jarayoni




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/222
Sana01.07.2022
Hajmi1.52 Mb.
#24661
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari, Ona-Vatan-aziz, TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1), difff, Иккинчи туплам, Manzuraxon, mohiyat, 1-23 MEHNAT MUHOFAZASItaqvimi, 4-22 neft va gaz kimyoviy sintez taqvim
 
1.4. Marketing elementlari tarkibi va jarayoni.
Marketing – “MIKS” tushunchasi 
 
Marketing nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida marketing – 
bu kompleks tizim bo‘lib, boshqarilishi ishlab chiqarish – tijorat 
metodlari birlashmasi (birikmasi)dan foydalanishni ko‘zda tutadi, degan 
tushunchaga olib keldi. Masalan, 1980-1990-yillarda xaridorlarga quyi-
dagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir etishni ko‘zda tutuvchi marketing – 
miks konsepsiyasi paydo bo‘ldi: 
- tovar (tovar siyosati, tovar marketingi); 
- savdo, tarqatish (savdo siyosati, savdo marketingi); 
- oldinga harakatlanish (kommunikatsiya siyosati, kommunikatsiya 
marketingi); 
- odamlar (kadrlar siyosati, munosabatlar marketingi). 
Bugun rivojlangan mamlakatlarda ustuvor ravishda bir martalik 
bitim tuzishga mo‘ljallangan bitim marketingidan o‘zaro munosabatlar 
marketinggiga o‘tilmoqda. Ko‘pchilik kompaniyalar bozorning to‘yi-
nishi, yangi iste’molchilarni egallash uchun qattiq raqobat sharoitlari, 
eski mijozlar bilan munosabatlarni saqlash, xaridorga yo‘naltirilgan 
personalni tanlash va o‘qitish ancha arzonga tushishini tushuna 
boshladilar. 
Munosabatlar marketingi – yuqori iste’mol qimmatliklari bilan 
xizmat ko‘rsatish yo‘li orqali iste’molchilar va boshqa manfaatdor 
shaxslar bilan mustahkam o‘zaro foydali munosabatlarni yaratish, 
saqlash va kengaytirish jarayonidir. Agar butun dunyoda bugun 
marketingning ijtimoiy-etika konsepsiyasi umum tan olingan hisoblansa, 
O‘zbekistonda marketing sezilarli darajada hayotga kirib kelmoqda. 
Tashkilotlarda marketing xizmatlari yaratilmoqda, marketing tadqiqot-
lari o‘tkazilmoqda, O‘zbekiston bozorlari o‘rganilmoqda. Turli xil 
tovarlar bozorlarida yuzaga keladigan vaziyatlarga bog‘liq holda 
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish ko‘rib chiqilgan konsepsiyalardan biri 


28 
asosida amalga oshirilmoqda. Marketingning jahon tajribasi O‘zbekiston 
bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bugungi 
iqtisodiy vaziyatda mamlakat korxonalari muvaffaqiyatlarining asosi 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadbirkorlik sohasida marketing qarorlarini ishlab chiqish va ularni 
qabul qilish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Marketing tadbirkorlik 
faoliyatining falsafasi va instrumentariysi (usuli, vositalari) sifatida 
shakllanib, ular faoliyatiga uzluksiz ta’sir etadi. O‘zaro ta’sir nazariyasi 
amalda bu tushunchaning uch aspektini (falsafa, firmalar faoliyatini 
tashkil etish usuli, vositalari) chambarchas bog‘liqlikda qo‘llashni talab 
etadi. 1973-yilda F.Kotler marketingni falsafa va marketingning hunar 
sifatidagi farqini ko‘rsatib berdi. Agar barcha e’tiborni marketingni 
hunar, deb qarab, uning usullari, vositalari (dastaklari) va tadbirlariga 
qaratadigan bo‘lsak, o‘sib borayotgan raqobat sharoitida buning o‘zi 
yetarli emas. Marketing bilimlarini firmaning barcha ishchi-xodimlari 
bilishiva tadbirkorlik faoliyatining falsafasi, deb qarashi bugungi kun 
talabidir. Biznes faoliyatining yagona maqsadi sari intilishda barcha 
xodimlar faoliyatining muvofiqlashganligi, axborotlar almashinuvining 
tezkor va obyektivligi samarali faoliyatga bevosita ta’sir etadi. Ko‘zda 
tutilgan rejalar va ularning bajarilganlik darajasi barcha bo‘limlarning 
samarali va uzluksiz ishlashiga bog‘liqligi amalda tasdiqlangan. 
Masalan, xomashyoning o‘z vaqtida yetib kelmasligi ishlab chiqarish 
ttsexining ish grafigiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qadoqlash tsexi ham kun 
bo‘yi ishsiz o‘tirishi, sotuv bilan shug‘ullanuvchi ishchi – xodimlar ham 
o‘z vaqtida chakana va ulgurji xaridorlarga mahsulotni yetkazib 
berolmay shartnoma shartlarini buzish hollariga duch keladilar va h.k. 
Ko‘rib turibmizki, muvofiqlashmagan ish firmaning natijaviy faoliyatiga 
putur yetkazadi. Shuning uchun chambarchas bog‘langan jamoa sifatida 
ishlashgina ko‘zlangan maqsadga olib boradi. Samarali tadbirkorlikni 
amalga oshirishda biznes g‘oyalarni to‘g‘ri boshqarish juda muhimdir. 
Mahsulotni tovar shaklida iste’molchiga yetkazib berish, samarali sotuv 
kanallarini izlab topish, xaridorni firma mijoziga aylantirish
tadbirkordan juda ko‘p sa’y – harakatlarni talab etadi.
1964-yilda Garvard universitetining professori Neyl Borden 
marketing nazariyasiga ilk bor MARKETING – MIKS tushunchasini 
kiritdi. Bu tushuncha o‘z ichiga marketingning barcha usul va 
tadbirlarini olib, ular yordamida iste’molchiga ta’sir ko‘rsatish, firma 
tovariga qiziqish uyg‘otish, tovarga bo‘lgan talabni ko‘tarish, raqobat-
bardosh tovarlarni yaratish kabi vazifalarni bajarish orqali firma 


29 
maqsadiga erishishni nazarda tutadi. 1960-yilda esa P.Makkarti 
marketing kompleksi modelini, ya’ni 4P ni taklif etadi. Bu “product”, 
“price”, “place”, “promotion”, ya’ni tovar, narx, sotilish joyi, tovarni 
siljitish tushunchalari majmuyidir. X.Meffertning ta’kidlashicha bu to‘rt 
ko‘rsatkichning sotuv jarayoniga ta’siri haqida juda ko‘p nazariyalar 
yaratilgan. Dastlabki vaqtlarda tovar narxi birinchi omil sifatida 
xaridorga ta’sir etib, uni sotib olish yoki olmaslik haqida qaror qabul 
qilsa, keyinchalik u tovarning sifati va naflilik darajasiga e’tiborini 
kuchaytirdi. Sotuv siyosatining muhim omili sifatida mahsulot sifati 
oldingi o‘ringa chiqdi. Keyinchalik iste’molchining xulq-atvori 
nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga asosan, xarid qilish haqida qaror 
qabul qilishi uchun xaridorga aynan qaysi omil unga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. Uy xo‘jaligi yuritishnining neoklassik nazariyasidan kelib 
chiqib, iste’molchi xulq-atvori nazariyasi xarid qilishga ta’sir etuvchi 
omillarni va sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonini batafsil 
yoritgan. Sotish siyosatining takomillashtirish juda ko‘p omillarga 
bog‘liqligi bozorni segmentlash konsepsiyasining yaratilishini taqozo 
qildi. Bozorni turli omillarga qarab bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish, 
iste’molchilarning yoshi, millati, ish faoliyati, jinsi va boshqa ko‘rsat-
kichlariga qarab segmentlash ishlab chiqaruvchiga kim uchun, qanday 
tovarni, qanday narxda ishlab chiqarishni asoslab beradi.
Marketing nazariyasi va marketing miksdan to‘g‘ri foydalanish 
tadbirkorlikda juda muhim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
davlatlarda marketing-miks konsepsiyasidagi 4Pni cheklangan, deb unga 
qo‘shimcha elementlarni kiritishmoqda. Masalan, 5-P-odamlar (People).
1986-yilda F.Kotler pablik rileyshenz va siyosat elementlarini 
kiritib, 4P ni 6P – modeli sifatida taklif etgan bo‘lsa, bank sohasi 
tadqiqotchilari 7P ni taklif etdilar. 1980-yillarda marketing faoliyatini 
modellashtirishga yangicha yondashish shakllandi. O‘zaro ta’sir 
nazariyasi va tarmoqlar asosida sanoat marketingi (Xokanson,1982-y.), 
xizmatlar marketingi (Grenroos, 1983-y.) shakllandi. Sohalar marketingi 
asosida o‘zaro ta’sir, sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarga 
alohida e’tibor berilib, marketing faoliyatini boshqarish mumkinligi 
ta’kidlab o‘tilgan. 4P modelidagi ko‘rsatkichlar ba’zi olimlar fikricha 
cheklangan bo‘lishiga qaramay, marketing nazariyasi va amaliyotining 
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, qadoqlangan keng 
iste’mol tovarlarini sotishda ana shu 4-omil iste’molchi uchun juda 
muhimligi amalda o‘z tasdig‘ini topdi. Bozor munosabatlariga o‘tish 
davrida marketing — miks 4P marketing tadbirlarini rejalashtirish va 


30 
o‘tkazishda qo‘llanildi. Hozirgi vaqtda ko‘proq marketingning 
4-submiks shakli qo‘llaniladi. Marketing siyosatining vositalari 1.4- 
jadvalda berilgan bo‘lib, unda har bir marketing siyosatiga mos keluvchi 
marketing chora-tadbirlari batafsil aks ettirilgan. 
1.4-jadval

Download 1.52 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish