• 1.2.4. Belgili toifa
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 18,84 Mb.
    bet113/163
    Sana16.01.2024
    Hajmi18,84 Mb.
    #138868
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

    1.2.3. Mantiqiy toifa

    Mazkur toifa mantiqiy mulohazalarning to‘g‘riligini aniqlash uchun, turli xil dasturlash tillarida turlicha ifodalaniladigan ifodalarni 2 ta ko‘rinishda aniqlaydi. Mantiqiy ma’lumotlar ustida quyidagi mantiqiy operatsiyalarni bajarish mumkin: konyunktsiya (va), dizyunktsiya (yoki) va inkor (yo‘q), hamda qiyinroq bo‘lgan ekvivalentlik, implikatsiya, chiqarib tashlash va boshqa operatsiyalar. Yuqorida keltirilgan ixtiyoriy operatsiyaning natijasi – mantiqiy qiymatga ega bo‘ladi.


    Mantiqiy qiymatni xotirada saqlash uchun bitta bit yetarli.

    1.3-jadval


    Asosiy mantiqiy funksiyalarning chinlik jadvali



    1.4-jadval
    Mantiqiy toifa tavsifi



    Toifa ko‘rinishi

    Mazkur toifadagi o‘zgaruvchining qabul qiladigan qiymat oralig‘i

    O‘zgaruvchining kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi

    Bool

    true , false

    1 bayt

    C++ da and mantiqiy amalining yana bir yozilish shakli &&, or yoki ||, not yoki ! va “inkor-yoki” amali xor kabi yozilishi mumkin.


    bool toifasiga bitta misol ko‘rib chiqamiz.
    #include
    using namespace std;
    int main()
    { bool b=true;
    bool s=false;
    bool d1=not b || s;
    bool d2=b && s;
    bool d3=b xor s;
    cout<
    system("PAUSE");
    }
    Natija: 0 0 1
    1.2.4. Belgili toifa

    Belgili toifaga belgilarning chekli to‘plami yoki liter, ularga lotin alifbosidagi harflar va unda yo‘q kirill harflar, o‘nlik raqamlar, matematik va maxsus belgilar kiradi. Belgili ma’lumotlar hisoblash texnikasi bilan inson o‘rtasidagi aloqani o‘rnatishda katta ahamiyatga ega. Belgili toifadagi o‘zgaruvchilar ustida turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bunda amallar belgilarning ASCII kodlari ustida bajariladi. Shu sababli, belgili toifalarni taqqoslash ham mumkin va taqqoslashlarning natijalari bool toifasiga kiradi. C++ tilida belgili toifalarning qiymatlari qo‘shtirnoq ichida beriladi va u bitta belgidan iborat bo‘lishi mumkin.


    1.5-jadval
    Belgili toifa shakllari



    Toifa ko‘rinishi

    Mazkur toifadagi o‘zgaruvchining qabul qiladigan qiymat oralig‘i

    O‘zgaruvchining kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi

    char(signed char)

    -128…127

    1 bayt

    unsigned char

    0…255

    1 bayt

    wchar_t
    (kengaytirilgan simvolli tip)

    0…65535

    2 bayt

    Satr (qator) – bu qandaydir belgilar ketma-ketligi bo‘lib, satr bitta, bo‘sh yoki bir nechta belgilar birlashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. C++ tilida satrlarni e’lon qilish belgilar massivi shaklida amalga oshiriladi. Bu haqda keyinroq batafsil to‘xtalamiz.


    Belgili toifadagi o‘zgaruvchilar ustida o‘zlashtirish, taqqoslash va turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bunda agar belgili toifalar ustida matematik amallar bajariladigan bo‘lsa, belgilarning ASCII kodlari olinadi.

    Belgilar va qatorlarga doir quyidagi sodda dasturni keltiramiz:


    #include
    using namespace std;
    int main()
    { char x='a';
    char y='b';
    char min;
    cout<<”belgilar yig‘indisi=”<
    cout<
    if(x>y) min=y;
    else min=x;
    cout<<”min=”<
    system("pause");
    }
    Natija: belgilar yig‘indisi=195
    a b
    min=a




      1. Download 18,84 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163




    Download 18,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 18,84 Mb.