• Ma’lumotlar toifalari
  • 1.2.1. Butun toifa – int
  • -tajriba ishi. MA’LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN TOIFALARI




    Download 18,84 Mb.
    bet111/163
    Sana16.01.2024
    Hajmi18,84 Mb.
    #138868
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

    1-tajriba ishi. MA’LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN TOIFALARI


    Ishdan maqsad: Ma’lumotlarning oddiy sozlangan va nostandart toifalarini o‘rganish va ularni tadqiq qilish.
    Qo‘yilgan masala: C++ tilida butun, haqiqiy, belgili, mantiqiy toifadagi ma’lumotlarni e’lon qilish, nostandart toifalarni yaratish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish.
    Ish tartibi:

    • Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;

    • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

    • C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;

    • Natijalarni tekshirish;

    • Hisobotni tayyorlash va topshirish.
      1. Ma’lumotlar toifalari


    Ko‘plab dasturlash tillarida ma’lumotlar bazaviy va keltirilgan toifalarga ajratiladi. Ma’lumotlarning toifalarini 1.1-rasmdagidek klassifikatsiyalash mumkin.



    1.1-rasm. Toifalar klassifikatsiyasi
    Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so‘zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo‘lolmaydi, u int toifasida bo‘lishi kerak.



      1. Sozlangan toifalar

    1.2.1. Butun toifa – int


    Mazkur toifa butun sonlar to‘plamining qandaydir qism to‘plami bo‘lib, uning o‘lchami mashina, ya’ni kompyuter konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Mazkur toifaga kiruvchi sonlar ikkiga bo‘linadi: ishorali (signed) va ishorasiz (unsigned). Sonlarmi xotirada tasvirlashda eng chapdagi bit ishora uchun belgilanadi. Toifalarni signed (ishorali), unsigned (ishorasiz) kalit so‘zlari bilan modifikatsiyalash mumkin. Bunda ishorali toifa uchun ajratilgan joyning eng chap biti ishora uchun, qolgan bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi, ya’ni 0 – plus, 1 - minus. Ishorasiz toifalarda esa barcha bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ularning har biri uchun mos ravishda qiymat qabul qilish oralig‘i mavjud:


    a) ishorasiz sonlar uchun (0...2n-1);
    b) ishoralilar uchun (-2n-1… 2n-1-1).
    Butun sonlar ustida turli matematik (+, -, /, *) va solishtirish amallarini bajarish mumkin, ya’ni ==, !=, <, <=, >, >= operatorlar bilan binar amallarni bajarish mumkin. Ammo bu operatsiyalarning natijalari int toifasiga kirmaydi, ular bool toifasiga kiradi.
    Butun qiymat qabul qiluvchi o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun int, short int, long int xizmatchi so‘zlaridan foydalanish mumkin. Butun qiymatli toifalarning barchasi 1.1-jadvalda keltirilgan:

    1.1-jadval


    Butun toifa shakllari



    Toifa ko‘rinishi

    Mazkur toifadagi o‘zgaruvchining qabul qiladigan qiymatlar oralig‘i

    O‘zgaruvchining kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi

    short int

    signed: -32768 ... 32767
    unsigned: 0 ... 65535

    2 bayt

    int

    signed: -2147483648 ... 2147483647
    unsigned: 0 ... 4294967295

    4 bayt

    long int

    signed: -2147483648 ... 2147483647
    unsigned: 0 ... 4294967295

    4 bayt

    Bu sanab o‘tilgan toifalar o‘zlarining qiymatlar qabul qilish oralig‘i va xotiradan egallagan joyining katta yoki kichikligi bilan farqlanadi. Shuning uchun, o‘zgaruvchilarning qabul qiladigan qiymatlarini katta yoki kichikligiga qarab, yuqoridagi toifalardan mosini tanlash maqsadga muvofiqdir.


    Toifalar uchun xotira hajmining ajratilishi kompyuter konfiguratsiyasiga va kompilyatorga bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy bir toifaning xotirada egallaydigan hajmini bilish mumkin. Buning uchun sizeof() funksiyasini ishlatish mumkin.
    #include
    using namespace std;
    int main()
    {
    cout<
    system("pause");
    }

    Bu yerda natija baytlarda chiqadi, ya’ni 4. Funksiyaga kirish parametri sifatida toifa nomi beriladi.


    Butun toifaning quyidagicha ko‘rinishlari mavjud.
    Short
    short int
    signed short
    signed short int
    unsigned short
    unsigned short int
    int
    signed int
    unsigned
    unsigned int
    long
    long int
    signed long
    signed long int
    unsigned long
    unsigned long int
    Berilgan m va n butun sonlari ustida quyidagi arifmetik amallar bajarish dasturini ko‘rib chiqaylik: mn, m-n, m*n.
    #include
    using namespace std;
    int main()
    { int m,n;
    cin>>m>>n;
    int k1=m+n;
    int k2=m-n;
    int k3=m*n;
    cout<
    system("PAUSE");
    }



    Download 18,84 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163




    Download 18,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -tajriba ishi. MA’LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN TOIFALARI

    Download 18,84 Mb.