|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 99/163 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 18,84 Mb. | | #138868 |
Bog'liq O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi tTopshiriqlar
Binar Daraxt ustida quyidagi amallar bajarilsin:
- Daraxtning ildizini hosil qilish;
- Daraxtga element qo’shish;
- Daraxtdan element o’chirish;
- Daraxtda element mavjudligini tekshirish;
2. Binar Daraxt tugunlari haqiqiy sonlar bo’lsin. Quyidagi ishlarni bajaruvchi prosedura ѐki funksiyani ѐzing:
- daraxt barcha tugunlarini o’rta arifmetik qiymatini hisoblash;
- qiymati yuqoridagi prosedura(funksiya)da hosil bo’lgan songa teng elementni daraxtga qo’shish.
3. Quyidagi ishlarni bajaruvchi prosedura ѐki funksiyani ѐzing:
- daraxt tuguni ѐzuvi Ye bo’lgan element T daraxtga tegishli ѐki tegishli emasligini aniqlash;
- agar bunday ѐzuv topilmasa, uni daraxtga qo’shish.
4. Binar Daraxt tugunlari ѐzuvi – haqiqiy sonlar bo’lsin. Yozuvi manfiy bo’lgan daraxt tugunlarini o’chiruvchi prosedura tuzing.
5.Daraxt tugunlari ѐzuvi – haqiqiy sonlar bo’lsin. Quyidagi ishlarni bajaruvchi prosedura ѐki funksiyani ѐzing:
- bo’sh bo’lmagan darxtda ѐzuv qiymati maksimal ѐki minimal bo’lgan tugunlarni topish;
- daraxtning barcha barglari ѐzuvini chop etuvchi.
5-amaliy mashg’ulot
Muvozanatlangan binar daraxtlar ustidagi amallar. MERGE va SPLIT operatorlar to’plami. MERGE va SPLIT operatorli ma’lumotlarni apstrakt turlariga doir misollar.
Binar daraxt muvozanatlangan yoki AVL-muvozanatlangan bo‟lishi mumkin. Daraxt AVL-muvozanatlangan (1962 yil sovet olimlari Adelson, Velsk Georgiy Maksimovich va Landis Yevgeniya Mihaylovichlar tomonidan taklif qilingan) deyiladi, agar daraxtdagi har bir tugunning chap va o‟ng qismdaraxtlari balandliklari farqi 1 tadan ko‟p bo‟lmasa.
Berilgan butun sonlar – kalitlar ketma-ketligidan binar daraxt yaratib olamiz va uni muvozanatlaymiz. Daraxtni muvozanatlashdan maqsad, bunday daraxtga yangi element kiritish va daraxtdan element izlash algoritmi samaradorligini oshirishdan iborat, ya‟ni bu amallarni bajarishdagi solishtirishlar soni kamayadi. Binar daraxtni muvozanatlash algoritmi quyidagicha bo‟ladi:
1. Binar daraxtni yaratib olamiz.
2. Binar daraxtni chapdan o‟ngga ko‟rikdan o‟tkazamiz va tugunlarning info maydonlaridan a[..] massiv hosil qilamiz. Tabiiyki, massiv o‟sish bo‟yicha tartiblangan bo‟ladi.
Muvozanatlangan daraxtning tugunlarini belgilash uchun massivni ko‟riladigan oralig‟ini belgilab olamiz, ya‟ni start=0 va end=n-1.
3. Massivning ko‟rilayotgan oralig‟i o‟rtasida joylashgan elementni, ya‟ni mid=(start+end)/2 va a[mid] ni muvozanatlangan daraxtning tuguni qilib olinadi. Agar ko‟rilayotgan oraliqda bitta ham element qolmagan bo‟lsa, ya‟ni start>end bo‟lsa, bajarilish joriy seansdan keyingisiga uzatiladi.
4. Ko‟rilayotgan tugunning chap qismdaraxtini hosil qilish uchun massivning ko‟rilayotgan oralig‟ining 1-yarmini olamiz, ya‟ni start=0 va end=mid-1. 3-5 qadamlarni takrorlaymiz.
5. Ko‟rilayotgan tugunning o‟ng qismdaraxtini hosil qilish uchun massivning ko‟rilayotgan oralig‟ining 2-yarmini olamiz, ya‟ni start=mid+1 va end=end (oldingi qadamdagi end). 3-5 qadamlarni takrorlaymiz.
Dastur kodi
node *new_tree(int *arr, int start, int end)
{ if(start>end) return NULL;
else { 77
int mid=(start+end)/2;
node *tree=new node;
tree->info=arr[mid];
tree->left=new_tree(arr,start,mid-1);
tree->right=new_tree(arr,mid+1,end);
return tree; } }
|
| |