|
Elementli sinxronizatsiya
|
bet | 66/122 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #124384 |
Bog'liq Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi-fayllar.org (1)Elementli sinxronizatsiya. Qabul qilgichni to‗g‗ri ishlashini elementli sinxronizatsiya qurilmasi (ESQ) ta‘minlab beradi. Sinxronizatsiya qurilmasi umumiy ko‗rinishi o‗z ichiga signal analizatori (SA) va SI shakllantirgich (SISh)larni oladi (4.16-rasm).
Kirish Sinxroimpuls
4.16-rasm. Sinxronizatsiya qurilmasining umumiy ko‗rinish sxemasi
SA – kirishdagi ma‘lumotlar signali tuzatilish qiymat momentlari joylashishini ko‗rsatish uchun hizmat qiladi.
SISh - SA qiymat momentlaridan tushayotgan signallar harakati ostida, kirishga tushadigan signallar aniq fazadagi SI shakllantiradi.
Diskret aloqa tizimida sinxronizatsiya qurilmalariga quyidagi talablar qo‗yiladi:
qabul qilgichning ilk bor yoqilishida sinxronizatsiyaga kirish vaqti kam bo‗lishi;
qabul qilgichda impulslar katta buzilishlar bo‗lsa ham, ishlashida kichkina xatolik bo‗lishi;
qisqa vaqtli aloqa uzilishlarda ish jarayoni bardoshliligi;
uzatilayotgan tekst tuzilishidan qat‘iy nazar, ish jarayoniga bardoshliligi.
Elementli sinxronizatsiya uzatayotgan va qabul qilayotgan diskret ma‘lumotlarni shunday sinxronizatsiyalash jarayoniki, bunda raqamli signallarning birlik elementlari muhim vaqtlar orasida fazoviy moslashishni tashkil qilib turishi kerak. Oddiy qilib aytganda signalning har bir birlik elementlarining muhim vaqtlarida talab qilingan fazoviy moslashishni tashkil qilishdir.
Guruhli sinxronizatsiya usulida birlik elementlar uzatish vaqtida birlashtirilib kodli kombinatsiyalarni tashkil qiladi va kodli kombinatsiyalarni bir-biridan ajratish maqsadida ular orasiga sinxro signallar joylashtiriladi. Hatto, barcha birlik elementlar to‗g‗ri qabul qilinganda ham kodli kombinatsiyalarning boshi va oxiri xato aniqlanishi natijasida simvollarni xato qabul qilinishiga olib keladi yoki qaysidir axborotni xatolik bilan qabul qilinishiga sabab bo‗ladi. Shu sababdan
Aloqa kanali
aksariyat hollarda ikkala usul birgalikda qo‗llaniladi. DMUTlarida elementli va guruhli sinxronizatsiya qurilmalari qo‗llanilgan sxemasi 4.17-rasmda keltirilgan.
4.17-rasm. DMUTlarida sinxronizatsiya qurilmalarining qo‗llanilish sxemasi
Sinxronizatsiyalash qurilmalariga quyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Sinxronizatsiyada yuqori aniqlik. Ideal sinxronizatsiya momentlariga nisbatan sinxrosignal chegaralarining og‗ish darajasi;
Ishga tushgan zahoti va qisqa to‗htashlardan so‗ng sinxronizatsiyaga darhol tayyor bo‗lishi;
To‗sqinlar va qisqa uzilish hollarida sinxronizatsiyani saqlab qolish;
Sinxronizatsiya aniqligiga uzatilayotgan axborotning statistik strukturaga ta‘sir qilmasligi;
Ma‘lumotga sinxronizatsiya axborotini kiritish natijasida aloqa kanali o‗tkazuvchanlik qobiliyatining kamayishini iloji boricha minimallashtirish;
Soddalik va ishonchlilik.
|
| |