Raqamli televidenieda foydalaniladigan modulyatsiya turlari. Yer usti raqamli televideniening DVB-T standartida hozirda analog televidenieda foydalanilayotgan televizion kanallarda va ajratilgan
8 MGs chastotalar polosasida amalga oshiriladi. DVB-T standartida COFDM (COFDM (Coded Orthogonal Frequency Division Multiplexing) o‗zbek tilida shovqinbardosh kodlashni qo‗llab ko‗p ortogonal tashuvchilardan foydalanib kombinatsiyalashgan amplituda-faza modulyatsiyasi deb ta‘riflash mumkin.
Ortogonal tashuvchilardan foydalanishga asoslangan kombinatsion amplituda-fazaviy modulyatsiyalangan signalning asosiy xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz. Kombinatsion amplituda-faza modulyatsiyasidan (KAFM) foydalanishga asosiy sabab, bu radiokanalning xabar o‗tkazish
imkoniyatini 2n ga bog‗liq ravishda oshirish bo‗lib, bunda 2 raqami
ikkilik diskret signal (pauza, posilka) uchun ikkilik kanalni, n esa aloqa tizimidagi aloqa kanallari sonini anglatadi. 4-FM aloqa tizimi orqali ikki
mustaqil bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan ikkiliklar (pauza va posilka) 22 , 8-
FMda uchta
2 3 , 16-KAMda to‗rtta
2 4 va h.k.larni uzatish mumkin.
Signal vektor holatlari 8 tadan ko‗p bo‗lgan aloqa tizimlarida KAFM tadbiq etishga asosiy sabablardan biri ularning 16-FM, 64-FM va h.k. ko‗p pozitsiyali fazasi modulyatsiyalangan signallarga nisbatan yuqori
shovqinbardoshligi hisoblanadi. Shunday qilib, 2 n dagi n ning
kattalashishi berilgan polosalar chastotasidagi diskret signallar uzatish tezligi saqlanib qolingan holatda diskret signallar oqimining n ga proporsional oshishiga olib keladi ( n 0, 2, 3,...8 ) KAFM-256 signaliga
n 8
mos keladi.
Ushbu modulyatsiya turidagi tashuvchilarning o‗zaro ortogonalligi
ikki qo‗shni spektrning bir-birining ustiga tushmasligini va ularning bir-
biriga ta‘sirini eng kichik (minimal) bo‗lishini ta‘minlaydi. Agar
f va
f k 1
k
u
tashuvchilar orasidagi farq ishlash oralig‗i simvoli T ning teskari qiymati
1/ Tu
ga, ya‘ni
fk 1 fk
f 1
Tu
etib tanlansa, u holda tashuvchilar o‗zaro
ortogonal bo‗ladilar. Bu ularni bir-biridan farqlash uchun yetarli shart bajarilganligini bildiradi.
Matematika nuqtai nazaridan modulyatsiyalangan signallarning
u
o‗zaro ortogonalligi ushbu signallar davomiyligi T vaqt oralig‗ida ular
spektrlari ko‗paytmasidan olingan integral orqali aniqlanadi. O‗zaro ortogonal signallar uchun ushbu integral nolga teng bo‗lishi shart.
DVB-T standartida COFDM ning ikki turidan foydalanish mumkin, bular 2K va 8K. DVB-Tning 2K turida 1705 ta tashuvchidan, 8K turida esa 6817 ta tashuvchidan foydalaniladi. Bunda multiplekslangan (jamlangan) audio va videosignallar va boshqa qo‗shimcha xizmat turlari signallari mos ravishda 1705 yoki 6817 ta parallel oqim (potok)larga bo‗linadi, shu bilan bir vaqtda simvollar davomiyligi 1705 yoki 6817 ga uzaytiriladi. Bu signal simvollarini uzaytirish natijasida ular orasidagi teleuzatkichlar o‗zaro ta‘sir (exo)ni kamaytirish uchun himoya oralig‗ini
ajratish imkoniyatini beradi. 2K va 8K turlarida himoya oralig‗i t simvol
u
davomiyligi T ning 1/4, 1/8, 1/16, 1/32 qismini, ya‘ni himoya oralig‗i t
u
simvol davomiyligi T ning 3 dan 25% gachasini tashkil etishi mumkin.
Himoya oralig‗i t ning qiymati, signal tarqalayotgan hudud tekisligi,
past-balandligi, undagi qurilgan binolar balandligi va turlari, shu bilan
birga teleuzatkichlar orasidagi masofaga bog‗liq. Himoya oralig‗i t
qancha katta bo‗lsa, teleko‗rsatuv tizimi exolar (aks signallar)dan shuncha yaxshi himoyalangan hisoblanadi.
COFDM ning 2K va 8K turlarida ortogonal tashuvchilar orasidagi farq mos ravishda 1116 va 4464 Gs ni tashkil qiladi. 2K va 8K turdagi modulyatsiyaning har ikkala turidan foydalanilganda ham radiokanaldagi signal spektri kengligi 7,61 MGs ni tashkil etadi. Analog televizion signal uchun ajratilgan chastotalar polosasi 8 MGs da, qo‗shni kanallar chegaraviy chastotalarigacha bo‗lgan himoya chastotalari polosasi 0,39 MGs ga teng bo‗ladi.
Raqamli TV COFDM signalining asosiy ko‗rsatkichlari 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval.
COFDM signalining asosiy ko‗rsatkichlari
T/
R
|
Asosiy ko‗rsatkichlari
|
COFDM turi
|
8K
|
2K
|
1.
|
Ishchi vaqt oralig‗i
davomiyligi, mks
|
896
|
224
|
2.
|
Guruh signali spektridagi
tashuvchilar soni
|
6817
|
1705
|
3.
|
Ikki qo‗shni chastotalar
oralig‗i, Gs
|
4464
|
1116
|
4.
|
Guruh signali radiospektri
kengligi, MGs
|
7,61
|
7,61
|
|