-bosqich. Yakuniy bosqich
Informatika va AT Sardor
Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz: Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda Radiogroup obyektini joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani quyida ko‘rsatilgandek kiritamiz. Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var i:integer;begin n[0]:=n[0]+1; i:= Radiogroup1.Itemindex; if i>=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1; Radiogroup1.Itemindex:=-1; end; Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK tugmasi bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi. Beshinchi qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i o‘zgaruvchiga uzatiladi. Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni biror variant tanlangan bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga oshadi. Yettinchi qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va protsedura o‘z ishini tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini qabul qilishga tayyor turadi: Download 11,5 Mb.
|