• 6– BOB BO’YICHA XULOSALAR.
  • 7–BOB. MATLAB HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
  • O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/117
    Sana04.06.2024
    Hajmi4,84 Mb.
    #259897
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117
    6.17-rasm.
     
    MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR! 
    1.
    Elliptik tipdagi tenglamani yechishda eng maqbul usul qaysi? Fikringizni 
    tushuntiring. 
    2.
     
    Multigrid
    funksiyasi yordamida eliptik tipdagi tenglamani qanday yechiladi?
     
    3.
    Relax
    standart funksiyasi yordamida eliptik tipdagi tenglamani yechish 
    algoritmini tavsiflab bering. 


    184 
    6– BOB BO’YICHA XULOSALAR. 
     

    Ushbu bobda xususiy hosilali diffеrеnsial tеnglamalar, ularning amaliy 
    tadbiqlari, diffеrеnsial tеnglamani tiplarga ajratish, turli xil tipdagi diffеrеnsial 
    tеnglamalar uchun bеriladigan boshlang’ich va chеgaraviy shartlar haqida zarur 
    ma`lumotlar bеrildi.

    Dirixlе masalasi, Nеyman masalasi, aralash masala, oshkor va oshkormas 
    sxеmalarning umumiy tavsifi kеltirildi. 

    MathCAD dasturida parabolik va gipеrbolik tipdagi tеnglamalarni oshkor va 
    oshkormas sxеmalar yordamida hamda elliptik tipdagi tеnglamalarni to’r usulida 
    yechish uchun hisoblash algoritmlariga mos dasturlar paketlari yaratildi, aniq 
    masalalar uchun dasturlar ishlatildi va olingan natijalar tahlil etildi. 

    Xususiy hosilali diffеrеnsial tеnglamalarni yechishda MathCADning standart 
    funksiyalaridan foydalanildi, olingan natijalar jadvallar va grafik ko’rinishlarda 
    keltirildi va tahlil etildi. 


    185 
    7–BOB. MATLAB HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 
    MATLAB dasturi - kompyutеrda turli yo’nalishdagi mexanika, 
    matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, 
    energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil 
    qilish masalalarining aniq, tеz, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistеma va turli 
    xil sohali foydalanuvchilarga mo’ljallangan dasturlash tilidir. 
    MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler) va 
    MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati bilan bog’liq. Bir 
    necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika 
    kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini 
    MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matritsali 
    hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida 
    qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi 
    inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir. 
    MATLAB tizimi XX asrning 70-yillarida katta EHMlarda foydalanish uchun 
    Moler (C.B.Moler) tomonidan ishlab chiqildi. 80-yillarning boshlarida Djon Litl 
    (John Little) o’zining Math Works, Inс. firmasida IBM PC, VAX va Macintosh tipli 
    shaxsiy kompyuterlar uchun bu tizimni modernizatsiya qildi. MATLAB turli fan va 
    texnika muammolari masalalarini yechishda boshqa shunga o’xshash tizimlarga 
    nisbatan yuqori saviyadagi tizim deb tan olindi. Modellashtirish vositasi sifatida ham 
    kuchli vosita hisoblanadi. 
    Dastlab, MATLAB paketi matritsali hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi uchun 
    qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali 
    matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o’ziga xos laboratoriya 
    sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy 
    dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg’or vakillaridan biriga 
    aylandi. 


    186 
    MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda 
    ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, 
    hisoblash jarayonlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi 
    tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, 
    loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, MATLAB dasturiy 
    tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga 
    bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud 
    buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan Microsoft Office 
    Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi ishlarni osonlashtirish 
    mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa MATLAB tizimi 
    buyruqlaridan foydalanib, “jonli” elektron darsliklar, darsliklar, prezentatsiyalar va 
    turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud. 

    Download 4,84 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117




    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish