Foydalanish interfeysi stoli
AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi:
AutoCAD 2007 tizimi interfeysining birinchi satrida [] sarlavha chiqariladi, bu yerda ‘Drawing1’ muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi, ‘.dwg’ esa fayl kengaytmasidir.
AutoCAD 2007 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri joylashgan ( 3-rasm) u quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
3-rasm.
“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi;
“Правка” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi;
“Вид” – Ekran ko’rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o’rnatadi;
“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo’yishni ta’minlash;
“Формат” – rang va chiziq turlari, matn holatini va o’lchamini boshaqarish, o’lchamlar birligini o’rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar menyusi;
“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko’rsatgichini o’rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Чертёж” – turli shakllar chizish va hajmini o’zgartirish kabi buyruqlarni bajaradi;
“Размер” – o’lcham ko’rsatgichlarini boshqarish va ularni qo’yish buyruqlari ochiladi;
“Модификация” – chizma elementlarini o’zgartirish – chizmani va undagi yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi;
“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo’lgan axborotlarni fayldan faylga o’tib ularni ochadi;
“Справка” – AutoCAD 2007 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to’liq ma’lumot berilgan.
1.2. Auto CAD dasturida ishlash prinsipi.
“AutoCAD” ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
Ushbu panellar zaruriy parametrlar bo’lib, ular yordamida o’quv kursining barcha topshiriqlari bajariladi. Ishchi oyna panellari bilan tanishib chiqsak.
va Standart asboblar paneli bizga informatika fanidan tanish. Ularning aksariyat funksiyalari Windows qobig’ining barcha dasturlari (Wopd, Excel, Access) kabidir;
«Свойства» - xususiyatlar paneli chizma chiziqlari rangini, turini va qalinligini belgilab beradi.
Faol tugmalardan biri tanlansa interaktiv oyna ochiladi va unda kerakli parametrlar tanlanadi:
Chiziq turini tanlash tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud chiziq turlari ko’rsatiladi. Unda «Другой» - Boshqa bandi tanlanadi va «Диспетчер типов линий» - Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasi ochiladi. Muloqot oynasidagi «Загрузить» - Yuklash tugmasi bosilib, keyingi muloqot «Загрузка/перезагрузка типов линий» - Chiziq turlarini yuklash oynasi ochiladi.
Ushbu faol oynadan kerakli chiziq turi tanlanib, “OK” tugmasi bosilsa bo’ldi. «Прокрутка» - varaqlagich dastaklar yordamida keyingi chiziq turlarini ko’rish mumkin. «Диспетчер типов линий» - Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasida ham “OK” tugmasi bosiladi.
|