Oddiy murakkablikdagi tutashma bajarish bosqichlari
Ekranning ixtiyoriy qismida markaziy (shtrix punktirda, gorizontal va vertikal) chiziqlar chizib olinadi. Bu chiziqlar birinchi aylana markazi hisoblanadi.
Birinchi aylana markazidan ma’lum bir uzoqliqda ikkinchi aylana markaziy chiziqlari chiziladi.
“ Свойства объекта”- “Obektning xususiyati” panelida “ Тип линий” -chiziq tipi buyrug’idan shtrix punktr chizig’i “Sontinuous” chiziq tipiga o’zgartiriladi.
“Свойства объекта”- “Obektning xususiyati” panelida chiziqlar qalinligi buyrug’idan 0,50mm dagi chiziq tanlanadi.
“Свойства объекта”- «Obektning xususiyati» panelidan “ Круг” -aylana chizish buyrug’i tanlanadi.
Birinchi aylanani chizish uchun aylana markazi ko’rsatiladi.
Birinchi aylana radiusi kiritiladi. Ko’rsatilgan misolda birinchi aylana radiusi 30 mm
“Свойства объекта”- «Obektning xususiyati» panelidan “ Круг” -aylana chizish buyrug’i tanlanadi.
Ikkinchi aylanani chizish uchun aylana markazi ko’rsatiladi.
Ikkinchi aylana radiusi kiritiladi. Ikkinchi aylana radiusi esa 50 mm.
Ekranda birinchisi Ø 60mm va ikkinchisi Ø 100mm li aylanalar hosil bo’ldi.
.
“ Изменить” – O’zgartirish paneli buyruqlaridan “Сопряжение”-tutashma buyrug’i tanlanadi.
Qo’shimcha oynadagi buyruqlardan “ Радиус”- tutashma radiusini kritish holatiga o’tiladi.
Tutashma radiusi 143mm dagi o’lchov birligi kiritiladi, va bu tashqi tutashma radiusi bo’ladi.
Birinchi va ikkinchi aylanalarni tashqi tomondan 143mm radius bilan tutashtiramiz.
“Изменить” – “O’zgartirish” paneli buyruqlaridan “ Сопряжение” - tutashma buyrug’i tanlanadi.
Qo’shimcha oynadagi buyruqlardan “Радиус”- tutashma radiusini kritish holatiga o’tiladi.
Tutashma radiusi 40mm dagi o’lchov birligi kiritiladi va bu ichki tutashma radiusi bo’ladi.
“ Размеры”-o’lchamlar panelidan “Линейный”- chiziqlar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi
Birinchi va ikkinchi aylanalarni ichki tomondan tutashtirdik.
“ Размеры”-o’lchamlar panelidan “ Радиус”-radiuslar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi
Tayyor bo’lgan tutashmaga kerakli o’lchamlarni qo’yamiz. “ Размеры”-o’lchamlar panelidan “ Радиус”- radiuslarga o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi va tashqi tomondan tutashtirilgan aylana yoyi ko’rsatiladi.
“ Размеры”-o’lchamlar panelidan “ Диаметр”-diametrlar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi.
Tayyor bo’lgan tutashmaga kerakli o’lchamlarni qo’yamiz. “ Размеры”-o’lchamlar panelidan tanlangan “ Диаметр”-diametrlarga o’lcham qo’yish buyrug’i orqali ichki tutashma va aylanalarga o’lchamlari ko’rsatiladi.
Yuqoridagi bajarilagn amallar Standart asboblar panelidan “ Сохранить”-fayllarni xotirada saqlash buyrug’i orqali xotirada saqlanadi.
2.2. Auto CAD dasturida tutashmani bajarishga doir ko`rsatmalar.
Xulosa
Chizmachilik – bu muhandislik fikrlarini chizma tasvirlar bilan ifodalovchi fandir. Chizma deb, buyumning shaklini, o‘lchamini, materialini va boshqa jihatlarini qog‘ozga grafik tasvirlashga aytiladi.
Chizmachilik “texnika tili”, chizma goyemetriya esa uning alifbosi bo‘lib, u barcha arxitektorlar, dizaynerlar, konstruktorlar, muhandis-texnik xodimlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi soyaasida ishlovchi mutaxasislar va ishchilar uchun yagona tildir.
Mazkur bitiruv malakaviy ish “Chizmachilik” fanining muhim mavzularidan biri bo`lib eskiz va texnik shakl bajarish qoidalariga bag`ishlangan.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o`rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, samolyotlar, radiyopriyomniklar, ro`zg`or asboblari va ko`plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo`lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayirlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig`iladi.
Ma`lumki, o`quvchilarni sifatli ta`lim omillari bilan birgalikda ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etradi. Bizga ma`lumki chizmachilik kurslarida eskiz va texnik shaklni tasvirlash ularning nazariy tomonlarini bilish muhim o`rinlardan biri hisoblanadi. Eskiz tushunchasi bo`yicha to`xtalib o`tsak eskiz o`zi qo`lda chiziladi hech qanday asbob uskunalar ishlatilmay hamda chizmachilik qonun qoidalariga amal qilgan holda bajariladi. Bu chizmalarni tezroq bajarib ko`rsatishni ta`minlaydi hamda ishning unumdorligini oshiradi. Eskizni asosan millimetrovka yoki matematik kataklarga chiziladi, chunki kataklar sanalib o`lchamalar qo`yiladi. Texnik shakl barcha texnik detallaini tezroq chizib ko`rsatishda qo`l keladi. Texnik shakl o`zi detallarning yaqqol tasviri bo`lib, eskizlardan farqlanadi. Deataldagi uchta ko`rinishini chizish eskizga kiradi. Texnik shakl asosan qo`lda asbob uskunasiz bajariladi. Bundan tashqari eskizlarga shtrixovkalash va shrafirovka va nuqtalar usulida soya berish texnik shaklni mo`y qalam yordamida grizayil usulida ranglash mumkin. Bu detalni hajmli qilish uchun yuqorida aytilgan usullaridan foydalinadi.
|