|
«Линейные размеры» - To’g’ri o’lchamlar
|
bet | 89/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Линейные размеры» - To’g’ri o’lchamlar bolimi ko’rib chiqiladi. Undagi «Формат единицы» - Son qiymati bandidagi «Десятичный» - O’nli o’z holida qoldiriladi.
«Точность» - Aniqligi bandida – 0.00 tanlanadi.
«Десятичный разделитель» - O’nli ayirgich belgisi bandida «Запятая» - Vergul belgisi saqlanadi.
«Подавление нулей» - Nullarni cheklash bo’limida «Хвостовые» - Ortdagi bandi belgilanadi. Bu verguldan keyingi sonlar nul bo’lsa ularni cheklab ko’rsatmaslikni nazarda tutadi.
«Угловые размеры» - Burchak o’lchamlari bo’limida «Формат единицы» - Son qiymati bandidagi «Десятичные градусы» - O’nli gradus ko’rsatkichi saqlanib, «Точность» - Aniqligi bandida – 0.00 tanlanadi.
«Подавление нулей» - Nullarni cheklash bo’limida «Хвостовые» - Ortdagi bandi belgilanadi. Bu gradus o’lchovida verguldan keyingi sonlar nul bo’lsa ularni cheklab ko’rsatmaslikni nazarda tutadi.
â «Альтернативные единицы» - Muqobil birliklar sarlavxa bo’limi boshqa o’lchov birligida ham o’lchamlarni ko’rsatishni nazarda tutadi. O’z DST da bu ko’rsatilmaydi. Ayrim o’lchamlarda izoh tariqasida ko’rsatilishi mumkin. Bu sarlavxa bo’limi tahrirlanmaydi.
â «Допуски» - Dopusklar sarlavxa bo’limi dopusklarni o’lchamga kiritishni nazarda tutadi. Joriy topshiriqlarni bajarishda ularni o’rnatish shart emas.
Barcha sarlavxa bo’limlari tahrirlanib bo’lingach oynaning quyi qismida joylashgan “OK” interfaol tugmasi tanlanadi.
|
| |