|
«Размерные линии» - O’lcham chiziqlari
|
bet | 86/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Размерные линии» - O’lcham chiziqlari bolimidagi «Тип линий» - Chiziqlar turi bandida Continuous – Davomli chiziq turi o’rnatiladi. «Вес линий» - Chiziq qalinligi bandida esa shkaladan chiziq qalinligi (misol uchun: 0.15 – 0.25 mm ingichka chiziqlar) tanlanadi.
«Выносные линии» - Chiqarish chiziqlari bolimidagi aynan shunday bandlar ham yuqoridagi kabi tahrirlanadi.
«Удлинение за размерные:» - O’lcham chizig’idan tashqi uzunlik bandi tahrirlanib, 1 – 2 ko’rsatkichiga keltiriladi.
«Оттуп от объекта:» - Ob’yektdan cheklanish darajasida – 0 qiymat beriladi.
«Символы и стрелки» - Simvol va strelkalar sarlavxa bo’limi to’rtta bo’lim va namuna oynasidan iborat.
«Стрелки» - Strelkalar bo’limidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi bandlarda strelka turi () tanla-nadi. «Величина» - Kattaligi bandida strelka kattaligi 3.5 – 5 oralig’ida o’rnatiladi. «Метки центра» - Markazni belgilash bo’limidagi «Нет» - Yo’q bandi tanlanadi. «Символы длины дуги» - Yoy uzunligi simvoli (belgisi) bo’limida «Перед текстом размера» - O’lcham matni oldida bandi tanlanadi. «Ломанная размера радиуса» - Radius o’lchami sinishi bo’limidagi «Угол излома:» - Sinish burchagi bandida – 90 darajasi o’rnatiladi.
«Текст» - Matn sarlavxa bo’limiga o’tiladi. U o’lcham matnini tahrirlaydi. Oyna ko’rinishi uchta bo’lim va va namuna oynasidan iborat.
|
| |