|
Размерные стили – O’lcham uslublari
|
bet | 84/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
Размерные стили – O’lcham uslublari
Buyruq piktogrammasi tanlanganda ekranga «Диспетчер размерных стилей» - O’lcham uslublari dispetcheri chiqariladi.
Oynaning «Стили:» - Uslublar oynasida o’rnatilgan uslublar ro’yxati chiqariladi. ISO-25 uslubi AutoCAD dasturi taqdim etadigan uslubdir.
«Образец стиля:…» - Uslub namunasi oynasi esa tanlangan uslub namunasini ko’rsatadi.
Oynada ettita interfaol tugmalar mavjud bo’lib, ular:
«Установить» - O’rnatish. Uslublar oynasidan tanlangan uslubni o’rnatadi.
«Новый…» - Yangi. Yangi uslub yaratishni nazarda tutadi.
«Изменить…» - O’zgartirish. Tanlangan uslubga o’zgartirish kiritishni nazarda tutadi va shu uslubda bajarilgan o’lchamlarni chizmada qaytib tahrirlab chiqadi.
«Переопределить…» - Qayta to’ldirish. Bunda tanlangan uslubga vaqtincha o’zgartirish kiritiladi va u chizmadagi o’lchamlarga ta’sir etmaydi.
|
| |