«Редактировать текст» - Matnni tahrirlash __
«Обновить размер» - O’lchamni yangilash __
«Размерные стили» - O’lcham uslublari __
O’lchamlar qo’yish asosan ob’yekt chegara nuqtalarini tanlash asosida amalga oshiriladi. Aylana, yoy va burchaclarni o’lchashda esa ob’yektlarni o’zini tanlash kifoya.
Ob’yektlarga o’lcham qo’yishda dastlab O’lcham qo’yish asboblar panelidan buyruq piktogrammasi tanlanadi, so’ng ob’yekt chegara nuqtalari yoki ob’yektlarning o’zi tanlanishi lozim.
Ob’yektlarga o’lcham qo’yishdan oldin o’lcham qo’yish parametrlarini o’rnatib olish lozim. Ushbu parametrlarga o’lcham chiziqlarining tuzilishi, chiziqlar qalinligi va rangi, o’lcham shriftlarining tuzilishi, ko’rsatkichlar (strelkalar) tuzilishi va ularning o’lchami, o’lchamlarning aniqlik darajasi, o’lchov birliklari kabi xususiyatlar kiradi.
Shuning uchun O’lcham qo’yish asboblar panelidan dastlab «Размерные стили» - O’lcham uslublari piktogrammasi tanlanishi maqsadga muvofiq.
|