Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Fanning vazifasi – talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi. SHu mashg‘ulotlar jarayonida suzish sportining rivojlanish tarixi, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida suzishning o‘rni, suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari, suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari, suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov mashqlari, suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari, ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish, suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari, suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish, suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish, suzish bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqa hujjatlari, hakamlik qilish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Suzish va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari;
- suzish sportining rivojlanish tarixi;
- O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida suzishning o‘rni;
- suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari;
- suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov mashqlari;
- suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari;
- ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish;
- suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlarini bilishi, ko‘nikma hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
- suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish;
- suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish.
- suzish bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqa hujjatlari, hakamlik qilish to‘g‘risida malakalarga ega
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi
Suzish va uni o‘qitish metodikasi fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib, 4 – kurs 7-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, engil atletika va uni o‘qitish metodikasi, milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi, sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish, sport psixologiyasi, sport mahoratini oshirish, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
| Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. |
Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish,
kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.