Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli xil suzishni tashkil qilish va o‘tkazishni o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari.
2. Suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov mashqlari.
3. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari.
4. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish.
5. Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari.
6. Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish.
7. Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish.
8. Suzish bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqa hujjatlari, hakamlik qilish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma`ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, sport musobaqalarida qatnashib, suzishni tashkil qilish, hakamlik qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
|