• YUNESKO ta`rifi
  • Ta`lim texnologiyasi
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 1.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/82
    Sana05.01.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #37604
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov
    8-mart откритка, 211, Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S (1), 10. Stsinlyatsion schetchik bilan γ radiatsiyani aniqlash, ATXK taqvim reja, Маълумот 06.04.2023 (3), informaciya na sayt yuurgu chumanov i.v. 0276 2y etap, Doc1, 3. Корхона иқтисодиёти ва инновацияларни бошқариш, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2 5456653080806294335 — копия (2), Amaliy mexanika TEST VARIANTLARI механика вариант, kapillyarnay kontrol zac, CIS Itinerary - WOH
    Ta`lim metodikasi – aniq bir o’quv predmetini o’qitishga mos qonun, qoida, 
    metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida o’qituvchi va talaba faoliyati 
    uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir. 
    “Texnologiya” – yunoncha ikki so’zdan – “texnos” (techne) – mahorat, san`at 
    va “logos” (logos) – fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topgan. 
    Texnologiya so’zi zamirida rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirish usul va 
    vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek manbada sodir bo’ladigan sifat 
    o’zgarishlari mujassamlashgan bo’ladi. 
    Ta`lim texnologiyalarini tadqiq etishda avvalo, quyidagilarga e`tibor berish 
    lozim: 
    - rejalashtirlgan ta`lim texnologiyasiga ijtimoiy - pedagogik asoslar nimalardan
    iboratligini aniqlash;
    - ta`lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan 
    qat`iy ketma-ketligi mavjudmi, ularning funktsional tuzilmasi nimalardan iboratligini 
    belgilash; 
    - bu texnologiya bugungi kun talabiga va jahon ta`limi talablariga mos kelishligini 
    o’rganib chiqish; 
    - ta`lim texnologiyasining maqsadini o’rganilayotgan o’quv predmetining maqsadlari 
    bilan mos keltirish. 
    Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu 
    yo’sinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natija 
    bir-biriga mos tushsa, pedagogik jarayon oxiriga etgan hisoblanadi, ya`ni pedagogik 
    texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi. 
    Pedagogik texnologiyaning bosh muammosi talaba (o’quvchi) shaxsini 
    rivojlantirish yo’li bilan o’qitishga qo’yilgan maqsadga erishishdan iborat. 


    18 
    Pedagogik texnologiyaga YUNESKO ta`rifi: - Pedagogik texnologiya ta`lim 
    berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li 
    bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq 
    foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir. 
    Ta`rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan 
    iborat bo’lib, pedagogik tadqiqotlarda “tizimiy yondashuv“ tadqiqot usuli boshqa 
    yondashuvlardan keskin farq qiladi va manbani har tamonlama chuqur o’rganish 
    imkonini beradi. 
    Ta`lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi 
    beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir: 
    - “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun 
    ta`limni jadallashtirish zarurligi; 
    - ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi; 
    - fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin 
    ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 
    - kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik 
    bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga 
    asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi; 
    - barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan 
    ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi. 
    O`zbekistonlik pedagog-olim L. V. Golish ta`lim texnologiyasini quyidagicha 
    ifrdalab bergan:
    Ta`lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash 
    uchun ishlatiladi. Bu, texnik va inson resurslarini hamda ularni, o’z oldiga ta`lim 
    shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars 
    berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va 
    belgilashning tizimli usuli”. 
    Ta`lim texnologiyasi tushunchasi o’qitish va o’rganish jarayoniga tizim sifatida 
    qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur. 

    Download 1.48 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




    Download 1.48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 1.48 Mb.
    Pdf ko'rish