-Mavzu: Solidworks dasturida obyekt rushunchasi




Download 25,09 Mb.
bet86/101
Sana24.05.2024
Hajmi25,09 Mb.
#251873
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

41-Mavzu: Solidworks dasturida obyekt rushunchasi

Ob’yekt tushunchasi 


“SolidWorks” dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab, tushunib 
olish lozim. Aytaylik Instrumentlar panelidagi «Линия» - To’g’ri chiziq chizish buyrug’i 
asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl 
«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilsa dastur ushbu 
shaklni ham bitta ob’yekt deb qabul qiladi. «Линия» - To’g’ri chiziq chizish buyrug’i bilan 
to’g’ri to’rtburchak chizilsa to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi va ikkinchi 
usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri chiziq chizish 
buyrug’i ketma – ket takrorlandi. 
Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash. 
Ob’yektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur. 
Bitta ob’yekt tanlanishi uchun sichqoncha ko’rsatkichi ob’yekt chizig’i ustiga olib 
boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi. 
Bir nechta ob’yektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan 
foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida ob’yektlar guruxini to’g’ri 
to’rtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun ob’yektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib ko’k yoki yashil rangdagi to’g’ri 
to’rtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka ob’yekt yoki ob’yektlarni o’z hududiga olishi kerakOb’yekt (ob’yektlar) to’g’ri to’rtburchak hududida joylashgandan so’ng yana sichqoncha 
chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada ob'yekt (ob’yektlar) chiziq turi o’zgarib 
tanlanganligini bildiradi. PropertyManager panelida esa qaysi ob’yektlar belgilangani 
ko’rsatiladi. 
Ko’k ramka – ob’yektlar guruxidan kerakli ob’yektlar to’plamini ajratib tanlash uchun 
qo’llanadi. Faqat o’z hududiga to’liq kirgan ob’ektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha ko’rsatkichi 1–nuqtadan 2–nuqtaga qarab yo’naltiriladi. 
Ko’k ramka asosida ob’yektlarni tanlash. Natija. 
Yashil ramka – to’liq ob’yektlar majmuasini tanlashni nazarda tutadi. Bunda 
ob’yektning biron bir qismi ramka hududiga to’liq kirmagan bo’lsa ham ob’yekt (ob’yektlar) 
bari bir tanlanadi. Agarda ob’yekt (ob’yektlar) ramka hududidan to’liq tashqarida qolsa u 
holda ular tanlanmaydi.
Sichqoncha harakati 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yo’naltiriladi. 
Yashil ramka asosida ob’yektlarni tanlash. 
“To’rtburchak” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda 
uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud to’rtburchak chizish turlari 
ko’rsatiladi. 
“To’rtburchak” chizish tugmasi. Bu tugmalarni tanlash orqali har xil turdagi 
to’rtburchaklar chizish mumkin. 
“Shponka uchun uyug’” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi 
bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud shponka uchun to’g’ri va 
yoysimon uyug’ chizish turlari ko’rsatiladi.
“Aylana” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning 
ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud “Aylana” chizish turlari ko’rsatiladi.
“Yoy” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning ostida 
axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud “Yoy” chizish turlari ko’rsatiladi.
“Ko’pburchak” chizish tugmasi tanlanganda PropertyManager (Менеджер 
свойств) axborot oynasi ochilib quyidagi “Ko’pburchak” chizish uchun ma’lumotlar 
kiritish so’raladi. 
«Сплайн» - Lekalo egri chiziqlar chizish tugmasi. 
“Splayn” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning 
ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud “Splayn” chizish turlari ko’rsatiladi.


Download 25,09 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Download 25,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Solidworks dasturida obyekt rushunchasi

Download 25,09 Mb.