• 50-Mavzu: LASSO (“Arqonli sirtmoq”) yordamida soha ajratish.
  • -Mavzu: Rasmli faylni Adobe Photoshopda qayta ishlash uchun ochish




    Download 25,09 Mb.
    bet94/101
    Sana24.05.2024
    Hajmi25,09 Mb.
    #251873
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
    Bog'liq
    O\'zbekiston respublikasi

    49-Mavzu: Rasmli faylni Adobe Photoshopda qayta ishlash uchun ochish

    Adobe Photoshopda ishlash uchun birinchi qadam albatta tasvir (rasm) ni unga yuklash(ochish) lozim bo‟ladi. Keyin uni qayta ishlash orqali natijaga erishish mumkin.



    Bu juda oson. Unu bir necha usul orqali amalga oshirish mumkin.


    Usul. Rasm joylashgan papkaga kirilib, undan kerakli tahrirlanuvchi rasm tanlanib uning ustida sichqoncha o‟ng tugmasi bosilib kontekst menyudan “Otkrit/Open” (bunda rasm boshqa rasm tahrirlagichda ham ochilishi mumkin)


    yoki umumiy usulda “Otkrit s pomoshyu/Open with” orqali qism menyudan Adobe Photoshop satri tanlanadi. Agar unda Adobe Photoshop satri bo‟lmasa buyruqlar qatoridagi "Vibrat programmu.../ Choose default program..." orqali yuklanadi.


    Usul. Rasm joylashgan papkaga kirilib, undan kerakli tahrirlanuvchi rasm tanlanib oyna yuqori qismidan “Otkrit/Open” orqali Adobe Photoshop satri tanlanadi. Agar unda Adobe Photoshop satri bo‟lmasa buyruqlar qatoridagi "Vibrat programmu.../ Choose default program..." orqali yullanadi.





    Usul. Adobe Photoshop ishga tushirilgach uning asosiy Fayl (File) menyusidan Otkrit (Open) buyrug‟i orqali uning muloqot oynasiga kiriladi.




    Undan rasm joylashgan papkaga kirilib kerakli rasm fayli tanlanib (Agar joriy papkada rasm fayli ko‟rinmasa uni Tip faylov/Files of type qatorida joriy rasmli fayl turi ko‟rsatiladi, masalan jpg, shunda u ko‟rinadi) Otkrit/Open tugmachasi bosiladi va u Adobe Photoshop ish oynasida joriy qilinadi.







    50-Mavzu: LASSO (“Arqonli sirtmoq”) yordamida soha ajratish.


    Lasso (Lasso) - [L] - ixtiyoriy sohani ajratish. Agar tanlaganimizda ALT klavishasini bosib tursak, u xolda bizning lasso ko‟pburchak lassoga o‟xshab soha tanlaydi va ALT klavishasini bosganimizda ajratilgan soha berkiladi.


    Ko‟pburchak lasso (“Polygonal lasso - Mnogougolnoe lasso”) - [L] - ko‟pburchak sohani ajratish. Ajratilgan sohani berkitish uchun sichqoncha bilan ikkitali bosish yoki CTRL klavishasini bosib qo‟yib yuboriladi.
    Magnit lasso – (“Magnetic lasso”) - [L] - o‟xshash ranglar bo‟yicha soha ajratish. Kompyuter tanlagan nuqtani bekor qilish uchun Backspace klavishasini bosish kerak.



    Ajratilgan sohaga qo‟shimcha soha qo‟shish uchun SHIFT klavishasini bosib turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar ALT klavishasidan foydalanib soha tanlasak, u holda ajratilgan sohadan olib tashlash ma‟nosini bildiradi.


    Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo‟ladi:


    - soha ajratish usullari: butunlay yangi soha ajratish, ajratilgan sohaga yangi soha qo‟shish, ajratilgan sohadan yangi sohani chiqarish, eski va yangi ajratilgan sohalar kesishida joylashgan sohani ajratish (SHIFT va ALT - klavishalar xarakatlariga o‟xshash holatlarni ajratish).

    Rastushevka (Feather) - yordamida ajratilgan soha chegaralarini qalinligi ko‟rsatiladi.


    Sglajivanie (Anti-Aliased) opsiyasi ajratilgan sohaning chegaralar rangini ko‟zga ko‟rinmas qilib bir-biriga moslash.
    Shirina (Width) – “Magnit lasso”ning ajratilgan sohaning chegaralar qalinligini o‟zgartirish
    Kontrast (Edge Contrast) - “Magnit lasso”ning sezguvchanligini o‟zgartirish.
    Chastota (Frequency) - “Magnit lasso”ning avtomatik ravishda qo‟yiladigan nuqtalar o‟rtasidagi masofa.



    Download 25,09 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




    Download 25,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Rasmli faylni Adobe Photoshopda qayta ishlash uchun ochish

    Download 25,09 Mb.