-Mavzu: Sahnaning xossa va fon parametrlarini sozlash




Download 25,09 Mb.
bet88/101
Sana24.05.2024
Hajmi25,09 Mb.
#251873
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

43-Mavzu: Sahnaning xossa va fon parametrlarini sozlash

SAHNANING XOSSA VA FON PARAMETRLARINI SOZLASH 


Vizualizatsiyani ishga tushirishdan oldin kadr ko‘rsatkichlarini sozlash lozim. Kadrni sozlashda quyidagi tasniflar bilan ishlash tartibi ko‘riladi: 
• kadr o‘lchamlari; 
• kadrni avtomatik saqlash; 
• tasvirni silliqlash
• kadr foni. 
Kadr o‘lchamlari. 
Tasvirning asosiy ko‘rsatkichlari bu uning o‘lchamlaridir. Kadr o‘lchamlarini rasmning vazifasiga bog‘liq ravishta tanlash lozim: agarda kadr keyinchalik bosmaga (pechatga) yaratilgan bo‘lsa, uning o‘lchamlari katta bo‘ladi, agarda internet resursda banner sifatida foydalanish uchun b o‘lsa aksincha kichik bo‘lishi lozim. Kadrning o‘lchamlari vizualizatsiyaning davomiyligiga bog‘liq. Bu Scanline 
vizualizatordan foydalanishda sezilmaydi, lekin boshqa vizualizatordan foydalanilganda bu seziladi. Kadr o‘lchamlari piksellarda ifodalanadi. Standart o‘lcham dastur bo‘yicha foydalaniladi 640x480 piksellar. Aynan shunday o‘lchamdagi kadrlar tezkor vizualizatsiyalarni bajarishda yaratiladi. Uskunalar bosh panelida Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) yoki “F 10” tugma bosiladi
Render Setup tugmasi. 
Natijada Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oyna paydo bo‘ladi.
U beshta bo‘limdan iborat, ular orasida bog‘lanish yuqoriddagi bo‘lim nomlariga kirish yordamida amalga oshiriladi. Hozirda Common (Umumiy) bo‘lim ochilgan. Unda bir necha guruh ko‘rsatkichlari joylashgan. Bizni Output Size (Oxirgi o‘lcham) guruh ko‘rsatkichlari 
qiziqtiradi. 
Output Size 
HDTV (video) * Aperture Width(mm): 23,760 
Width: 1280 : 1280x720 1920x1080 
Height: 720 I 2560x1440 3840x2160 
Image Aspect: 1,77778 Pixel Aspect: 1,00000 
Output Size guruh ko‘rsatkichlari. 
Bunda ikkita asosiy ko‘rsatgich joylashgan: Width (Eni) va Height (Balandligi). Bu yerda kadrga piksellarda aniq qiymatlar, uzunligi va eni beriladi, natijada kadr o‘lchami o‘zgaradi. Kadr o‘zgarganligi qayta vizualizatsiyada seziladi. Masalan, quyidagi qiymatlar beriladi 320x240 piksellar va vizualizatsiya bajariladi. Tasvir joylashgan kadr to‘rt marta kichiklashadi. Agarda yaratilgan tasvir keyinchalik kompyuterda 
ko‘riladigan bo‘lsa, u holda uning o‘lchamlari 1200x900 piksel yetarli bo‘ladi. Agarda yaratilgan tasvir keyinchalik bosib chiqariladigan bo‘lsa,u holda katta qiymatlar berilishi kerak. Masalan, 2000x1500 piksel. Kadr o‘lchamlarining ko‘rsatkichi o‘stida Image Aspect (Tasvir proporsiyasi) ko‘rsatkich joylashgan. Bu yerda kadr tomonlarining 
mutanosibligi aks ettiriladi. Standart mutanosiblik - 1,333. Ana shu mutanosiblikni belgilab qo‘yish uchun ko‘rsatkichning o‘ng tomonidagi qulf rasmi tushirilgan tugmani bosish lozim. Endi har xil o‘zgartirishlar, masalan, tasvirning eni o‘zgarsa bo‘yi ham shunga mos ravishta 
o‘zgaradi va aksincha. O‘ng tarafda to‘rtta tugma joylashgan, ularda tayyor kadrning o‘lchamlari sxemasi joylashgan, bular 320*240, 640*480, 720*486, 800*600. Ana shu tugmalarga bosib, avtomatik ravishta taalluqli kadr o‘lchamlarini qabul qilish mumkin. Shaxsiy sxema yaratish uchun, ana shu tugmalardan biriga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va kerakli qiymat oynada paydo b o‘ladi. Pixsel Aspect (Piksel proporsiyasi) ko‘rsatkich tasvirning hamma o‘lchamlarini uzunligi va eni nisbatini bermaydi, balki faqatgina u tashkil topgan piksellarnigina nisbatini beradi. Piksellar proporsiyasini o‘zgartirsa 
tasvirning ko‘rinishi buziladi. Shuning uchun bu nisbatni birga teng qilib qoldirish lozim. 
Kadrni avtomatik saqlash. 
Kadr vizualizatsiyasining saqlash 
ko‘rsatkichi vizualizatsiyadan so‘ng tanlanadi, lekin avvaldan, faylning otini, manzilini va formatini berish imkoniyati bor, bunda tasvir avtomatik ravishda saqlanadi. Bu Render Output (Vizualizatsiya xulosasi) opsiya yordamida bajariladi, u Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oynasida Common (Umumiy) bo‘limning pastgi qismida joylashgan. 
Render Output guruh Bu yerda Files (Fayllar) tugma bosiladi. Faylni saqlash oynasi paydo 
bo‘ladi. Bu yerda vizualizatsiyadan so‘ng yaratilgan faylning nomini, manzilini va fayl formatini berish lozim. Barcha kerakli ko‘rsatkichlarni berilgandan so‘ng, bu hamda Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oyna berkitiladi. Sahna vizualizatsiyasi bajariladi (sahna bo‘sh bo‘lsa ham) “Shift+Q” tugma. Endi berilgan manzil bo‘yicha hozirgina yaratilgan tasvirning faylini toppish mumkin. 
Tasvirni silliqlash. 
Sahnani vizualizatsiya natijasi rastrli tasvir hisoblanadi, hohlagan rastrli tasvir piksellardan tashkil topgan. Piksellar kvadrat shaklida bo‘ladi, shuning uchun rasmlarda bo‘ladigan 
burilishlarda ba’zida piksellardan tashkil topgan zinalar paydo bo‘ladi.
Masalan, 86-rasmda ko‘rinib turibdiki, yumaloqlashgan yoki burilgan kontur shakli zinasinom. Silliqlash o‘chirilgan, yumaloq yoki burilgan kontur zinasinom ko‘rinishda. 
Zinasimon konturlarni silliqlash uchun maxsus Antialiasing (Silliqlash) vizualizatsiya opsiyasi yaratilgan. Ushbu ko‘rsatkich Antialiasing (Silliqlash) guruhidagi, Renderer (Vizualizator) bo‘limining Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oynasida joylashgan. 
Antialiasing guruh ko‘rsatkichlari Bu manbaa dastur bo‘yicha yoqilgan. U Antialiasing (Silliqlash) bayroq yordamida yoqiladi yoki o‘chiriladi. Filter Size (Filtr o‘lchami) 
ko‘rsatkich tasvirning silliqligiga javob beradi. Ana shu ko‘rsatkich 



Download 25,09 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Download 25,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Sahnaning xossa va fon parametrlarini sozlash

Download 25,09 Mb.