|
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
|
bet | 2/34 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 126,84 Kb. | | #252627 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.orgFanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Fanning o’qitilish semestri namunaviy o’quv rejadan kelib belgilanadi, fanning o’zlashtirilishi yaxshi samara berishini nazarda tutgan holda, uni umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan birgalikda 2-3 kursning I va II semestrlarida o’tilishi tavsiya qilinadi.
Dasturni amalga oshirishda o’quv rejada rejalashtirilgan fan bloklari kesimidagi fanlar tarkibi quyidagicha:
Umumta’lim fanlari: Iqtisodiyot asoslari.
Umumkasbiy fanlar: Iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, statistika, marketing va menejment asoslari, soliq tizimi, pul muomalasi va kredit, tadbirkorlik va biznes asoslari.
Mutaxassislik fanlari: buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliya bozori va birja ishi, tannarx kalkulyatsiyasi, audit, tarmoq texnologiyasi, iqtisodiy tahlil.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni uslubiy jihatdan nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligi tarzida tashkil etilishi, bunda, nazariy darslarga fan dasturining 30%, amaliy darslarga esa 70% ajratilishi yaxshi samara beradi. Mashg’ulotlarning o’tilish ketma-ketligi mavzularning murakkablashish darajasi, ularning dolzarbligi va mantiqan bog’likligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi va fanning mavzuiy taqsimlanishida keltirildi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (multimediali kompyuter majmuasi, proektor, kodoskop)lardan, yangi pedagogik texnologiyalar (aqliy hujum, kichik guruhlarga bo’linib ishlash, masala va mashq, keys-stadi, breyn-ring. ish o’yinlari, bahs-munozara, zanjir, shajara daraxti va boshqalar)ni qo’llanilishi tavsiya etiladi.
II. O’quv fanining mashg’ulot turlari bo’yicha mavzular rejasi va mazmuni
Buxgalteriya hisobi fani (moduli) ning mashg’ulot turlari bo’yicha mavzular rejasi va mazmuni
3-4-5-6-semestr
|
| |