|
Kafedra o’quv uslubiy ishlari
|
bet | 1/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #135116 |
Bog'liq dars tahlili
Kafedra o’quv uslubiy ishlari
Kafedra tomonidan bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiyot, Biznes tatqiq etish usullari, Mikroiqtisodiyot-2, Raqobat nazariyasi,Innovatsion iqtisodiyot, magistratura mutaxassisliklarida esa jami 6 ta fandan o’quv mashg'ulotlari olib borilamoqda.
Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan oxirgi 3 yil davomida 8 ta darslik, 7 ta o’quv qo’llanma, 28 tadan ortiq o’quv- uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. 2021-2022-o’quv yilida esa 3 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, kafedrada o’qitiladigan har bir fan bo’yicha o’quv- uslubiy qo’llanmalar yaratish rejalashtirilgan. O`quv adabiyotlarini yaratishda kafedraning barcha professor-o’qituvchilari faol ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirgi o’quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarning samarali usullarini amaliyotga qo’llash bo’yicha o’qituvchilarning elektron o’quv kontentlari yaratilgan.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedra ilmiy ishlar natijalari patent, monografiya, ilmiy maqola va ma'ruza tezislari ko'rinishida chop etilgan. Masalan, oxirgi 3 yilda 20 dan ortiq mualliflik guvohnomalari, 10 ga yaqin monografiya, 4 ta risola, 10 ta o'quv qo'llanma va darsliklar, 10 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar, respublika ilmiy jurnal va to'plamlarida 85 ta, xorijiy impafaktorli jurnallarda 30 dan ortiq maqolalar kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan nashr etilgan. 2021-2022 o'quv yilida kafedra professor-o'qituvchilaridan D. Tojiboeva va E.Ergashevlar iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (Ds) ilmiy darajasini olish uchun hamda kafedra katta o'qituvchilari G.Xalikulova, M.Qulmetov B.Shermuxamedov hamda joriy yilda M.Nuraliyva iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlar natijasi sifatida kafedra professor-o'qituvchilari M.Nuralieva, B. Tursunov, Sh.Fayziyevlar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda kafedrada jami 4 ta ilmiy grant, jumladan OT-F1-050. "Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning fundamental asoslari" mavzusidagi fundamental grant, PZ-201709271028- sonli "Fermer xo'jaliklari bilan mineral o'g'it ta'minoti korxonalari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tashkiliy-iqtisodiy va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish", AM-F3-201908169 "Kichik sanoat zonalari salohiyatini aniqlashning innovatsion elektron ta'minotini yaratish" amaliy loyihalar faoliyat olib bormoqda. Bunda kafedra a'zolaridan professorlar T.Jo'raev, X.Asatullayev, Z.Allaberganov, D.Bababekova, G.Xalikulova, M.Nuraliyeva va boshqalar faollik bilan tadqiqotlar olib bormoqdalar.
"Iqtisodiyot" kafedrasida qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan boʻlib, unga i.f.d., professor "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim a'lochisi" T.T.Jo'rayev rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra ilmiy seminarida professor-o'qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqotlar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, fan ma'ruza matnlari, monografiyalar va risolalar muhokama qilinadi. Shuningdek, kafedraning katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda hamda yangi zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratishda samarali foydalanilmoqda.
|
| |