• Tayanch so„zlar
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/59
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #245620
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

     
     
     
     



    Fanning o„qitish shakllari bo„yicha mavzu rejasi 
     
    1-mavzu.
    MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY 
    QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
     
    1.
    Mantiq ilmining predmeti 
    2.
    Mantiqning asosiy qonunlari 
    3.
    Tushuncha. Tushunchaning turlari 
    4.
    Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar 
    Tayanch so„zlar: 
    Mantiq, logika, formal logika, tafakkur shakllari, 
    mantiqiy qonunlar, tushuncha, tushunchaning mazmuni, tushunchaning 
    hajmi, “teskari nisbat” qonuni, tushunchaning turlari, mantiqiy amallar.
    1.
    Mantiq ilmining predmeti 
    Mantiq – (grek. logos – so„z, fikr, nutq, aql) tafakkur qonunlari va 
    shakllari haqidagi fan. Mantiq (logika) eng qadimgi fanlardan biri bo„lib, 
    uning asoschisi yunon faylasufi Aristoteldir. “Logos atamasi grek tilida 
    “fikr”, “so„z”, “aql”, “nutq”, “qonuniyat” kabi ma‟nolarni ifodalaydi. 
    “Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent hisoblanadi.
    Mantiq ilmi qadimgi fanlardan biri bo„lib, asrlar davomida G„arb va 
    Sharqning ta‟lim tizimida o„rganilishi zarur bo„lgan fanlardan biri bo„lib 
     
     
    № 
     
     
     
    Mavzular 
     
    O„qitish shakllari bo„yicha 
    ajratilgan soat 
    Umumi
    y
    yuklama
    Auditoriya 
    mashg„ulotlari 
    (soatlarda) 
    M
    u
    staqil
    is
    h
    Ja
    mi
    M
    a‟
    ruz

    S
    emi
    na

    1-Modul 
    1. Mantiq ilmining predmeti, asosiy 
    qonunlari. 
    Tushuncha 
    tafakkur 
    shakli sifatida 





    2. Hukm. Xulosa chiqarish 





    3. Argumentlash 
    va 
    bilimlar 
    taraqqiyotining mantiqiy shakllari 








    kelgan. Mantiq ilmini o„rganish insonga olamni bilish, bilimlarini 
    ko„paytirish, atrofdagi odamlar bilan muloqotni to„g„ri tashkil qilish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Mantiq ilmi hamma vaqt umuman barcha bilimlarni, shu jumladan
    falsafiy bilimlarni o„rganishning ham zaruriy sharti hisoblangan. 
    Fikrimizni dalillash uchun buyuk mantiqshunos olim Abu Nasr 
    Forobiyning “Falsafani o„rganishdan oldin nimani bilish kerakligi 
    to„g„risida” risolasiga murojaat qilamiz. Forobiy bu asarida shunday deb 
    yozadi: “...falsafani o„rganishdan avval...xato va adashishdan saqlovchi, 
    haqiqat yo„lini tushunib olishga boshlovchi notiq (so„zlovchi) nafsini 
    tozalash zarur. Bu esa isbotlash to„g„risidagi ilm (mantiq ilmi) bilan
    shug„ullanish natijasida qo„lga kiritiladi”
    1
    Ibn Sino ham Forobiy kabi falsafiy masalalarni o„rganish uchun inson 
    avvalo hukmlarning chin yoki xato bo„lish shartlarini, ya‟ni mantiqning 
    qonun-qoidalarini bilishi kerak degan qat‟iy fikrda bo„lgan. Mutafakkirning 
    qaysi bir asarini olib qaramaylik, unda mantiq masalalari metafizika 
    (falsafa)dan avval bayon qilingan. 
    Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy esa shunday deb yozadi: “Inson 
    nutqqa ega bo„lgan va o„zining muxoliflari bilan dunyoviy va oxirat ishlari 
    haqida bahs-munozara yuritganligi sababli o„z so„zlarida “mezonga” 
    muhtoj bo„ldi. Gap o„z zoti bilan rostni ham, yolg„onni ham o„z ichiga 
    olish ehtimoli borligidan mezon yordamida uni izchil tekshirish va shu 
    yo„sinda uning shubhali yerini tuzatish kerak bo„lgan. Zeroki, bu bilan 
    mubohasalarda so„zlardan tuzilgan sillogizmlarning kishini adashtiruvchi 
    yolg„oni ham, haqiqatni ochuvchi rosti ham ayon qilingan. Inson shu 
    mezonni topdi. Uni mantiq deyiladi.”

    Mantiq ilmining turli rivojlanish bosqichlarida uning vazifalari 
    haqidagi tasavvurlar o„zgarib borgan. Masalan, antik davrda mantiqqa 
    “organon”, ya‟ni bilimlarni asoslash quroli deb qaralgan bo„lsa, o„rta asrlar 
    Yaqin va O„rta Sharq mantiqshunoslari uni “chin fikrni yolg„ondan ajratib 
    ko„rsatuvchi tarozu” deb bilganlar. Abu Homid G„azzoliyning mantiqqa 
    bag„ishlangan asarini “Al-qustas al-mustaqim”, ya‟ni “to„g„ri tarozu” deb 
    nomlanishi fikrimizni tasdiqlaydi. O„rta asrlar Yevropa mantiqshunoslari 
    uni “kashfiyotlar qilish usuli” sifatida talqin qilganlar. I.Kant esa mantiqni 
    “kanon”, ya‟ni fanlarni o„rganish qonunlarini beruvchi fan deb ta‟riflagan.
    Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o„rni va unda o„rganadigan masalalar 
    1
    Форобий. Рисолалар. Т.: Фан.,1975. -Б. 23-24. 
    2
    Абу Райхон Беруний. Геодезия. Т., 1982. –Б.64



    doirasidan kelib chiqib, uni “propedevtika”, ya‟ni boshqa fanlarni 
    o„rganishga tayyorlovchi fan deb atash mumkin. 
    Hozirgi paytda mantiq ilmining formal mantiq, dialektik mantiq va 
    matematik mantiq kabi yo„nalishlarini farq qilish mumkin

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish