• Dialektik mantiq formal mantiqdan farqli o„laroq, tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida, hamda taraqqiyotida olib o„rganadi. Matematik mantiq
  • Hukm ( mulohaza )
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/59
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #245620
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)


    Formal mantiq
    to„g„ri tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi 
    falsafiy fan bo„lib, tafakkurning strukturasini fikrning konkret mazmuni 
    va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda olib 
    o„rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to„g„ri qurish bilan 
    bog„liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Biz o„rganadigan fan formal 
    mantiqdir.
    Dialektik mantiq 
    formal mantiqdan farqli o„laroq, tafakkurni uning 
    mazmuni va shakli birligida, hamda taraqqiyotida olib o„rganadi.
    Matematik mantiq
    esa tafakkurni matematik metodlar yordamida 
    tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo„nalishlaridan 
    biri bo„lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada 
    abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 
    Keng ma‟noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi 
    fan, deb atash mumkin. “Tafakkur” arabcha so„z bo„lib, o„zbek tilidagi 
    “fikrlash”, “aqliy bilish” so„zlarining sinonimi sifatida qo„llaniladi. Tafakkur 
    bilishning yuqori bosqichidir.
    Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa 
    chiqarish shaklida mavjud. 
    Tushuncha
    predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks 
    ettiruvchi tafakkur shaklidir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A 
    bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya‟ni fikrlash elementlarini 
    a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, 
    s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. Masalan, “davlat” 
    tushunchasida o„zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega 
    bo„lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi.
    Hukm (
    mulohaza
    )
    larda predmet bilan uning xossasi, predmetlar 
    o„rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo„lish yoki bo„lmaslik 
    fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi.
    Masalan “Mis – metall” degan hukmda predmet (mis) bilan uning 
    xossasi (metall ekanligi) o„rtasidagi munosabat qayd etilgan.
    “Axloq huquqdan ilgari paydo bo„lgan” degan hukmda ikkita predmet 
    (axloq va huquq) o„rtasidagi munosabat qayd etilgan.
    Mazmun jihatdan turli xil bo„lgan bu hukmlar tuzilishiga ko„ra bir 
    xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi 
    haqidagi tushuncha (P) o„rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya‟ni P ning



    S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiqiy strukturasini 
    (shaklini) S – R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. 

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish