3-topshiriq. Quyidagi hukmlar miqdor va sifat jihatdan qanday hukmlarga misol bo„ladi? 1.
“Metallarning ba‟zilari suvdan yengildir”.
2.
“Bu bola bizning guruhdan emas”.
3.
“Planetalarning ko„pi nisbatan kichik jismlardir”.
4.
“Beruniy stipendiatlari har tomonlama boshqa talabalarga o„rnak
bo„ladilar”.
5.
“Paxta qishloq xo„jaligi ekinidir”.
6.
“Kutubxonadagi hamma kitoblar biz uchun qadrlidir”.
7.
“Barcha bitiruvchi kurslar diplom himoyasiga tayyorlanadi”.
8.
“Hech bir ota-ona farzandiga yomonlikni ravo ko„rmaydi”.
4-topshiriq. 4.1. “Hamma
X xususiyatga ega bo„lgan predmetlar
U xususiyatga ega”
degan fikrdan “Hamma
U xususiyatga ega bo„lgan predmetlar
X xususiyatga ham ega” deb xulosa chiqarish mumkinmi?
4.2. Quyidagi hukmlardan almashtirish yo„li bilan xulosa chiqaring: Namuna: Mantiq tafakkur shakllari haqidagi fandir.
Demak, tafakkur shakllari haqidagi fan mantiqdir.
a) Kitoblar bilimlarimizning asosiy manbaidir.
b) Abjir – oyoq-qo„li tez, chaqqon, epchil kishi.
d) Falsafa – olam va unda insonning o„rni haqidagi fan.
e) Hukm tasdiq yoki inkor shaklida aytilgan fikrdir.
f) Shaxs o„zida sotsial xususiyatlarni shakllantirgan oliy mavjudotdir.
4.3. Quyidagi bevosita xulosa chiqarishning to„g„ri yoki xato ekanligini aniqlang: a) Hamzaning “Maysaraning ishi” dramasi komediyadir.
Demak, Hamzaning ba‟zi asarlari komediyadir.
b) Ba‟zi talabalar jamoat ishlarida aktiv qatnashadilar.
Demak ba‟zi jamoat ishlariga aktiv qatnashuvchilar talabadir.
d) Mustamlakachilar milliy madaniyat dushmanlaridir.
Demak, milliy madaniyat dushmanlari mustamlakachilardir.
52
e) O„zbekiston sportchilari boshqa mamlakat sportchilari singari tinchlik
ishida avtiv ishtirok etadilar.
Demak, tinchlik ishida aktiv ishtirok etmaganlar sportchi emas.
f) Toshkent viloyatida bu yil bug„doy yetishtirish rejasi ortig„i bilan
bajarildi.
Demak, O„zbekistondagi ba‟zi viloyatlarda bu yil bug„doy yetishtirish
rejasi ortig„i bilan bajarildi.