Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 1,78 Mb.
bet23/71
Sana13.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#230004
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
majmuaIvaRT2-semestr

Virtual borliq tushunchasi. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob‘ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kom‘yuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan kom‘yuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir.
Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydobo‘lgan kompyuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi. Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o‘zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg‘in bahsga sabab bo‘lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg-postmodernizm nazariyachilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Inson qo‘lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an‘anaviy verbal usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtirmoqda, odamlarda sun‘iy olamga kirish illyuziyasini vujudga keltirmoqdaki, ular bu sun‘iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb nomlanadi. Virtual negizga ega bo‘lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob‘ektiv tarzda mavjuddir.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab to‘ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob‘ektiv narsalar yoki sub‘ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun‘iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig’irig’idan o’tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo’ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning mazmuniga - bilimlar, emosiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo’llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda, jumladan fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo’llanilmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas xamrohi - kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan o’tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSh armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko’nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to’g’ri qarorlar qabul qilish ko’nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta zarar yetkazadigan harbiy mashqlar imitasiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o’q uzishni hamda tank jangida askarlar va ofiserlarning shaxsiy ishtirokini imitasiya qiluvchi harbiy o’yinlardan foydalanilmoqda.
Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan o’tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham kompyuter imitasiyasidan foydalanmoqdalar. Ta’lim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo’ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko’zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa ko’chirishi mumkin. Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o’lchovli ko’rinishida ko’rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy yechish qobiliyati ancha yuqori bo’lgan displeylarni taqozo etadi. Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va telekommunikasiyalar ajralmas qismi bo’lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Virtual borliq – bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo’lib, u atrof-muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo’lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog’liq. Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o’zini faraz qilishini tushunish lozim. Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan o’zaro muloqotda bo’lib ularga ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi.
Virtual borliq turlari:
 passiv virtual borliq (passive virtual reality) - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi;
 tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan ssenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi;
 interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muhitni foydalanuvchi o’zi boshqara olishidir.
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitasion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko’z bilan ko’radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo’lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o’rnatiladigan shlem va ko’zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo’lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi.

Download 1,78 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 1,78 Mb.