• Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 1,78 Mb.
    bet19/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr

    Nazorat savollari
    1. Elektron tijorat deb nimaga aytiladi.
    2. E-tijorat va E-marketing farqi nimada?
    3. Elektron tijorat tizimlari misol keltiring.
    4. Elektron pul birliklari nima uni misollar yordamida tushintiring.
    5. Internet banking va Mobil banking misollar yordamida tushintiring.
    6. Web Money Tranfer va VISA kartalari farqini tushintiring.

    14-MA’RUZA. Mavzu: Raqamli texnologiyalar


    Rejasi:

    1. Raqamli texnologiyalar va ularning rivojlanish tendensiyalari.

    2. Raqamli texnologiyalarning qo'llanish sohalari.

    3. Zamonaviy raqamli texnologiyalar: smart texnologiyalar(gadjetlar), buyumlar interneti (IoT-Internet of Things), simsiz internet, Wi-Fi 6 va 5G, 3D bosma texnologiyalar, robototexnika. Raqamli izlar va ularning turlari.



    Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati
    Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
    Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:

    • Raqamli tcxnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini barpo etishni tushunamiz:

    • Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin:

    • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.

    Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi:


    Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining amalga oshishi:

    • buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi:

    • blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman jarayonlar;

    • mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish imkoniyatining hosil bo‘lishi;

    • yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi;

    • katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining tadbiq etilishi;

    • yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi;

    • yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi;

    • yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi;

    • katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi;

    • sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi;

    • mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi;

    • bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi;

    Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangiliklar kirityapti.





    Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu to‘ldirilgan reallikdir (AugmentedReality, AR). Real dunyoga virtual dunyo ob’yektlarini qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling. Ko‘chada ketayotib, yoningizda bo‘lgan odamlar va ob’yekilar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. To‘ldirilgan reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda. Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’yektining virtual dunyo ob’yektiga bog‘langauini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin. To‘ldirilgan reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda. Magazinlarda virtual ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud. To‘ldirilgau reallik avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda. Biznesda virtual reallik texnologiyalari u qadar faol qo‘llanilmaydi. U yerda hozir 3D- modellashtirish texnologiyalariga talab kuchliroqdir. Real dunyoning raqamli 3D-modellarini tuzishga misollar servis sohasi korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, neft qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi. 3D- modellashtirish doirasida nafaqat ob’yektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni ma’lumotlar bilan to‘ldirish haqida ham gapirish mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida,boshqamv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashlirishga va oqibatda mahsulotlami loyihalashtirish vositalarmi ularni ishlab chiqarish vosilalari bilan bogTashga imkon beradi. Shu bilan bir paytda. virtual reallik texnologiyalarini ommaviy joriy qilish yo‘lida insonning virtual reallikdagi yanada haqqoniyroq ishtirokini ta’minlaydigan uskunalarning yangi avlodlarida virtual dunyoni aks ettirishning realligini yanada oshirishni ta’minlash kerak bo‘ladi. Shubhasizki, raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog‘liq. Robotlarning insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko‘p marta muhokama qilingan. Lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik bilan va bevosita kirib kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy funksiyalarni robotlar bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish hamda ishlarning bajarish tezligini oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat kompaniyalari yig‘uv liniyalari va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi. Bu inson omilining ahamiyatini pasaytirish va ishga minimal sondagi odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Sanoat robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ulami qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratadi va odamlarga amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik rejimda inson ishtirokisiz mahsulot ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to‘g‘ri keladi, xolos. Germaniyada hattoki 4.0.Industriya atamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib. U avtomatlar ishlab chiqarish jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi. Robototexnika, buyumlar Intemeti, sun‘iy intellekt va 3D-bosmaning uyg‘unlashuvi hozirgi paytda krossovkadan tortib avtomobillargacha bo‘lgan mahsuloilarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq mexanizatsiyalashgan fabrikalar qurishga imkon bermoqda. 3D- bosma qurilishi ba‘zi bu tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgau texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan ham mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlaming juda ko‘p miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi. Chunki, ko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 3D-printerga ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi. 3D-bosmani o‘zlashtirishga mashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu yerda detallarni «klassik» usulda olishdan ko‘ra, bosib chiqarish arzonga tushadi. Kiyim-kcchak va oyoq kiyimi dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar, zargarlar. tibbiyot xodimlari ham o‘z biznes jarayoularida 3D-bosmada faol foydalaumoqdalar. O‘zini-o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printer ham yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi uchun 3D-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstrukrorlar ishlab chiqara boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish bilan bog‘liq savollar turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga oladigan holda yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli juda yuqori. Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi.
    Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan.
    Elektron hisobvaraq-fakturalarning keng joriy etilishi soliq ma'murchiligini yaxshilashga olib keldi. O'tgan yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu elektron tizim orqali 798,4 trillion so'mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki bu ko'rsatkich birinchi yarim yillikka nisbatan 3,5 baravarga oshdi.

    Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyasini joriy etish soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo'l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi.



    Download 1,78 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 1,78 Mb.