• E l ekt r o n p u l b i r l i k l a r i .
  • I nter n et t o ‘ l o v t i z im la r i , u la r o rq al
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 1,78 Mb.
    bet16/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr

    Elektron pullar tushunchasi. Elektron pul – bu pul birligiga tenglashtirilgan belgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko‘rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elektron pullar to‘liq anonimlikni ta’minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hech qanday ma’lumot berilmaydi.
    Elektron pul birliklari.
    WMY – O‘zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun
    UZSning Y-hamyondagi ekvivalenti.
    WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RURning R- hamyondagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo‘lib WebMoney Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi.
    WMZ – AQSh dollarida operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z- hamyondagi ekvivalenti.
    WME – YeVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EURning E- hamyondagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo‘lib Amstar Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi.
    WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning U-hamyondagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo‘lib “Ukrainskoe Garantiynoe Agentstvo” MChJ xizmat qiladi.
    WMB – Bellorusiya zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun
    BYRning V-hamyondagi ekvivalenti.
    WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalenti.WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi kredit operatsiyalari uchun ekvivalenti.
    Internet tolov tizimlari, ular orqali tolovlar va xaridlarni amalga oshirish.
    Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‘lovdir.
    Elektron to‘lov tizimida tovar/xizmatlar to‘lovi xaridorning elektron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag‘larini chiqarish imkoniga ega bo‘lgan sotuvchining elektron hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Quyidagi elektron to‘lov tizimlari mavjud:
    • WEBSUM;
    • iPAY;
    • PAYNET;
    WEBMONEY;
    • IntellectMoney;
    • Perfect Money;
    • RBK Money;
    • V-money.
    Elektron to‘lov tizimlari yordamida Internet va IP-telefoniyaga ulanish uchun
    «PIN» kodlar va internet do‘konlardan tovarlarni harid qilish, uyali aloqa xizmati, shaxar telefoniyasi, kommunal xizmatlar, domen va xosting, reklama, televidenie, chiptalar, datatsentrlar, veb resurslar uchun haq to‘lash mumkin.
    iPAY – bu UzExdagi birja savdolarida, www.uzbex.com global savdo maydonchasida, hamda iPAY tizimiga qo‘shilgan internet do‘konlarda onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, O‘zbekiston Respublikasi tovar hom- ashyo birjasining to‘lov tizimidir.


    WEBSUM elektron to‘lov tizimi.





    iPAY elektron to‘lov tizimi.
    Mamlakatimiz bank va moliya muassasalari Internet global tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali o‘z mijozlariga masofadan turib, elektron to‘lovlar, «SMS- banking», «Mobil-banking» kabi interaktiv bank xizmatlarni ko‘rsatmoqdalar.
    Mamlakatimizda internet va mobil banking tizimlarini joriy etilishi bank uchun ham, mijoz uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratdi. Jumladan, mijoz o‘z hisob-varag‘i bo‘yicha bank amallarini bankka bormasdan, Internet orqali xohlaganjoyidan, xohlagan vaqtda bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, hisob-varag‘ining holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijozni o‘z vaqti va mablag‘ini tejashga, manzilning uzoq-yaqinligiga qaramasdan, bankni ixtiyoriy ravishda tanlashi va o‘z mablag‘larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 1,78 Mb.