• E l ekt r o n hu j j a t
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 1,78 Mb.
    bet12/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr

    Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija.
    Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshka rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
    Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlari va ochiq kalitlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoki ularning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo vositalari yordamida yaratilishi mumkin.
    Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘ladi.
    Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi:
    elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni
    ta’minlashi;
    elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi to‘g‘risida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
    o‘zi vakil bo‘lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi to‘g‘risida ro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi shart.
    Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli yetkazilgan zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida javobgar bo‘ladi.
    Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin.
    Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga murojaat etishga, shuningdek elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga xabar qilishga haqli.
    Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhofaza qilinishini ta’minlashi kerak.
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo‘ladi.
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz
    hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin.
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
    elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning
    familiyasi, ismi, otasining ismi;
    agar elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili
    bo‘lsa, shu yuridik shaxsning nomi;
    uning tartib raqami va amal qilish muddati;
    elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
    elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi
    mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi;
    mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan
    manzili;
    elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reestrining elektron manzili.


    Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi tashabbusi bilan elektron
    raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazi
    tomonidan beriladi.
    Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
    Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi ro‘yxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va ro‘yxatga olish markazi ning muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa ro‘yxatga olish markazida saqlanadi.
    Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalarini berishga doir xizmatlar ro‘yxatga olish markazi tomonidan bepul ko‘rsatiladi.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 1,78 Mb.