• E l ekt r o n t i j o r a t n i n g a n’ a n a vi y s
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 1,78 Mb.
    bet15/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr

    Elektron tijorat tushunchasi. Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 613-II son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.
    Elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi- sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
    Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi. Elektron tijoratning
    an’anaviy savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:
    • xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
    • savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
    • ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati;
    • kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig‘ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
    • xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

    • hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;


    • elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo‘ladi;
    Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chet el firmalariga murojaat qiladi.
    Elektron tijorat sub’yektlari milliy reyestri – bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3724-son qarori bilan joriy etilgan elektron tijoratning mahalliy sub’yektlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan yagona elektron bank hisoblanadi.
    Elektron tijorat sub’yektlari milliy reyestrini asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardir:
    - elektron tijorat ishtirokchilari to‘g‘risidagi yagona elektron bankni yaratish;
    - elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini o‘rganish;
    - elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha maqsadli tahlil va takliflar tayyorlash.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3724-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblanadi.
    “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron tijorat tizimi uch sinfga bo‘linadi:
    • Chakana savdoni tashkil qilishbo‘yicha (biznes-iste’molchi, B2C);
    • Biznes hamkor bilan aloqlar o‘rnatish (biznes-biznes, B2B);
    • Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol; sifatida –virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin.
    Elektron tijoratning o‘ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:
    • Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;
    • Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;• Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi.
    Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat o‘rnatish, mahsulot va xizmatlar to‘g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yo‘llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do‘konlar ochish va yaratish imkoni beradi.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 1,78 Mb.