• I nter n et d o ‘ k o n l a r v a i n t ernet b i r j a .
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 1,78 Mb.
    bet18/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr

    Internet VISA va MasterCard tolov kartochkalari.
    Visa Inc. – to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ta’minlovchi amerika kompaniyasi. VISA International Service Association - jahonning yetakchi to‘lov tizimi hisoblanadi.
    VISA kartalari bo‘yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul kilinadi. Dunyoda to‘lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi.
    MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to‘lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shaxrida joylashgan.
    Hozirgi kunda internet to‘lov tizimlari to‘liqligicha yuqorida keltirilgan VISA va MasterCard bilan ishlash imkoniyatiga ega, ya’ni internet to‘lov tizimlaridagi xamyonlarni to‘ldirish yoki xamyonlardagi ishlatilmay qolgan mablag‘larni qayta kartochkaga chiqarish mumkin.
    Internet dokonlar va internet birja.Bugungi kunda “Internet do‘kon” nomi ostida turli ko‘lam va maqsaddagi yechimlarning keng spektri taklif qilinmoqda. WEBSUM elektron to‘lov tizimidan foydalanadigan internet do‘konlar quyida keltirilgan:



    UzEx internet birja – bu shaxsiy kompyuter orqali UzEx savdo maydonchalarida savdo qilish imkoniyatini beruvchi global milliy savdo maydonchasi. Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga, maksimal qulayliklar bilan osongina o‘z tovarlarini sotish va kerakli tovarlarni harid qilish imkonini beradi.



    Uzbex.com O‘zbekiston global savdo tizimi.
    Masalan, Spot mamlakatning barcha banklarida Visa, MasterCard va UnionPay kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tariflarini o‘rganib chiqdi va ularni qayerda ochish foydaliroq, bankni tanlashda nimalarga ahamiyat berishkerakligi, karta egalari qanday qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini haqida so‘zlab beradi.



    Visa va MasterCard dunyodagi yirik to‘lov tizimlaridir. Ularning kartalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qabul qilinadi. UnionPay qamrovi yildan- yilga kengayib bormoqda, kartadan dunyoning 174 mamlakati va hududlarida foydalanish mumkin.
    Yevropaga sayohat qilishda MasterCard’ni, AQShga esa Visa’ni olib borish tavsiya etiladi.
    Xalqaro kartalardan bankomat orqali naqd pul yechib olish, tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash va internetda xaridlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Kartalar ma’lum bir to‘lov tizimiga qarashliligidan qat’i nazar, turlariga ko‘ra farqlanadi — virtual, elektron, oddiy va premium.
    Virtual karta elektron ravishda ochiladi, shu sababli uni terminallarda yoki bankomatlarda ishlatish mumkin emas. Asosiy afzallik — rasmiylashtirishning osonligi va past tariflardir. Kartani uydan chiqmasdan turib, bankning mobil ilovasi orqali ochish mumkin, va odatda, kuymaydigan depozit 10 $dan oshmaydi.
    Elektron kartalarga Visa Electron, Maestro kiradi. Bunday kartadagi har qanday operatsiya faqat karta rekvizitlarining elektron tekshiruvidan so‘ng amalga oshiriladi, shuningdek hisobda yetarli mablag' bor-yo‘qligi tekshiriladi.
    Eng keng tarqalgan tur — bu klassik kartalar (Visa Classic, MasterCard Classic). Ular xizmat ko‘rsatishning past narxiga va keng funksionallikka ega. Kartalar yordamida mehmonxona xonasini bron qilish, aviachiptalarni xarid qilish kabilarni amalga oshirish mumkin.Premium karta egalari (Gold, Platinum) to‘lov tizimlari hamkorlaridan chegirmalar, shuningdek, bir qator qo‘shimcha xizmatlarga ega bo‘lishadi - masalan, chet elga sayohatda bepul sug’urta, yuridik va tibbiy yordam.
    O‘zbekistonda milliy valyutani chet el valyutasiga konversiyalash cheklanganligi sababli, konversion kartalar ham mavjud. Ba’zi banklarda ular alohida turga bo‘linadi, bu holda karta nomiga Exchange qo‘shimchasi qo‘shiladi, boshqalarida esa — so‘mni oddiy valyuta kartasiga o‘zgartirish mumkin.



    Download 1,78 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 1,78 Mb.