• E l ekt r o n k a r m on , u l a rni t o ‘ l d i r is h
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 1,78 Mb.
    bet17/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr

    Internet-banking. To‘lov tizimlari orasida alohida guruh, bu Internet banking funktsiyasini bajaruvchi tizim, ya’ni Internet orqali bank operatsiyani amalga oshirish hisoblanadi.
    Internet-banking – bankdagi hisob raqamni Internet orqali boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat. Internet banking tizimida samarali ishlash uchun Internetga ulangan va Internet brouzerga ega kompyuter bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
    Internet-banking imkoniyatlari quyidagilarni bajarishga imkon beradi:
    • bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
    • istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan ko‘chirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish;
    • haqiqiy vaqt tartibida to‘lov hujjatlari bank ishlovidan o‘tishining barcha bosqichlarini kuzatish;
    • xatolar to‘g‘risida xabarlarni tezkor olish;
    • kirim va chiqim to‘lov hujjatlarini ko‘rish va chop etish.
    Internet-banking va bankdan tashqari elektron to‘lovlar tizimlarining yanada rivojlanish jarayonida on-layn sotuvlar sektorida jadal o‘sishni kutish lozim, bunda ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha kompaniyalar Internet tarmog‘i orqali tovarlarini bemalol sotishlari mumkin bo‘ladi.
    To‘lovlarning bankdan tashqari sektorini rivojlantirishning keyingi bosqichi bu mobil to‘lovlar tizimlari bo‘ldi.
    Elektron karmon, ularni toldirish va pul olish. Elektron karmon - bu elektron pullarni saqlash uchun mo‘ljallangan vosita.
    Tovarlarni sotish va xarid qilishga mo‘ljallangan veb texnologiyalar asosida yaratilgan axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardan tashkil topadi:
    • mijozga tovar (xizmat) haqida ma’lumot berish;
    • mijozdan tovar (xizmat)ga buyurtma qabul qilish.
    Ba’zan onlaynli to‘lov tizimlaridan foydalanilganda uchinchi vazifa-to‘lov haqini olish, tovarni sotishda esa yana to‘rtinchi vazifa - haqi to‘langan tovarni jo‘natish qo‘shiladi.
    Elektron karmonni to‘ldirish va ulardan pul yechishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
    1. Tijorat banklarida naqd pul bilan;
    2. Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida;
    3. Pochta orqali;
    4. Internet-banking yordamida;
    5. Pul o‘tqazmalar tizimlari yordamida;
    6. Mobil aloqa yordamida.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 1,78 Mb.