Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 1,78 Mb.
bet13/71
Sana13.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#230004
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
majmuaIvaRT2-semestr

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib
turish. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga ro‘yxatga olish markazi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi tushganda ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning o‘zida bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan muddat ichida ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida ro‘yxatga olish markazi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi, elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining roziligidan qati nazar, quyidagi hollarda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilishi shart, agar:
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilishiga asos bo‘lgan hujjatning
amal qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo‘lsa;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollar aniqlangan bo‘lsa.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish muddati tugagan va elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining uni qayta tiklash haqida arizasi bo‘lmagan taqdirda ham elektron raqamli imzo kalitining sertifikati bekor qilinishi kerak.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi olingan yoki ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida bayon qilingan holatlar yuzaga kelgan kunda ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi yozuv ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga kiritilib, bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi xabardor qilinadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati ro‘yxatga olish markazi va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan
sertifikati ro‘yxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini saqlash muddati tugaganidan keyin, u ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestridan chiqariladi va arxivda saqlash rejimiga o‘tkaziladi.
Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi
mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir oy mobaynida bu haqda maxsus vakolatli organga, shuningdek mazkur ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart.
Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin.
Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga saqlash uchun topshirilib, bu haqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining foydalanuvchilari xabardor qilinadi.
Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‘oz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Download 1,78 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 1,78 Mb.