Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 1,78 Mb.
bet9/71
Sana13.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#230004
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
majmuaIvaRT2-semestr
Ann, Majmua IVRT 1-SEMestr 123, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, Gulchexra BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023
Takrorlash.Foydalanuvchi (V) foydalanuvchi (A) tomonidan foydalanuvchi (B)ga jo‘natilgan ma’lumotni takroran (B)ga jo‘natadi. Bunday noqonuniy hatti–harakat aloqa usulidan banklar tarmoqlarida elektron hisob–kitob tizimidan foydalanishda noqonuniylik bilan o‘zgalar pullarini talon-taroj qilishda foydalaniladi. Ana shunday noqonuniy usullardan muhofazalanish uchun quyidagi chora - tadbirlari ko‘riladi.
- imitatsiyalashga bardoshlilik – imitabardoshlilik;
- kriptotizimga kirayotgan ma’lumotlarni muhofaza maqsadlaridan kelib chiqib tartiblash.
Elektron raqamli imzo aloqa tizimlarida bir necha tur qoida buzilishlaridan
muhofaza qilinishni ta’minlaydi, ya’ni:
- maxfiy kalit faqat foydalanuvchi (A)ning o‘zigagina ma’lum bo‘lsa, u holda foydalanuvchi (B) tomonidan qabul qilib olingan ma’lumotni faqat (A) tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi;
- qonun buzar (raqib tomon) maxfiy kalitni bilmagan holda modifikatsiyalash, soxtalashtirish, faol modifikatsiyalash, niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi;
- aloqa tizimidan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘liq holda ish yuritishi munosabatidagi ko‘plab kelishmovchiliklarni bartaraf etadi va bunday kelishmovchiliklar kelib chiqqanda vositachisiz aniqlik kiritish imkoniyati tug‘iladi.
Ko‘p hollarda uztilayotgan ma’lumotlarni shifrlashga hojat bo‘lmay, uni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ochiq matn jo‘natuvchining yopiq kaliti bilan shifrlanib, olingan shifrmatn ochiq matn bilan birga jo‘natiladi. Ma’lumotni qabul qilib olgan tomon jo‘natuvchining ochiq kaliti yordamida shifrmatnni deshifrlab, ochiq matn bilan solishtirishi mumkin.
1991 yilda AQShdagi Standartlar va Texnologiyalar Milliy Instituti DSA (Digital Signature Algorithm) raqamli imzo algoritmining standartini DSS (Digital Signature Standard) El-Gamal va RSA algoritmlari asosida yaratib, foydalanuvchilarga taklif etgan.
– Dastlab ta’kidlanganidek, imzo hujjatning yuridik maqomini kafolatlaydi. Hozirgi rivojlangan jamiyatda axborot kommunikatsiya tarmoqlarida electron ma’lumot almashinuvining kengayib borishi ma’lumotlarning maxfiyligini, haqiqiyligini va mualliflikni o‘rnatish masalalarini yechishni talab etadi. Masalan, almashilgan elektron ma’lumotlar asosida u yoki bu holatning o‘zgarishi, bu ma’lumotlar muallifi manfaatlariga zid kelib, u elektron ma’lumot muallifligidan bosh tortishi mumkin. Shunday holatlarning oldini olish mexanizmi ma’lumot muallifini o‘zigagina ma’lum bo‘lgan biror sonli parametr (maxfiy kalit) bilan bog‘liq holda hosil qilinadigan sonlar ketma-ketligida iborat bo‘lgan elektron raqamli imzo (ERI) hisoblanadi.
– ERI axborot kommunikatsiya tarmog‘ida elektron hujjat almashinuvi
jarayonida quyidagi uchta masalani yechish imkonini beradi:
– elektron hujjat manbaining haqiqiyligini aniqlash;
– elektron hujjat yaxlitligini (o‘zgarmaganligini) tekshirish;
– elektron hujjatga raqamli imzo qo‘ygan subyektni mualliflikdan bosh tortmasligini ta’minlaydi.
– Har qanday ERI algoritmi ikkita:
– imzo qo‘yish;
imzoni tekshirish;
qismdan iborat bo‘ladi. Imzo qo‘yish muallif tomonidan, faqat unga ma’lum bo‘lgan maxfiy kalit bilan amalga oshiriladi. Imzoning haqiqiyligini tekshirish esa istalgan shaxs tomonidan, imzo muallifining ochiq kaliti bilan amalga oshirilishi mumkin.
Elektron kommunikatsiyalar va elektron hujjat almashinuvi hozirgi kunda ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlarning ajralmas qismi hisoblanib, har qanday zamonaviy tashkilotni elektron hujjatlar almashinuvi va Internetsiz tasavvur qilish qiyin.
Internet tarmog‘idan elektron hujjatlar almashinuvi asosida moliyaviy faoliyat olib borishda ma’lumotlar almashinuvini himoya qilish va elektron hujjatning yuridik maqomini ta’minlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Elektron hujjatli ma’lumot almashinuvi jarayonida ERIni qo‘llash har xil turdagi to‘lov tizimlari (plastik kartochkalar), bank tizimlari va savdo sohalarining moliyaviy faoliyatini boshqarishda elektron hujjat almashinuvi tizimlarining rivojlanib borishi bilan keng tarqala boshladi.
Hozirda ERI tizimini yaratishning bir nechta yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlarni uchta guruhga bo‘lish mumkin:
1) ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga asoslangan;
2) simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan;
3) imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus algoritmlariga asoslangan raqamli imzo tizimlaridir.

k

i

k

i
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga asoslangan ERI tizimlari quyidagicha tashkil qilinadi. Agar axborot - kommunikatsiya tarmog‘ining i -foydalanuvchisi j -foydalanuvchisiga imzolangan elektron hujjat jonatmoqchi bolsa, I
foydalanuvchi o‘zining mahfiy kaliti bilan imzolanishi kerak bo‘lgan hujjatni o‘zini shifrlab yoki uning xesh qiymatini shifrlab, shu hujjat bilan birgalikda jonatadi. Bu elektron hujjatni qabul qilib olgan j - foydalanuvchi, shifrlangan ma’lumotni i -foydalanuvchining ochiq kaliti bilan deshifrlab, hosil bo‘lgan matnni xujjat matniga yoki uning xesh qiymatiga solishtiradi. Agar matnlar bilan xesh qiymatlar bir xil bo‘lsa imzo haqiqiy, aks holda haqiqiy emas deb qabul qilinadi.
Maxsus ERI algoritmlari raqamli imzoni hisoblash va imzoni tekshirish qismlaridan iborat. Raqamli imzoni hisoblash qismi imzo qo‘yuvchining mahfiy kaliti va imzolanishi kerak bo‘lgan hujjatning xesh qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Imzoni tekshirish qismi imzo egasining ochiq kalitiga va qabul qilib olingan hujjatning xesh qiymatiga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Maxsus ERI standartlari turkumiga:

Download 1,78 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 1,78 Mb.