• E l ekt r o n im z o ni v er i f i k a t si y a q i l is
  • -MA’RUZA. Ma’ruza. Elektron hukumat va elektron raqamli imzo




    Download 1,78 Mb.
    bet7/71
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #230004
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
    Bog'liq
    majmuaIvaRT2-semestr
    Ann, Majmua IVRT 1-SEMestr 123, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, Gulchexra BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023

    12-MA’RUZA. Ma’ruza. Elektron hukumat va elektron raqamli imzo.


    Reja:
    1. Elektron imzoni verifikatsiya qilish algoritmi.
    2. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlarini va ochiq kalitlarini yaratish.
    3. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish.

    1. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish.



    Elektron imzoni verifikatsiya qilish algoritmi. Har qanday yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni tuzuvchisi yoki tuzish uchun javobgar bo‘lgan shaxsning imzosi bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday holat odatda quyidagi ikkita maqsaddan kelib chiqadi. Birinchidan, ma’lumotni olgan tomon o‘zida mavjud imzo namunasiga olingan ma’lumotdagi imzoni solishtirgan holda shu ma’lumotning haqiqiyligiga ishonch hosil qiladi. Ikkinchidan, shaxsiy imzo ma’lumot hujjatiga yuridik jihatdan mualliflikni kafolatlaydi. Bunday kafolat esa savdo–sotiq, ishonchnoma, majburiyat va shu kabi bitimlarda alohida muhimdir.
    Hujjatlardagi qo‘yilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab bo‘lib, shaxsiy imzolarning mualliflarini hozirgi zamonaviy ilg‘or kriminalistika uslublaridan foydalanish orqali aniqlash mumkin. Ammo elektron raqamli imzo xususiyatlari bundan farqli bo‘lib, ikkilik sanoq sistemasi xususiyatlari bilan belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bog‘liq. Xotira bitlarining ma’lum bir ketma-ketligidan iborat bo‘lgan elektron imzoni ko‘chirib biror joyga qo‘yish yoki o‘zgartirish kompyuterlar asosidagi aloqa tizimlarida murakkablik tug‘dirmaydi.
    Bugungi kunda yuqori darajada rivojlangan butun dunyo sivilizatsiyasida hujjatlar, jumladan maxfiy hujjatlarning ham, elektron ko‘rinishda ishlatilishi va aloqa tizimlarida uzatilishi keng qo‘llanilib borilayotganligi elektron hujjatlar va elektron imzolarning haqiqiyligini aniqlash masalalarining muhimligini keltirib chiqarmoqda.
    Ochiq kalitli kriptografik tizimlar qanchalik qulay va kriptobardoshli
    bo‘lmasin, autentifikatsiya masalasining to‘la yechilishiga javob bera lmaydi.Shuning uchun autentifikatsiya uslubi va vositalari kriptografik algoritmlar bilan birgalikda kompleks holda qo‘llanilishi talab etiladi.
    Quyida ikkita (A) va (B) foydalanuvchilarning aloqa munosabatlarida autentifikatsiya tizimi raqib tomonning o‘z maqsadi yo‘lidagi qanday hatti- harakatlaridan va kriptotizim foydalanuvchilarining foydalanish protokolini o‘zaro buzilishlardan saqlashi kerakligini ko‘rsatuvchi holatlar ko‘rib chiqiladi.

    Download 1,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA. Ma’ruza. Elektron hukumat va elektron raqamli imzo

    Download 1,78 Mb.