• 1. “Aqlli transport”
  • 2. “Aqlli talim”
  • Aqlli shahar




    Download 56.88 Kb.
    bet1/5
    Sana23.02.2024
    Hajmi56.88 Kb.
    #161110
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    O`zbekistonda intellektual tizimlarning rivojlanishi
    Extimollikni hisoblashga oid misollar, 18 PDFsam Matematik-statistika-kursi

    O‘ZBEKISTONDA “AQLLI SHAHAR” TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH KONSEPSIYASI TASDIQLANDI

    Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
    “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
    1. “Aqlli transport”
    “Aqlli transport” yo‘nalishida texnologik yechimlarni joriy qilish orqali quyidagilar ko‘zda tutiladi:

    • yo‘l harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va transportlar oqimi ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, shu jumladan real vaqt rejimida harakat shartlarini monitoring qilish;

    • jamoat transportini boshqarishni dasturiy ta'minlash; yo‘l harakati qatnashchilariga avtomatlashtirilgan tizim orqali yo‘ldagi sharoitlar va vaziyatlar, jamoat transportining harakat jadvallari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazish;

    • jamoat transportida xavfsizlik tizimlari;

    • axborot uzatish texnologiyalarini, ya'ni ma'lumotlarni to‘plash va saqlash joyiga uzatishni ta'minlaydigan 5G standartiga mos keluvchi aloqa vositalarini va bajaruvchi qurilmalarni, keng qamrovli Internet tarmog‘i va boshqa elementlarni joriy etish;

    • “Aqlli shahar” uchun Internet tarmog‘ining shahar platformalarini joriy qilish;

    • transportlarni joylashtirish uchun bo‘sh joylar va ularning uzoqligini aniqlovchi “Aqlli joylashtirish” texnologiyasi;

    • avtomobil va yo‘llardan foydalanish uchun elektron to‘lov tizimlari;

    • yo‘lovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish;

    • geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya.

    2. “Aqlli ta'lim”
    “Aqlli ta'lim” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

    • o‘quvchilarni sinab ko‘rish imkoniyati bilan sun'iy intellekt bazasida ta'lim berish tizimi;

    • shaxsni intellektual aniqlash tizimi;

    • masofaviy ta'lim va elektron o‘qitish;

    • ta'limning barcha bosqichlarini qamrab olgan elektron jurnallar;

    • onlayn va oflayn uslublaridagi integratsiya tizimlari;

    • qulay va moslashuvchan ta'lim texnologiyasi;

    • adaptiv va mobil o‘qitish texnologiyalari.



    Download 56.88 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 56.88 Kb.