Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 1,78 Mb.
bet42/71
Sana13.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#230004
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
majmuaIvaRT2-semestr

Ishning maqsadi. Elektron hukumat asoslari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish.
Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, Akustik tizimlar va boshqalar;
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
Nazariy qism:
Elektron hukumat – Barcha ham “ichki”, ham “tashqi” aloqalar va jarayonlar majmuasi bo‘lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish.
“Elektron hukumat” tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.



Download 1,78 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 1,78 Mb.