• O`QITISH MATERIALLARI
  • 2022 yil To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot O’qituvchi : Reyimbayev Umidjon Batir o’g’li
  • Ish joyi
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI BERUNIY SUV XO’JALIGI VA MELIORATSIYA KOLLEJI
  • GAZ BALLONLARI BILAN JIHOZLANGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARI, SHUNINGDEK, TABIIY GAZDA ISHLAYDIGAN MARKAZLASHTIRILGAN QOZONXONALARDAN BEXATAR FOYDALANISHGA DOIR SHOSHILINCH CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus vazirligi ta'lim vazirligi qoraqolpog’iston respublikasi kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirsh hududiy boshqarmasi beruniy suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji




    Download 218.13 Kb.
    bet1/10
    Sana09.02.2023
    Hajmi218.13 Kb.
    #41636
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    umid
    barno shartnoma, Darsning mavzusi Amir Temur Darsning maqsadlari, testlar mehnat muhofazasidan, 189-MAVZU. SPORTNING NAZARIY ASOSLARI NORMURODOVA DILFUZA BOBOQULOVNA KURS ISHI, 33-variant va 19-variant 01, 185-MAVZU. EGILUVCHANLIKNI TARBIYALASH ASOSLARI. KURS ISHI, FRANSIYA PENSIYA TA\'MINOTI TIZIMI, SHUHRAT OYIN JADVALI, 80 ёшдан ошган педагоглар, Халк таълими аълочиси кукрак нишони, Mehnat munosabatlari (1), tasviriy, sevinch kurs ishi, hisobot

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
    VAZIRLIGI TA'LIM VAZIRLIGI
    QORAQOLPOG’ISTON RESPUBLIKASI KASBIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRSH HUDUDIY BOSHQARMASI
    BERUNIY SUV XO’JALIGI VA MELIORATSIYA KOLLEJI

    Tasdiqlayman”


    Suv xo`jaligi va meliortasiya
    kolleji direktori
    ________ A.Xudikov

    ___ ______ 2022 yil


    VETERINARIYA SANITARIYASI O’QUV AMALIYOTIDAN




    O`QITISH MATERIALLARI

    Tayyorlov yo’nalishi: Avtomobillarga gaz ballonlarni o’rnatish


    Kasb yoki mutaxassislik nomi Avtomobillarga gaz ballonlarni o’rnatish


    O`qitish materiallari Beruniy suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji

    Pedagogik kengashining 202 yildagi -sonli yig`lishida o`quv jarayoniga qo`llashga tavsiya etildi.


    O`qitish materialllarito`plamini Kasbiy va maxsus fanlar kafedrasining 202 yildagi -sonli yig`ilishida muhokama etildi va ma’qullandi. дд


    Ishlab chiqarish ta’limi ustasi U.Reyimbayev_________




    2022 yil
    To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot





    O’qituvchi: Reyimbayev Umidjon Batir o’g’li


    Ma’lumoti: Tugalamagan oliy


    Mutaxassisligi: Veterinar-feldsh


    Pedagogik ish staji :


    Ish joyi: Beruniy suv xo`jaligi va meliotarsiya kolleji


    Elektron pochta manzili.


    Telefon raqami: +998885003505


    O’qitish materiallari to’plam tarkibi





    To’plam tarkibi

    Shakli

    1.

    Taqvim-mavzular rejasi

    Jadval

    2.

    Fanning ta’lim texnologiyasi

    Nusxa (PDF)

    3.

    Mavzular to'plami

    Yozma+ (CD Word)

    4.

    Baholash vositalari

    Matn, jadval

    5.

    Vizual-didaktik resurslar






    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI BERUNIY SUV XO’JALIGI VA MELIORATSIYA KOLLEJI

    Reja:

    1. Gaz balonli avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimini tuzilishi

    va ishlashi


    2.Tizim tasnifi

    .Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi




    Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli deyiladi.


    Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida) yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o’zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg’i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir.
    Karbyuratorli dvigatellarni gazsimon yonilg’iga o’tkazish ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart karbyurator dvigatelini gazballon qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. Shu bilan birga benzinda dvigatel to’la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda karbyurator dvigateldan gazsimon yonilg’ida to’la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich o’rnatilishi tufayli samaradorlik ko’rsatkichlari ancha yaxshilanadi.
    Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni Ouchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi.
    Ikkinchi usul (gaz dizeli) dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg’isi va gaz bilan ishlashini ko’zda tutadi. Gazsimon yonilg’i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi. Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan aralashgan holda silindrlarga so’riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga o’t oldirish uchquni rolini bajaruvchi dizel yonilg’isi purkaladi. Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni 20 foizini tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub o’zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gaz dizel usuli keng tarqalgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun qo’llaniladi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvinatelning ish sikli benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli farq qilmaydi. Dvigatelini gazsimon yonilg’i-da ishlashi uchun avtomobilga o’rnatiladigan asbob-anjomlar (jihozlar) komplektini gaz ballonli qurilmalar deyiladi.
    Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun. Gaz ballonli qurilmani o’ziga xosligi shundan iboratki, gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi.




    Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg'ida ishlaydigan seriyada chiqarilayotgan dvigatellar bazasida yaratiladi. Seriyada chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg'i bilan ishlashga o'tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o'zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg'i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir. Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg'iga o'tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha
    kamaytirilib, o't oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o'rnatiladi. Ikkinchi usul dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg'isi va gaz bilan ishlashini ko'zda tutadi. Gazsimon yonilg'i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi. Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan aralashgan holda silindrlarga so'riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga o't oldirish uchquni rolini bajaruvchi dizel yonilg'isi purkaladi. Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni 20 foizini tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub o'zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gaz dizel usuli keng tarqalgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun qo'llaniladi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli farq qilmaydi. Dvigatelni gazsimon yonilg'ida ishlashi uchun avtomobilga o'rnatiladigan asbob-anjomlar komplektini gaz ballonli qurilmalar deyiladi. Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun. Gaz ballonli qurilmani o'ziga xosligi shundan iboratki, gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi. Siqilgan gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli uskunalarning prinsipial sxemasi
    Gaz ballonli uskunalarning prinsipial sxemasi 1-ballonlar; 2-biriktiruvchi armatura; 3-po'lat naychalar; 4-sarflash jo'mragi;5-to'ldirish jo'mragi; 6-isitgich; 7-ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimining quvuri;8-
    dozalovchi shayba; 9- magistral jo'mrak; 10-filtr; 11-reduktor; 12-quvur bilan ulovchi naycha;13-kiritish quvuri; 14- drossel zaslonkasi; 15-taglik; 16-purkagich; 17-dizel aralashtirgich;18-forsunka; 19-salt ishlash naychasi; 20-past bosim
    manometri; 21-yuqori bosim manometri. 20 MPa bosimgacha siqilgan gaz ikki guruhga (I va II) ajratilgan har biri 50 l xajmli yuk platformaning ostiga o'rnatilgan beshta po'lat ballonlarda 1 saqlanadi. Ballonlar bir-biri bilan o'zaro ulovchi armatura 2 va naychalar 3 bilan tutashtirilgan. Avtomobil ramasining differensiyalanishi natijasida naychalalr 3 sinib ketmaslilgi uchun ular kompensatorlar bilan ta'minlangan. Gaz ballonlardan 1 sarflash ventili 4 isitgich 6 orqali magistral ventilga 9 undan so'ng filtrda 10 tozalanib, reduktorga 11 o'tadi. Reduktorda 11 gazning bosimi atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Gaz uskunalarining avtomobilda joylashuvi sxemasi 1-ventilyasiya quvuri; 2-germetik quti; 3-armatura; 4, 11-troyniklar; 5-aralashtirgich; 6-dozator; 7-boshqarish bloki; 8-elektromagnit gaz klapani filtr bilan;9 - reduktor 21-bog'latgich; 10-elektromagnit benzin klapani; 12 -salonni isitgich; 13-isitgich jumragi; 14-yuqori bosim quvuri; 15-dyuralyumin ballon; 16-ejektorlar;17-o'tish quvurchasi; 18-quyish qurilmasi. Gazning bosimi keskin pasayishi (kengayishi) sababli, agarda uning tarkibida nam bo'lsa, muzlab qolib tizimni meyoriy ishlashini buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun gaz isitgich 6 orqali uzatiladi. Gazni isitish uchun ishlatilgan gazlarning issiqligidan 7,8 foydalaniladi. Dvigatel ishlamay turganda reduktor gaz magistralini berkitib qoyadi. Ishlayotgan dvigatelda esa hosil bo'lgan siyraklanish evaziga gaz forsunka 18 orqali Dizel-aralashtirgichga 17 o'tadi va havo bilan aralashib, gaz-havo aralashmasi tayyorlanadi. Salt ishlash rejimida gaz bevosita naycha 19 orqali drossel ostki qismiga kiritiladi. Yuqori bosim manometri 21 yordamida ballonlardagi gaz bosimi va unga proporsional ravishda miqdori nazorat qilinadi. Past bosim manometri 20 yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi. Ikkala manometr ham avtomobil kabinasidagi asboblar taxtachasiga o'rnatilgan. Ballonlar gaz bilan ventil (jo'mrak) 5 orqali to'ldiriladi. Rasmda keltirilgan qurilma universal bo'lib, rezervdagi benzin yonilg'i tizimi tufayli, ehtiyot bo'lganda benzinda ham meyoriy ishlashlik imkoniyatini beradi. Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug'simon holatga o'tishi maxsus issiqlik almashtirgichda, ya'ni bug'latgichda sodir bo'ladi. Suyultirilgan gaz qurilmasning o'ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz miqdoriga bog'liq bo'lmay, balki gaz, siqilgan gaz qurilmasidan farqli ravishda, ballondagi suyultirilgan gaz miqdorini aniqlash uchun aralashmasining komponent tarkibi va atrof-muhit haroratiga bog'liqligidadir. Suyultirilgan gaz qurilmasida maxsus sath ko'rsatkich o'rnatilishi lozim bo'ladi. Suyultirilgan gaz platforma ostida o'rnatilgan va ramaning chap tomon lonjeroniga qotirilgan xajmi 225 litrli ballonda 20 saqlanadi. Ballonning old devoriga sarflash ventillari o'rnatilgan bo'lib, ular orqali gaz ballon o'lchagichidan (troynigidan) 19 tezlik klapaniga 18 o'tadi. Gaz yuqorida o'rnatilgan sarflash ventilidan esa suyuq fazadan olinadi.
    1.2-sxema. Gazga konvertatsiya qilingan avtomobil. 1-dvigatel; 2-elektromagnit klapan; 3,10-elektr boshqaruv klapanlari; 4-mikser; 5-gaz havo qapqog'i; 6-gaz havosi qabul qiluvchi filtr bilan; 7-gaz qopqog'i; 8-past bosimli reduktor; 9-taqsimlagich; 11-filtrni tozalash vositasi; 12-yuqori bosimli gaz reduktori; 13-suyuq isitish; 14,17,18-bosim o'lchagichlari; 15-asosiy kran; 16-silindr qism; 19-to'ldirish krani
    Avtomobilning suyultirilgan gazli ta'minlash tizimining sxemasi: 1-kiritish kollektori; 2-reduktordan salt ishlash tizimi aralashtirgichi; 3-reduktor va aralashtirgich orasidagi naycha; 4-reduktordan kiritish quvuri orasidagi shlang; 5-reduktordan ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani orasidagi naycha; 6-bug'latkichdan reduktor orasidagi naycha; 7-gaz aralashtirgichi; 8-gaz reduktori; 9-gaz reduktorining filtri; 10-ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani; 11-ishga tushirish tizimi klapanidan aralashtirgich orasidagi naycha; 12-elektromagnit klapanidan bug'latgich orasidagi yuqori bosim shlangi; 13-bug'latgich; 14-rezerv tizim; 15-elektromagnitli klapani; 16,17-naychalar; 18-tezlik klapani; 19-ballon uchligi (troynigi). Uchlikdan (troynikdan) 19 gaz naychalar 16, 17 orqali elektromagnit klapaniga 15 o'tadi. O't oldirish ulanganda gaz yuqori bosimli shlang orqali 12 dvigatelning kiritish kollektoriga 1 o'rnatilgan bug'latkichga 13 uzatiladi. Bug'latgichdan 13 gaz ikki pog'onali reduktorga 8 kiradi va bosimini kamaytiradi. Reduktorning birinchi pog'onasidan oldin filtr 9 o'rnatilgan, reduktorning ikkinchi pog'ona bo'shlig'idan gaz dozalovchi-ekonomayzer qurilmasiga o'tadi va undan dvigatelning ish rejimiga mos ravishda kerakli miqdordagi gaz aralashtirgichga 7 yuboriladi. Dvigatelning ishga tushirish tizimi dozalovchi jiklerli elektromagnit ishga tushirish klapani 10, naychalar va klapanni o'chirgichlarini o'z ichiga oladi. Sovuq dvigatelni o't oldirishda ishga tushirish klapani ulangandan so'ng, gaz reduktorni
    birínchí pog'onasidan bosim ostida naycha 2 orqali aralashtirgichni salt ishlash tizimiga o'tadi. 23 ta'minlash tizimining ishlashi haydovchi kabinasiga o'rnatilgan manometr orqali nazorat qilinadi. Reduktorning birinchi pog'onasidan so'ng gaz bosimi 0,15 mpa bo'lishi lozim. Gaz reduktorining vazifasi ballondan dvigatelga kirayotgan (o'tayotgan) gaz bosimini kamaytirish, dvigatelni ish rejimlariga mos ravishda aralashtirgichga uzatilayotgan gaz miqdorini avtomatik rostlash (o'zgartirish) hamda dvigatel ishlashdan to'xtaganda gaz magistralini bir lahzada uzib qo'yishdan ibort.
    Dizel va gazyonilg'ilarini salbiy hamda ijobiy xususiyatlari.
    Gaz yonilg'ilar suyuq yonilg'ilarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Shuning uchun ular istiqbolli va avtomobil dvigatellarida keng ko'lamda qo'llash uchun maqbul yonilg'i hisoblanadi. Ko'pgina hollarda ular mahalliy yonilg'i turlari bo'lib, suyuq yonilg'ilarga nisbatan ancha arzon. Uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda yonuvchi gazlarni qo'llash aralashma hosil qilish jarayonining, shuningdek, ishlatish sharoitlarida aralashmaning silindrlar bo'ylab taqsimlanishini yaxshilaydi va yengillashtiradi, chunki gazlar havo bilan turli nisbatlarda ancha oson aralashadi. Ko'pgina gazlar suyuq yonilg'ilarga nisbatan alanga tarqalishining ancha keng konsentratsion diapazoniga ega, ya'ni ular aralashmada havo miqdori ancha ortiq bo'lganida ham tez va to'liq yonadi. Bularning barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo'llaniladigan moslamani soddalashtirishga hamda unda yonilg'i va havoning atmosferaga zaharli moddalar kam miqdorda chiqariladigan nisbatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg'ilardan foydalanilganida dvigatelning sovuq holda ishga tushirish va qizdirilgan holatda ishlashidagi yonilg'ining bug'lanishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklar bo'lmaydi, atrof muhit harorati yuqori bo'lganida, ta'minlash tizimida bug' tiqinlari hosil bo'lish hollari o'z-o'zidan yo'qoladi. Gazsimon yonilg'ilar benzinlarga nisbatan antidetonatsion xususiyatlarga ega, bu esa dvigatelning siqish darajasini ko'tarishga va yonilg'i tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, gazsimon yonilg'ilar yana bir qator afzalliklarga ega: keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud; yonganida qora kuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo'lmaydi, yonish mahsulotlari tarkibida atrof muhit uchun zararli moddalar yo'q; iste'molchi manbalarga quvurlar orqali oson uzatiladi va markazlashgan holda saqlanadi; gazsimon yonilg'idan foydalanilganida motor moyining eskirish jarayoni sekinlashadi va almashtirish muddati suyuq yonilg'ilardan foydalanilganiga nisbatan 2-4 barobar uzayadi. Buning asosiy sababi, gazsimon yonilg'i ishlatilganida silindr devorida yonilg'i bug'lari kondensatsiyalanmaydi, bu, o'z navbatida, motor moyining chala yoki yonmagan yonilg'i bilan suyulishiningoldini oladi; dvigatelning ta'mirlashgacha ish muddati ham 1,5-2 barobar oshadi, chunki bunda suyuq yonilg'ilar kabi yonmay qolgan yonilg'i silindr-porshen guruhi hamda yonish


    kamerasi devorlarida qurum va cho'kindilmiqdori nisbatan kam bo'lib, silindrporshen guruhining yeyilishini kamaytiradi; siqilgan yoki suyultirilgan holda ham ishlatiladi; -detonatsiyaga qarshi turg'un. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan fikrlardan ko'rinib turibdiki, gazsimon yonilg'ilar kompleks xususiyatlariga ko'ra yonuvchi aralashma silindr tashqarisida hosil qilinadigan va uchqun bilan yondiriladigan dvigatellar uchun ancha mos keladi, shuningdek, dizellarda foydalanilishi ham mumkin. Portlovchanlik xususiyatining yuqoriligi ko'pgina gazsimon yonilg'ilar (tabiiy gazlar, vodorod, metan)ning asosiy kamchiligidir. Yonuvchi gazlarning eng kichik nozichliklardan ham chiqib ketishi ulardan ehtiyot bo'lib foydalanishni talab qiladi. Agar xavfsizlik texnikasi hamda yong'inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek, tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz qurilmalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin. Shuningdek, gazsimon yonilg'ilar qo'llanilganida, silindrni to'ldirish koeffitsiyenti kamligi suyuq yonilg'ilarga nisbatan dvigatel quvvatining kamayishiga olib keladi. Gazli dvigatellarning ta’minlash tizimida qo’llaniladigan jixozlarning vazifalari va tuzilishi. Tayanch so’z va iboralar: siqilgan va suyultirilgan gazlarning asosiy xususiyatlari. siqilgan va suyultirilgan gazlar bilan ta’minlashda qo’llaniladigan asosiy jihozlar, ularning joylashish sxemasi. Mavzuga klaster tuzish Mavzuga sinkveyn tuzish 1. Gaz balonli ta’minlash tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli deyiladi. Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida) yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o’zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg’i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir (to’g’rilash).(regulirovaniya) Karbyuratorli dvigatellarni gazsimon yonilg’iga o’tkazish ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart karbyurator dvigatelini gazballon qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. SHu bilan birga benzinda dvigatel to’la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda karbyurator dvigateldan gazsimon yonilg’ida to’la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich o’rnatilishi tufayli samaradorlik ko’rsatkichlari ancha yaxshilanadi. Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi. 2. Gazlarning asosiy xususiyatlari. Gaz ballonli avtomobillarda ishlatiladigan gazsimon yonilg’i tabiiy yoki suyultirilgan yonuvchi gazlar bo’lib, ular suyultirilgan neft gazi (SNG), siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz (STG)bo’ladi. STG da ishlovchi avtomobil dvigatellari keng tarqalgan. SNGlar ballonlarda saqlanadi, bu turdagi gazlar uch xil bo’ladi, ya’ni propan, butan va ularning aralashmalari. STG da xid bo’lmagani uchun unga o’tkir xidli gazsimon modda qo’shiladi. STG da ishlagan avtomobilning STG da ishlaganiga nisbatan afzalliklari bor: ballonlar soni kam, avtomobilning yuk ko’tarish qobilyati yum3 . Siqilgan gazda ishlovchi avtomobilning kamchiligi shundaki, silindrni to’ldirish koeffitsenti kam bo’lganligi sababli uning quvvati 10-20% ga pasayadi. Avtomobilga og’irligi 65- 70 kgli ballondan 6-8 tasi o’rnatiladi. SHu sababli avtomobilning yuk ko’tarish qobilyati pasayadi. Ballonlar maxsus gaz to’ldirish stantsilarida to’ldiriladi. Bir ballonga 10 m3 gaz to’ldiriladi. Siqilgan gazlar asosan propan yoki butandan tashkil topgan. 3.Gazli dvigatellarning ta’minlash tizimida qo’llaniladigan jixozlarning vazifalari va tuzilishi. Suyultirilgan gazda yengil avtomobillar Neksiya, yuk avtomobilari va avtobus dvigatellari ishlaydi. Suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobilning gaz bilan ta’minlash tizimi. 1-karbyurator-aralashtirgich, 2-benzin filtrli elektromagnitli klapan, 3- benzin baki, 4-gaz reduktori, 5- suyultirilgan gaz parlagichi, 6-issiq suv berish shtutseri, 7-issiqsm2 atrofida bo’ladi. Ularning issiqlik berish qobiliyati 8500 kkalsm2. SHu sababli ularni tashish xavfli emas, issiqlik berish qobiliyati yuqori, shu sababli dvigatelning quvvati yuqori. Bu gazni xavfsiz. Lekin suyuq gazlar bir yerga to’planib qolsa portlash xavfi bo’ladi. STG lar maxsus yuk avtomobillarda tashiladi, bu gazlar asosan metandan tashkil topgan. Siqilgan gaz holatdagi (STG) yonilg’ilar maxsus ballonlarda tashiladi. Ballondagi gaz bosimi 200 kgqori. STG li ballonda gaz bosimi yuqori emas, ya’ni 16 kg suv chiqish shtutseri, 8-suvni to’kish kraynigi, 9-gaz filtrli elektormagnitli klapan, 10-reduktor manometri. 11- dvigatel, 12-parli ventil, 13-saqlash klapani, 14-suyultirilgan gaz balloni, 15-nazorat ventili, 16-to’ldirish ventili, 17-suyultirilgan gaz satxini ko’rsatuvchi ko’rsatkich, 18-to’kish tiqini (probka), 19-suyuqlik ventili. Siqilgan gazda ishlaydigan avtomobil dvigatelining gaz bilan ta’minlash tizimi. 1-benzonasos, 2-benzin filtrli elektromagnitli klapan, 3-karbyurator-aralashtirgich, 4-kiritish trubasi, 5-karbyurator-aralashtirgicha gazni uzatish shlangi, 6-benzin filtr-tindirgichi, 7-ballondan qizdirgichga uzatish truboprovodi, 8-sarflash venteli, 9-to’ldirish ventili, 10-yuqori bosim manometri, 11-ballonlarni birlashtirish truboprovodi, 12-sektsiyalarni birlashtirish truboprovodi, 13-ballonlarni orq sektsiyasi, 14-ballonlarni old sektsiyasi, 15-benzin baki, 16-gaz filtrli elektromagnit klapani, 17-yuqori bosimli reduktor, 18-filtrdan kichik bosimli reduktorga o’tish trubkasi, 19-kichik bosimli manometr, 20-kichik bosimli reduktor, 21-vakuum bilan trubka to’sig’i, 22-salt yurish trubkasi, 23-dvigatel. Nazorat savollari 1. Suyultirilgan va siqilgan gazlar xaqida ma’lumotlarni ayting? 2. Gaz ballonli ta’minlash tizimining uskunalari tuzilishini ayting? 3. Yonish qoldiqlarining atrof-muhitga ta’siri va ularni bartaraf etish choralari qanday amalga oshiriladi?
    Ushbu maqola gaz ballonli avtomobillarga tizimli texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish orq
    GAZ BALLONLARI BILAN JIHOZLANGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARI, SHUNINGDEK, TABIIY GAZDA ISHLAYDIGAN MARKAZLASHTIRILGAN QOZONXONALARDAN BEXATAR FOYDALANISHGA DOIR SHOSHILINCH CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
    So‘nggi yillarda avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilg‘i turlari, shu jumladan siqilgan tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarining soni 670 taga yetdi va avtotransport vositalarining 50 foizdan ortig‘i muqobil yoqilg‘i sifatida siqilgan tabiiy gazdan foydalanmoqda.
    Ushbu sohada xavfsizlik masalalarini tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o‘tkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta’minlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-oktabrdagi 815-son qarori va “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qarori qabul qilindi.
    Shu bilan birga, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to‘ldirishda, gaz balloni uskunalarining birikkan joylari zichligi va ishonchliligini davriy sinovdan o‘tkazishda, shuningdek, jismonan va ma’nan eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari uchramoqda.
    Yuqorida qayd etilgan qoidabuzarliklar insonlar hayoti va salomatligiga zarar yetkazadigan, shu jumladan ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, 2018-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyatining Kogon tumanida “G‘uzor-Buxoro-Nukus” A-380 avtomobil yo‘lining 201-kilometrida “Isuzu” yo‘lovchi avtobusida o‘rnatilgan gaz balloni portlagan. Buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jarohatlangan.
    Qozonxona uskunalaridan foydalanish ishonchliligini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularni tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, energiya ta’minoti va energiya samaradorligi masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.
    Siqilgan tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan yanada xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ulardan foydalanishda baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan qozonxonalardan foydalanish ishonchliligi va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarini, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularning ishonchliligi va xavfsizligini oshirishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
    2. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.J. Ramatov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
    a) gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari bo‘yicha:
    standartlar va texnik reglamentlar talablariga javob beradigan hamda sertifikatlangan siqilgan tabiiy gaz ballonlaridan foydalanilishi yuzasidan ularni yalpi xatlovdan o‘tkazish;
    tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar har bir yuridik shaxs va jismoniy shaxslar avtomobil transportining texnik holatini bosqichma-bosqich ko‘rikdan o‘tkazish;
    har bir avtomobil transportining texnik ko‘rik talablari, ularda foydalanilayotgan gaz ballonlarining ishonchliligi va xavfsizligi talablariga mos kelishi yuzasidan dalolatnoma tuzilishini ta’minlash;
    b) avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari bo‘yicha:
    foydalanilayotgan texnologik uskunalar (kompressorlar) va boshqa vositalarning loyiha hujjatlari talablariga, ayniqsa, yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash talablariga, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan ularni yalpi xatlovdan o‘tkazish;
    avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari ulardan foydalanishda sanoat xavfsizligi kurslarida o‘qigan malakali mutaxassislar va ishchi-xodimlar bilan ta’minlanganini o‘rganish;
    avtomobillarni gaz bilan to‘ldiradigan har bir kompressor stansiyasining sanoat xavfsizligi, loyiha parametrlari, litsenziya talablari va shartlariga rioya etish talablariga mos kelishi yuzasidan dalolatnoma tuzilishini ta’minlash;
    v) markazlashtirilgan qozonxonalar bo‘yicha:
    markaziy qozonxonalar va ularni tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimlari, shu jumladan gaz taqsimlash punktlarining yong‘in xavfsizligi texnik talablariga mos kelishi yuzasidan yalpi xatlovdan o‘tkazish;
    yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish borasida foydalanilayotgan uskunalarning ishonchliligi va samaradorligini, talab etilgan malakaga ega xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mavjudligini tahlil qilish;
    marakazlashtirilgan har bir qozonxonaning sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga mos kelishi, shuningdek, ayniqsa kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlashga tayyorligi bo‘yicha dalolatnoma tuzilishini ta’minlash.
    3. Gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari, shuningdek, markazlashtirilgan qozonxonlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
    Respublika komissiyasi ishchi organining funksiyalari, o‘tkazilgan xatlov natijalari bo‘yicha dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
    4. Belgilansinki:
    a) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, gaz ballonlari bilan jihozlangan va yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar, mikroavtobuslar va yengil avtotransport vositalari (taksilar) 2018-yil 1-dekabrgacha, jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari hamda tashkilotlarning gaz ballonlari bilan jihozlangan hamda ishlab chiqarish jarayonida va yuklarni tashishda foydalaniladigan maxsus texnikasi — texnik ko‘rikni o‘tkazishning belgilangan muddatlarida xatlovdan o‘tkaziladi;
    avtotransport vositalari va ularda o‘rnatilgan gaz ballonlari texnik ko‘rikdan Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va yo‘l harakati xavfsizligi viloyat boshqarmalari tomonidan belgilangan joylarda, shu jumladan “O‘zstandart” agentligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan respublika hududlaridagi kapot ichidagi uskunalarni o‘rnatish hamda ularga xizmat ko‘rsatish servis markazlarida o‘tkaziladi;
    avtotransport vositalarini xatlovdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, hududiy komissiyalar tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilib, Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tegishli boshqarmasiga beriladi;
    b) 2018-yil 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari xatlovdan o‘tkaziladi va hududiy komissiyalar tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
    “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi xatlov natijalari asosida litsenziat litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmaganda avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarining litsenziyalarini belgilangan tartibda to‘xtatish choralarini ko‘radi;
    v) 2018-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari va respublika aholisi ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan markazlashtirilgan qozonxonalar xatlovdan o‘tkaziladi hamda hududiy komissiyalar tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir shoshilinch choralar ko‘rish uchun taqdim etiladi.
    5. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 2018-yil 15-dekabrgacha bo‘lgan muddatda:
    avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalaridan va gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan bexatar foydalanilishini, shuningdek, xatlov davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
    markazlashtirilgan qozonxonalardan samarali va bexatar foydalanilishini, shu jumladan ulardan foydalanishda sodir bo‘lgan avariya holatlarining zudlik bilan bartaraf etilishini, shuningdek, xatlov davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
    6. “O‘zneftgazinspeksiya” mas’uliyatni bevosita litsenziatga yuklagan holda, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan gaz ballonlari siqilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilishini ta’minlasin.
    (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
    7. “O‘zstandart” agentligi 2018-yil 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda siqilgan gaz ballonlarini ishlab chiqaruvchilarning texnologik jarayonlarini, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib chiqsin va natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
    8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Respublika komissiyasiga hamda hududiy komissiyalarga avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini xatlovdan o‘tkazish davomida ularga yuklangan vazifalarning sifatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar.
    9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi boshlig‘i N.T. Agzamov, “Sanoatgeotexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.V. Gulyamov, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
    Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi Sultonali Hoshimjon o’g’li Fozilov Abduqaxxor Isaqovich Mamatov Ne’matillo Ubaydullo o’g’li Karimov FarPI xuzuridagi Toshloq texnik xizmat ko’rsatish texnikumi B.Siddiqov FarPI Annotatsiya: Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli deyiladi. Kalit so’zlar: dvigatel, gaz, jihoz, gazsimon yonilg’i, dizel, gazballon. Gas supply system of gas engine automobiles Sultanali Hashimjon oglu Fozilov Abdukakhor Isakovich Mamatov Nematillo Ubaydullo oglu Karimov Tashlak Maintenance College under FarPI B.Siddiqov FarPI Abstract: Gas engines are widely used in modern urban vehicles. It uses natural, industrial and synthetic gases in compressed or liquefied state. Compressed and liquefied gases are stored in special cylinders, so vehicles are also called gas cylinders. Keywords: engine, gas, equipment, gaseous fuel, diesel, gas cylinder. Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan seriyada chiqarilayotgan dvigatellar bazasida yaratiladi. Seriyada chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o’zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg’i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir. Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 249 kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi. Ikkinchi usul dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg’isi va gaz bilan ishlashini ko’zda tutadi. Gazsimon yonilg’i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi. Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan aralashgan holda silindrlarga so’riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga o’t oldirish uchquni rolini bajaruvchi dizel yonilg’isi purkaladi. Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni 20 foizini tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub o’zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gaz dizel usuli keng tarqalgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun qo’llaniladi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli farq qilmaydi. Dvigatelni gazsimon yonilg’ida ishlashi uchun avtomobilga o’rnatiladigan asbob-anjomlar komplektini gaz ballonli qurilmalar deyiladi. Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun. Gaz ballonli qurilmani o’ziga xosligi shundan iboratki, gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi. Siqilgan gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli uskunalarning prinsipial sxemasi 1.1-rasm. Gaz ballonli uskunalarning prinsipial sxemasi 1-ballonlar; 2-biriktiruvchi armatura; 3-po’lat naychalar; 4-sarflash jo’mragi;5- to’ldirish jo’mragi; 6-isitgich; 7-ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimining quvuri;8- dozalovchi shayba; 9- magistral jo’mrak; 10-filtr; 11-reduktor; 12-quvur bilan ulovchi naycha;13-kiritish quvuri; 14- drossel zaslonkasi; 15-taglik; 16-purkagich; 17-dizel aralashtirgich;18-forsunka; 19-salt ishlash naychasi; 20-past bosim manometri; 21-yuqori bosim manometri. 20 MPa bosimgacha siqilgan gaz ikki guruhga (I va II) ajratilgan har biri 50 l xajmli yuk platformaning ostiga o’rnatilgan beshta po’lat ballonlarda 1 saqlanadi. Ballonlar bir-biri bilan o’zaro ulovchi armatura 2 va naychalar 3 bilan tutashtirilgan. Avtomobil ramasining differensiyalanishi natijasida naychalalr 3 sinib ketmaslilgi uchun ular kompensatorlar bilan ta’minlangan. Gaz ballonlardan 1 sarflash ventili 4 isitgich 6 orqali magistral ventilga 9 undan so’ng filtrda 10 tozalanib, reduktorga 11 "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 250 o’tadi. Reduktorda 11 gazning bosimi atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Gaz uskunalarining avtomobilda joylashuvi sxemasi 1-ventilyasiya quvuri; 2-germetik quti; 3-armatura; 4, 11-troyniklar; 5-aralashtirgich; 6-dozator; 7-boshqarish bloki; 8- elektromagnit gaz klapani filtr bilan;9 - reduktor 21-bog’latgich; 10-elektromagnit benzin klapani; 12 -salonni isitgich;13-isitgich jumragi; 14-yuqori bosim quvuri; 15- dyuralyumin ballon; 16-ejektorlar;17-o’tish quvurchasi; 18-quyish qurilmasi. Gazning bosimi keskin pasayishi (kengayishi) sababli, agarda uning tarkibida nam bo’lsa, muzlab qolib tizimni meyoriy ishlashini buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun gaz isitgich 6 orqali uzatiladi. Gazni isitish uchun ishlatilgan gazlarning issiqligidan 7,8 foydalaniladi. Dvigatel ishlamay turganda reduktor gaz magistralini berkitib qoyadi. Ishlayotgan dvigatelda esa hosil bo’lgan siyraklanish evaziga gaz forsunka 18 orqali Dizel-aralashtirgichga 17 o’tadi va havo bilan aralashib, gaz-havo aralashmasi tayyorlanadi. Salt ishlash rejimida gaz bevosita naycha 19 orqali drossel ostki qismiga kiritiladi. Yuqori bosim manometri 21 yordamida ballonlardagi gaz bosimi va unga proporsional ravishda miqdori nazorat qilinadi. Past bosim manometri 20 yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi. Ikkala manometr ham avtomobil kabinasidagi asboblar taxtachasiga o’rnatilgan. Ballonlar gaz bilan ventil (jo’mrak) 5 orqali to’ldiriladi. Rasmda keltirilgan qurilma universal bo’lib, rezervdagi benzin yonilg’i tizimi tufayli, ehtiyot bo’lganda benzinda ham meyoriy ishlashlik imkoniyatini beradi. Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug’simon holatga o’tishi maxsus issiqlik almashtirgichda, ya’ni bug’latgichda sodir bo’ladi. Suyultirilgan gaz qurilmasning o’ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz miqdoriga bog’liq bo’lmay, balki gaz, siqilgan gaz qurilmasidan farqli ravishda, ballondagi suyultirilgan gaz miqdorini aniqlash uchun aralashmasining komponent tarkibi va atrof-muhit haroratiga bog’liqligidadir. Suyultirilgan gaz qurilmasida maxsus sath ko’rsatkich o’rnatilishi lozim bo’ladi. Suyultirilgan gaz platforma ostida o’rnatilgan va ramaning chap tomon lonjeroniga qotirilgan xajmi 225 litrli ballonda 20 saqlanadi. Ballonning old devoriga sarflash ventillari o’rnatilgan bo’lib, ular orqali gaz ballon o’lchagichidan (troynigidan) 19 tezlik klapaniga 18 o’tadi. Gaz yuqorida o’rnatilgan sarflash ventilidan esa suyuq fazadan olinadi. "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 251 1.2-sxema. Gazga konvertatsiya qilingan avtomobil. 1-dvigatel; 2-elektromagnit klapan; 3,10-elektr boshqaruv klapanlari; 4-mikser; 5-gaz havo qapqog’i; 6-gaz havosi qabul qiluvchi filtr bilan; 7-gaz qopqog’i; 8-past bosimli reduktor; 9-taqsimlagich; 11-filtrni tozalash vositasi; 12-yuqori bosimli gaz reduktori; 13-suyuq isitish; 14,17,18-bosim o’lchagichlari; 15-asosiy kran; 16-silindr qism; 19- to’ldirish krani Avtomobilning suyultirilgan gazli ta’minlash tizimining sxemasi: 1-kiritish kollektori; 2-reduktordan salt ishlash tizimi aralashtirgichi; 3-reduktor vа aralashtirgich orasidagi naycha; 4-reduktordan kiritish quvuri orasidagi shlang; 5- reduktordan ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani orasidagi naycha; 6- bug’latkichdan reduktor orasidagi naycha; 7-gaz aralashtirgichi; 8-gaz reduktori; 9- gaz reduktorining filtri; 10-ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani; 11-ishga tushirish tizimi klapanidan aralashtirgich orasidagi naycha; 12-elektromagnit klapanidan bug’latgich orasidagi yuqori bosim shlangi; 13-bug’latgich; 14-rezerv tizim; 15-elektromagnitli klapani; 16,17-naychalar; 18-tezlik klapani; 19-ballon uchligi (troynigi). Uchlikdan (troynikdan) 19 gaz naychalar 16, 17 orqali elektromagnit klapaniga 15 o’tadi. O’t oldirish ulanganda gaz yuqori bosimli shlang orqali 12 dvigatelning kiritish kollektoriga 1 o’rnatilgan bug’latkichga 13 uzatiladi. Bug’latgichdan 13 gaz ikki pog’onali reduktorga 8 kiradi va bosimini kamaytiradi. Reduktorning birinchi pog’onasidan oldin filtr 9 o’rnatilgan, reduktorning ikkinchi pog’ona bo’shlig’idan gaz dozalovchi-ekonomayzer qurilmasiga o’tadi va undan dvigatelning ish rejimiga mos ravishda kerakli miqdordagi gaz aralashtirgichga 7 yuboriladi. Dvigatelning ishga tushirish tizimi dozalovchi jiklerli elektromagnit ishga tushirish klapani 10, naychalar va klapanni o’chirgichlarini o’z ichiga oladi. Sovuq dvigatelni o’t oldirishda ishga tushirish klapani ulangandan so’ng, gaz reduktorni "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 252 birinchi pog’onasidan bosim ostida naycha 2 orqali aralashtirgichni salt ishlash tizimiga o’tadi. 23 ta’minlash tizimining ishlashi haydovchi kabinasiga o’rnatilgan manometr orqali nazorat qilinadi. Reduktorning birinchi pog’onasidan so’ng gaz bosimi 0,15 mpa bo’lishi lozim. Gaz reduktorining vazifasi ballondan dvigatelga kirayotgan (o’tayotgan) gaz bosimini kamaytirish, dvigatelni ish rejimlariga mos ravishda aralashtirgichga uzatilayotgan gaz miqdorini avtomatik rostlash (o’zgartirish) hamda dvigatel ishlashdan to’xtaganda gaz magistralini bir lahzada uzib qo’yishdan ibort. Dizel va gaz yonilg’ilarini salbiy hamda ijobiy xususiyatlari. Gaz yonilg’ilar suyuq yonilg’ilarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Shuning uchun ular istiqbolli va avtomobil dvigatellarida keng ko’lamda qo’llash uchun maqbul yonilg’i hisoblanadi. Ko’pgina hollarda ular mahalliy yonilg’i turlari bo’lib, suyuq yonilg’ilarga nisbatan ancha arzon. Uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda yonuvchi gazlarni qo’llash aralashma hosil qilish jarayonining, shuningdek, ishlatish sharoitlarida aralashmaning silindrlar bo’ylab taqsimlanishini yaxshilaydi va yengillashtiradi, chunki gazlar havo bilan turli nisbatlarda ancha oson aralashadi. Ko’pgina gazlar suyuq yonilg’ilarga nisbatan alanga tarqalishining ancha keng konsentratsion diapazoniga ega, ya’ni ular aralashmada havo miqdori ancha ortiq bo’lganida ham tez va to’liq yonadi. Bularning barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo’llaniladigan moslamani soddalashtirishga hamda unda yonilg’i va havoning atmosferaga zaharli moddalar kam miqdorda chiqariladigan nisbatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg’ilardan foydalanilganida dvigatelning sovuq holda ishga tushirish va qizdirilgan holatda ishlashidagi yonilg’ining bug’lanishi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar bo’lmaydi, atrof muhit harorati yuqori bo’lganida, ta’minlash tizimida bug’ tiqinlari hosil bo’lish hollari o’zo’zidan yo’qoladi. Gazsimon yonilg’ilar benzinlarga nisbatan antidetonatsion xususiyatlarga ega, bu esa dvigatelning siqish darajasini ko’tarishga va yonilg’i tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, gazsimon yonilg’ilar yana bir qator afzalliklarga ega: keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud; yonganida qora kuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo’lmaydi, yonish mahsulotlari tarkibida atrof muhit uchun zararli moddalar yo’q; iste’molchi manbalarga quvurlar orqali oson uzatiladi va markazlashgan holda saqlanadi; gazsimon yonilg’idan foydalanilganida motor moyining eskirish jarayoni sekinlashadi va almashtirish muddati suyuq yonilg’ilardan foydalanilganiga nisbatan 2-4 barobar uzayadi. Buning asosiy sababi, gazsimon yonilg’i ishlatilganida silindr devorida yonilg’i bug’lari kondensatsiyalanmaydi, bu, o’z navbatida, motor moyining chala yoki yonmagan yonilg’i bilan suyulishiningoldini oladi; dvigatelning ta’mirlashgacha ish muddati ham 1,5-2 barobar oshadi, chunki bunda suyuq yonilg’ilar kabi yonmay qolgan yonilg’i silindr-porshen guruhi hamda yonish "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 253 kamerasi devorlarida qurum va cho’kindilmiqdori nisbatan kam bo’lib, silindrporshen guruhining yeyilishini kamaytiradi; siqilgan yoki suyultirilgan holda ham ishlatiladi; - detonatsiyaga qarshi turg’un. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, gazsimon yonilg’ilar kompleks xususiyatlariga ko’ra yonuvchi aralashma silindr tashqarisida hosil qilinadigan va uchqun bilan yondiriladigan dvigatellar uchun ancha mos keladi, shuningdek, dizellarda foydalanilishi ham mumkin. Portlovchanlik xususiyatining yuqoriligi ko’pgina gazsimon yonilg’ilar (tabiiy gazlar, vodorod, metan)ning asosiy kamchiligidir. Yonuvchi gazlarning eng kichik nozichliklardan ham chiqib ketishi ulardan ehtiyot bo’lib foydalanishni talab qiladi. Agar xavfsizlik texnikasi hamda yong’inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek, tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz qurilmalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin. Shuningdek, gazsimon yonilg’ilar qo’llanilganida, silindrni to’ldirish koeffitsiyenti kamligi suyuq yonilg’ilarga nisbatan dvigatel quvvatining kamayishiga olib keladi. 1.1-jadval. Barcha gazsimon yonilg’ilar hajmiy takibi. Past kalloriyali, yonish issiqligi 10000kJ/m3 gacha bo’lgan gazlar (generator, domna, ruda gazlari va boshqalar) - o’rtacha kaloriyali, yonish issiqligi 10000-20000 kJ/m3 gacha bo’lgan gazlar (koks, yoritish gazlari va boshqalar)yuqori kaloriyali, yonish issiqligi 20000 kJ/m3 dan ortiq bo’lgan gazlar bu gazlarga gaz konlaridan olinadigan turli tabiiy gazlar, neft quduqlaridan neft bilan birga olinadigan neft gazlari yoki yo’lakay gazlar, shuningdek, neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi. Gazsimon yonilg’i tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Tabiiy gazsimon yonilg’ilarga neft qazib chiqarishda olinadigan yengil gazsimon uglevodorodlar hamda sof gaz konlaridan olinadigan tabiiy gazlar kiradi. Turli konlardan olinadigan "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 254 tabiiy gazlar tarkibi va issiqlik berishiga ko’ra bir-biridan kam farq qiladi. Sun’iy yonuvchi gazlar qattiq va suyuq yonilg’ilarni qayta ishlash (quruq haydash, yarim kokslash va hokazo) yo’li bilan olinadi. Issiqlik berishiga ko’ra, sun’iy gazlar past yoki yuqori kaloriyali bo’ladi. Ular yonilg’i sifatida ishlatiladi. Portlash xavfini kamaytirish uchun ularga tabiiy gazlar qo’shiladi. Aralashtirish maxsus stansiyalarda bajariladi, iste’molchilarga esa tayyor gaz yetkazib beriladi. Shunga qaramasdan, iste’molchiga keltiriladigan gazning portlash xavfi borligini, ko’pincha zaxarli ekanligini esdan chiqarmaslik va ulardan ehtiyot bo’lib foydalanish zarur. Gazsimon yonilg’ida ishlaydigan avtomobillarda siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalaniladi. Kritik harorati havo haroratidan yuqori bo’lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan suyuq holatga o’tadi. Bunday gazlar suyultirilgan gazlar deyiladi. Gazni suyultirish uchun ma’lum harorat va ma’lum bosim talab etiladi. Masalan, 20°C haroratda propanni suyuq holatga o’tkazish uchun 0,85 MPa, butanni suyuq holatga o’tkazish uchun esa 0,2 MPa bosim talab qilinadi. Kritik harorati ishchi haroratidan past gazlar siqilgan holdaishlatiladi (20 MPa bosim ostida) va ular siqilgan gazlar deyiladi. Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal harorat va istalgan yuqori bosimda o’zining gazsimon holatini saqlab qoladi. Gaz faqat o’ta sovitilganidan keyingina (-62°C dan past) suyuqlikka aylanadi. Avtomobillarda yonilg’i sifatida 20 MPa gacha siqilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz gaz konlaridan olinadi, uning asosiy komponenti metan, siqilgan gaz yonganida, katta massa birligida 49800 kJ/kg issiqlik ajralib chiqadi, biroq zichligi juda kam (0°C va atmosfera bosimida 0,0007 g/sm3 ) bo’lganligidan hattoki 20 MPa gacha siqilgan tabiiy gaz yonganida hajmiy issiqligi 7000 kJ/m3dan oshmaydi, ya’ni suyultirilgan gazning hajmiy issiqligidan kamida 3 barobar kam. Yonganida chiqadigan hajmiy issiqlik miqdorining kam bo’lishi avtomobilda hattoki yuqori bosimda ham yetarli miqdorda gaz saqlanishiga imkon bermaydi. Shu sababli siqilgan tabiy gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli avtomobillarda zaxira yo’l benzin yoki suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan avtomobillarga nisbatan ikki barobar kichik. Metanning tadqiqot yo’li bilan aniqlangan oktan soni 110 atrofida. Siqilgan tabiiy gazning zaxira miqdori ko’p va u arzon bo’lganligidan dizel o’rniga bu gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir (ayniqsa, shahar ichida va shahar atrofiga qaytnaydigan transportlarda). Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mahmudov M.Y. "Toshkent shahrida ekspluatatsiya qilinayotgan avtobuslarning ishonchliligi boshqarmasi", Toshkent nashriyoti" 2017y. 2. Avtotransport vositalarining texnik ishlashi va tamirlash. Asqorov.A.P Toshkent-2000 3. Asatov E.A., Tojiboyev A.A. Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari: "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 255 Maruzalar matni.-T.: TAYI, 1999.-160 b. 5. Mahsulotlar va etkazib beruvchilarning lentasini yanada aniqroq qurish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi avtotransport oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslikda tavsiya etilgan. Professor Sidiqnazarov Q.O’tish: saytda harakatlanish, qidiruv - 560 b. 6. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005-yil 7. Тошбоева, Р. С. (2020). ЭКОЛОГИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА: ПРАВОВОЙ АСПЕКТ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ИНВЕСТИРОВАНИЯ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 5). 8. O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti haraqatga texnik xizmat ko’rsatish va ta’minlash bo’yicha Nizom. Toshkent, 1999 References 1. Mahmudov M.Y. "Department of reliability of buses operating in Tashkent", Tashkent Publishing House "2017y. 2. Maintenance and repair of vehicles. Asqorov.A.P Tashkent-2000 3. Asatov E.A., Tojiboyev A.A. Reliability theory and diagnostic bases: Text of lectures.-T .: TAYI, 1999.-160 p. 5. The Ministry of Higher and Secondary Special Education of the Republic of Uzbekistan is recommended in the textbook for students of motor transport universities to more accurately build the tape of products and suppliers. Professor Sidiqnazarov K. Transition: site navigation, search - 560 p. 6. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Technical operation of cars. Tashkent, 2005 7. Toshboeva, R.S. (2020). ECOLOGIZATION OF UZBEKISTAN ECONOMY: LEGAL ASPECT OF IMPROVEMENT OF INVESTMENT. LEGAL RESEARCH JOURNAL, (SPECIAL 5). 8. Regulations on maintenance and maintenance of road transport of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, 1999
    Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli deyiladi.
    Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida) yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o’zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg’i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir.
    Karbyuratorli dvigatellarni gazsimon yonilg’iga o’tkazish ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart karbyurator dvigatelini gazballon qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. Shu bilan birga benzinda dvigatel to’la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda karbyurator dvigateldan gazsimon yonilg’ida to’la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich o’rnatilishi tufayli samaradorlik ko’rsatkichlari ancha yaxshilanadi.
    Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi.
    Ikkinchi usul (gaz dizeli) dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg’isi va gaz bilan ishlashini ko’zda tutadi. Gazsimon yonilg’i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi. Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan aralashgan holda silindrlarga so’riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga o’t oldirish uchquni rolini bajaruvchi dizel yonilg’isi purkaladi. Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni 20 foizini tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub o’zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gaz dizel usuli keng tarqalgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun qo’llaniladi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvinatelning ish sikli benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli farq qilmaydi. Dvigatelini gazsimon yonilg’i-da ishlashi uchun avtomobilga o’rnatiladigan asbob-anjomlar (jihozlar) komplektini gaz ballonli qurilmalar deyiladi.
    Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun. Gaz ballonli qurilmani o’ziga xosligi shundan iboratki, gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi.

    Download 218.13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 218.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus vazirligi ta'lim vazirligi qoraqolpog’iston respublikasi kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirsh hududiy boshqarmasi beruniy suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji

    Download 218.13 Kb.