• I-BOB.DAVLAT BOSHQARUVIDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI.
  • Bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi




    Download 12,33 Mb.
    bet2/17
    Sana05.12.2023
    Hajmi12,33 Mb.
    #111470
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti
    yonilg\'i moylash, Integratsiya tushunchasini ta\'rifini bergan olimni aniqlang, 3.Ms Power Pointda giperssilkalar o’rnatish, IV. nazariy materiallar 18 – mavzu giperbog‘lanishlar-fayllar.org, Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, Amaliy matematika, korxonalarda-strategik-boshqaruv-tizimi (1), Web sayt 1-amaliy ishi, Web-dasturlash-mavzulari, #fizika,2maruza
    Bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi. Aholining “Elektron hukumat” doirasida interaktiv xizmatlardan foydalanish bo’yicha ko’nikma va malakasini shakllantirish maqsadida uslubiy qo’llanma yaratish. Ishning dolzarbligi shundan iboratki, aholining huquqiy ongini oshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini o’rgatish, davlatga nisbatan ishonchni ortirish, eng asosiysi fuqarolar vaqtini va mablag’ini tejash hisoblanadi.
    Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi.

    • Mamlakat aholisiga, ichki va tashqi tijorat sohasiga hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni optimallashtirishning yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan usullarni o‘rganish;

    • davlat boshqaruv tizimida interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi va ta’lim tizimida “Elektron hukumat” fani bo‘yicha pedagogik faoliyat olib boruvchi yuqori saviyadagi malakali kadrlarni tayyorlashga yordamlashish;

    • Bitiruv malakaviy ishimning vazifasi.

    Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish bo’yicha uslubiy qo’llanma yaratish va uni amaliyotga joriy qilish.
    Bitiruv malakaviy ishimning tadqiqot ob’ekti. Davlar portallari.
    Bitiruv malakaviy ishimning tadqiqot predmeti. Internet saytlari, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonunlar va Prezident qarorlari va farmonlarini mohiyati.
    Bitiruv malakaviy ishimning amaliy axamiyati. Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni,uning amaliy tadbiqini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilish, aholining turmush tarzi va bilim darajasini oshirish, xalqning davlat boshqaruvidagi ishtiroki izchilligini oshirish, davlat boshqaruv organlari xizmatchilarining rahbarlik faoliyatidagi mas’uliyatini oshirish, mukammal qarorlar qabul qilinishiga erishish.

    I-BOB.DAVLAT BOSHQARUVIDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI.

    1.1.Elektron hukumat tushunchasi.



    “Elektron hukumat” bu -davlat organlari faoliyatini yangi shaklda tashkil etish hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tezkorlik sifat darajasini oshirish va tashkilot va fuqarolarning davlat xizmatlari va davlat organlari faoliyati natijalari haqidagi ma’lumotni olish uchun qulay sharoit yaratishni ta’minlashdan iborat.
    Hukumat elektron vositalar yordamida aholiga, tijorat tashkilotlariga, hukumat tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishda samarali xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    “Elektron hukumat”ning turlicha ta’riflari mavjud bo‘lib, uning asl mazmun va mohiyatini bilish maqsadida bu ta’riflardan bir nechtasini keltiramiz:

    • Davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari;

    • Davlat tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish;

    • Davlat boshqaruvida axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni hamda hokimiyatning barcha darajalarida davlat organlarining fuqarolarga xizmat ko‘rsatishini elektron vositalar asosida tashkil etish;

    • Davlat hokimiyati organlari va jamiyat o‘rtasida axborotlashtirish-dagi o‘zaro munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish;

    Quyidagi asosiy xizmat va vazifalarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan davlat xizmati:

    • fuqarolarni kerakli davlat axborotidan erkin foydalanishini ta’minlash;

    • soliqlar yig‘ish, patentlar va transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

    • davlat apparati uchun zarur material va jihozlarni xarid qilishni rasmiylashtirish hamda bitimlar tuzish.

    “Elektron hukumat” tizimi, mutaxassislarining fikricha, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi iqtisodiyotning rivojlanishini tezlashtirish imkonini beradi, ma’muriy buyruqbozlik asosida kelib chiqadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi, davlat tashkilotlarining ish unumi va samarasini oshiradi, aholining turli axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisobiga fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytiradi, davlat xizmatlarining faoliyatidagi shaffoflikni yaratadi va byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi.
    Shunday qilib “Elektron hukumat” tizimi quyidagi asosiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

    • aholi va biznesga davlat xizmatlari ko‘rsatishni maqbullashtirish;

    • davlat boshqaruvida aholining ishtirok etish darajasini oshirish;

    • fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash;

    • geografik joylashgan yerdagi omillarning ta’sirini kamaytirish.

    “Elektron hukumat” tizimini yaratish arzon va samarali ma’muriy boshqaruvga olib kelishi bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi, buning natijasida hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyati oshadi.
    “Elektron hukumat” tizimining asosiy tamoyillaridan biri - har bir fuqaro hukumatga istalgan zamon va makonda murojaat etishi mumkin bo‘lishidir. Ya’ni, “Elektron hukumat” fuqarolarni davlat bilan o‘zaro munosabati va davlat xizmatini sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun geografik qayerda joylashishidan qat’i nazar, ta’minlashi lozim.
    Hozirgi vaqtda fuqarolarga axborot etkazish passiv va muntazam bo‘lmagan holda ommaviy axborot vositalari orqaligina amalga oshiriladi. Odamlar yangi qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa miyoriy hujjatlar bilan gazeta, televidenie hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishadilar. Lekin bu hujjatlar bilan ular haqiqatan ham zaruriyat tug‘ilganda tanisha olmaydilar. Masalan, biror davlat idorasiga murojaat etilganda axborot izlash muammosi bilan bog‘liq xizmatlarga duch kelinadi. Ma’lumotlarni har doim ham e’lonlar taxtasidan topib bo‘lmaydi, bunday hollarda fuqarolar kerakli ma’lumotlarni berish imkoniyatiga to‘liq ega bo‘lmagan xizmatchilarning maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar. Axborot chanqoqligini chala qondirgan fuqaro bundan so‘ng bir necha marta navbat kutib, qoniqarsiz xizmatga duch keladi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari to‘lovini to‘lashda ham fuqaro jamg‘arma bankida navbat kutishi mumkin. Axborotning to‘liq bo‘lmaganligi va xizmat ko‘rsatishda davlat xizmatchilarining sovuqqonligi tufayli fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan imtiyozlardan bexabar bo‘lgan holda ulardan foydalana olmasligi mumkin. Bu muammolarni hal qilish uchun barcha davlat muassasalari xizmatlarining tavsifi va ro‘yxatlari hamda normativ-huquqiy axborotlarni fuqarolarga etkazish imkoniyati mavjud bo‘lmog‘i zarur. Mamlakatda axborotlashgan jamiyat shakllantirish doirasida bunday axborotlar standartlashtirilgan bo‘lib, Internet saytlarida e’lon qilinishi lozim.Lekin “Elektron hukumat” Internet orqali axborot almashinish faoliyatini amalga oshirishni boshlamasdan, balki, davlat xizmatlarini shu tizim orqali bajarish imkoniyatini yaratishdan boshlanadi.
    “Elektron hukumat” tizimi fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo‘mitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi.
    “Elektron hukumat” tizimini yaratishdan asosiy maqsad sub’ektiv faktorlarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta’minlashdir. Bundan jamiyat hech bo‘lmaganda poraxo‘rlik va korrupsiyaning kamayishi ko‘rinishida foyda ko‘rishi mumkin.Xullas, “Elektron hukumat” tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim sifatida emas, balki, davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyilining jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko‘lamli elementi ko‘rinishida qaralmog‘i lozim.Albatta, sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati, barcha darajadagi hokimiyatlarning fuqarolar oldidagi mas’ulligi nazoratini amalga oshirish tizimlari, ularning birlashmalari va tadbirkorlik faoliyatini qamrab olishi lozim. Qisqacha qilib aytganda, bu jarayonni jamiyat hayoti asosini aniqlovchi uch muhim sub’ektning o‘zaro munosabatlari ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin Bular: davlat, mamlakat fuqarolari va biznes sub’ektlar. Bunda mamlakat fuqarolari birgalikda fuqarolik jamiyatini tashkil etsa, biznes sub’ektlari esa mamlakatning iqtisodiyotini aniqlaydi, davlat esa o‘zaro munosabatlarni birlashtiruvchi yoki integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Bu munosabatlar quyidagi uchta tizim, boshqacha aytganda, “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy modullarida namoyon bo‘ladi (1.1.1- chizma):

    1.1.1-chizma. “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy modullari



    • davlat boshqaruv organlarining o‘zaro aloqalariga yo‘naltirilgan modul G2G (jahonda qabul qilingan davlat uchun - government to government jumlasining qisqartmasi asosida qabul qilingan belgi);

    • hukumat muassasalari, davlat boshqaruvi organlari bilan biznes sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga yo‘naltirilgan modul G2B (davlat biznes uchun - government to business);

    • hukumat muassasalari, davlat boshqaruv organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga yo‘naltirilgan modul G2C (davlat fuqarolar uchun - government to citizens).

    “Elektron hukumat” tizimining G2G moduli
    “Elektron hukumat” tizimi, xususan, uning G2G moduli deganda, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlarining boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish, mazkur organlarni aholi va biznes sub’ektlari bilan o‘zaro munosabat funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratish tushuniladi. Agar idoralarda ushbu jarayonlar avtomatlashtirilmagan bo‘lsa yoki elektron hujjat aylanishi mavjud bo‘lmasa, davlatning ichki transaksiyalari amalga oshirilgan va qog‘ozsiz ish yuritish rejimi joriy etilgan deb bo‘lmaydi. Bu borada faqat alohida joriy qilingan amaliyotlar, masalan, elektron pochta orqali ma’lumot jo‘natib, qog‘ozga chop etib, mansabdor shaxsga qo‘l qo‘ydirish jarayoni elektron hukumat tizimidan yiroqdir.
    Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot resurslarini shakllantirishdan tashqari “Elektron hukumat” miyoriy-huquqiy baza qabul qilishni ham talab etadi. Ya’ni, hujjat elektron ko‘rinishining qog‘ozdagi ko‘rinishi bilan huquqiy jihatdan teng kuchga ega ekanligi va u bilan asosiy bosh hujjat ko‘rinishida ish yuritish mumkinligiga asos bo‘la oladigan miyoriy-huquqiy hujjatlar zarur bo‘ladi. Bularga “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlarni misol qilish mumkin.
    G2G moduli butun “elektron hukumat” tizimining asosini tashkil etib, bu modulsiz axborot kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvida joriy etib bo‘lmaydi. Davlat boshqaruvi organlarining korporativ tarmog‘i bu modulning moddiy-texnik va axborot-kommunikatsion asosi sifatida xizmat qiladi. Davlat boshqaruvi organlarining korporativ tarmog‘i o‘z ichida davlat muassasalari o‘rtasida axborot almashinish, davlatning fuqarolar, biznes sub’ektlar, shuningdek, Internet global resurslari orqali boshqa tashqi foydalanuvchilar bilan aloqalarini ta’minlaydi.
    Munosabat va aloqalarning ushbu modul yordamida hal etiladigan asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • davlat boshqaruv organlari va davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va ma’lumot bazalarini yagona tizimga integratsiyalash;

    • barcha davlat tuzilmalarini elektron hujjat aylanishiga o‘tkazish va uni optimallashtirish;

    • davlat qarorlari ishlab chiqishni, uzatish va ijrosini nazorat qilishni optimallashtirish;

    • hukumat resurslaridan foydalanish tezligini oshirish maqsadida yagona davlat portalini yaratish;

    • davlat xizmatchilari o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytirish va ularning malakasini oshirish.

    Bundan tashqari, davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog‘idagi Intranet tizimi o‘z xususiyatlari bilan Internet tizimidan farq qilmagan holda, jamiyatni axborotlashtirishdagi asosiy dasturiy vositalardan hisoblanadi. Bu tizimdan foydalanishni o‘rganish uchun davlat xizmatchisi qo‘shimcha bilim olishi, malakasini oshirishi zarur.
    Davlat biznes uchun - G2B moduli
    G2B moduli, birinchi navbatda, iqti­so­diyot sohasidagi dav­lat boshqaruvining amal­dagi tizimini dav­lat va biznes tuzilma­larining umumiy ishi yo‘li­da – biznes sub’ekt­laridan har birining, binobarin, mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdan iborat.
    Munosabatlarning ushbu modulida quyidagilar asosiy sub’ekt hisoblanadi: byudjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat tuzilmalarining o‘zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va boshqalar.
    G2B moduli quyidagilarni ta’minlashi lozim:

    • biznes tuzilmalari oldida turgan qog‘ozbozlik va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish;

    • davlat boshqaruvining ortiqcha bo‘g‘inlarini qisqartirish, tartibga solish va hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan biznes jarayonlari va tranzaksiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish;

    • qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga yo‘naltirib, erkin boshqarish.

    Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes sub’ektlariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatilish nazarda tutiladi:

    • kompaniyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

    • vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish);

    • litsenziyalar olish va ular muddatini uzaytirish;

    • yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘liq axborot olish;

    • byudjetga (daromad, foyda, qo‘shilgan qiymat, yo‘l, er soliqlari va boshqalar) va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to‘lovlarni amalga oshirish;

    • buxgalteriya, moliya, soliq va statistika hisobotlarini rasmiylashtirish va boshqalar.

    G2B xizmatlari turli ijtimoiy guruh vakillariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog‘liq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarish.
    Davlat fuqarolar uchun - G2C moduli
    Bugungi kunda davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimi ko‘plab mamlakatlar aholisi kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda. Davlat tomonidan xizmat ko‘rsatishda bu xizmat qaysi muassasa tomonidan va qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, eng asosiysi fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lishlariga barham berishadi. Bu xizmatlar quyidagilardan iborat:

    • soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy to‘lovlar: daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va h.k.larni amalga oshirish;

    • ijtimoiy ta’minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish;

    • shaxsiy hujjatlar – pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;

    • fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, manzil o‘zgarganligi to‘g‘risida bildirishnoma berish;

    • shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik maslahat berish xizmatlari;

    • ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan o‘tkazish bo‘yicha mehnat birjalari xizmatlari;

    • sog‘liqni saqlash tizimi xizmatlari (interaktiv maslahatlar, qabulga yozish va boshqalar);

    • oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari, masofadan turib o‘qitish usuli bilan davlat ta’lim muassasalarida malaka oshirish va boshqalar;

    • daromadlar, dividendlar to‘g‘risida axborot va maslahatlar olish;

    • kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni online tizimida rasmiylashtirish;

    • turli badallar, kommunal xizmatlar haqini to‘lash va boshqa xizmatlar.

    Shuningdek, tarmoq resurslari orqali ko‘rsatilayotgan ko‘plab davlat xizmatlarining o‘ziga xos moliyaviy asosini tashkil etuvchi elektron pullar aholiga ko‘rsatilayotgan zamonaviy online xizmatlaridan biridir.
    Xullas, axborot kommunikatsiyasi tizimlarining davlat boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu formulyar, guvohnoma, ma’lumotnoma va hokazolar uchun kishilarning shaxsan davlat muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, istiqbolda esa bundan butunlay xalos qiladi. Ko‘plab mamlakatlar tajribasini joriy etishning dastlabki bosqichidayoq kutilgan maqsad – so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini kamaytirish hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirishga erishiladi.
    “Elektron hukumat”ning ikki tomoni mavjud: birinchisi – hukumat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar; ikkinchisi – ichki turli darajadagi davlat tashkilotlari (markaziy, hududiy, mahalliy) bilan turli sohalar (ijrochilik, qonunchilik, sud huquqi) o‘rtasidagi munosabatlar.
    “Elektron hukumat” shakllangan davlat xizmatlari turlari haqidagi ma’lumot va xizmatlarni aholiga, tijorat va davlat organlari shaxobchalariga, tashkilot rahbarlariga etkazadi, axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanib, buyurtmachi va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masofasini mumkin qadar qisqartiradi.
    “Elektron hukumat” davlat boshqaruvida elektron hujjat aylanishi tizimi hisoblanib, mamlakat miqyosida barcha boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishga asoslangan va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida har bir jamiyat a’zosi uchun ijtimoiy kommunikatsiya kechikishlarini qisqartirishga qaratilgan. Elektron hukumatning yaratilishi jamiyat boshqaruvining umumdavlat tarmoqlangan hujjatlarni boshqarish va qayta ishlash jarayonlariga bog‘liq bir qator masalalarni echishga qaratilgan tizimni shakllantirishni taqozo etadi. Elektron hukumat amaldagi hukumatga qo‘shimcha bo‘lmay, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishdan iborat ( 1.1.2-chizma).



    1.1.2-chizma. Elektron hukumatning ahamiyati.


    Shunday qilib, “elektron hukumat” yaratishdan ko‘zlangan maqsad:



    • aholi va tijoratga hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni optimallashtirish;

    • barcha saylovchilarning davlatni boshqarish va rahbarlik jarayonlaridagi ishtiroki darajasini oshirish;

    • fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishlari imkoniyatlari darajasini oshirish va quvvatlash;

    • fuqarolarning saviyasi va texnologik ta’minlanganlik darajasini oshirish;

    • o‘zaroaxborot almashinuv jarayonlarida geografik jihatdan joylashish faktorlariga bog‘liq ta’sirlar darajasini kamaytirish;

    • davlat boshqaruvida sarf-xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, raqobatbardoshlikni ta’minlash .




    Download 12,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 12,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi

    Download 12,33 Mb.