Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanishni huquqiy tartiblash




Download 12,33 Mb.
bet4/17
Sana05.12.2023
Hajmi12,33 Mb.
#111470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti
yonilg\'i moylash, Integratsiya tushunchasini ta\'rifini bergan olimni aniqlang, 3.Ms Power Pointda giperssilkalar o’rnatish, IV. nazariy materiallar 18 – mavzu giperbog‘lanishlar-fayllar.org, Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, Amaliy matematika, korxonalarda-strategik-boshqaruv-tizimi (1), Web sayt 1-amaliy ishi, Web-dasturlash-mavzulari, #fizika,2maruza

1.3.Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanishni huquqiy tartiblash


Davlat boshqaruv organlari axborot resurslaridan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxsning identifikatsiyalash zarurligi tufayli, fuqaroning hukumat axborot resurslaridan foydalanishini texnologik tartiblash zarur. Odatda fuqaroning hukumat interaktiv xizmati axborot resursidan foydalanishi ikki ko‘rinishda amalga oshadi. Hukumat axborot resurslaridan foydalanuvchi shaxslarni identifikatsiyalash qonunchilik bilan tartiblanadi, hamda fuqaroga ma’lumot olish huquqini beradi yoki cheklaydi.


Birinchi ko‘rinishdagi axborot resurslariga ruxsat, ma’lumot olishga ruxsat berilgan shaxsni avvaldan identifikatsiyalash bilan harakterlanadi. Bu turdagi ixtiyoriy ma’lumotga ruxsatlar cheklangan doiradagi ruxsat hisoblanadi, masalan, davlat sirlariga bog‘liq yoki shaxsiy ma’lumotlar. Identifikatsiya ma’lum bir shaxsning quyidagi ma’lumotlarni olishlari uchun zarur:

  • bevosita ushbu shaxsga aloqador bo‘lgan ma’lumotlar, ya’ni tashkilot yoki xodimlarning o‘zlarining ma’lumotlarini olishga ruxsati bo‘lgan, ularning huquq va majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy ma’lumotlarga ruxsati bo‘lganda;

  • ma’lum bir shaxsning o‘z lavozimiga bog‘liq majburiyatlarini bajarish uchun zarur ma’lumotlar, bu o‘z ichiga shaxsning davlat sirlariga bog‘liq ma’lumotlar bilan ishlashini, yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimi yoki tibbiiyot xodimlarining shaxsiy sirlaridan xabar topishni oladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday shaxs faqat identifikatsiya qilinganidan so‘ng ma’lumot olish huquqiga ega bo‘ladi. Masalan, shunday model yordamida fuqaro va tashkilot manzillari haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsatni tashkil etish mumkin. Ma’lumot har qanday shaxsga faqat identifikatsiya qilingandan so‘ngina taqdim etilishi mumkin.
Ushbu model asosida davlat organlari ma’lumotlarini taqdim etish, buyurtma berilishi orqali tashkil etiladi. Ma’lumotga bunday turda ruxsat berilishi tanqidga haqqoniy sazovor, chunki ma’lumot olgan, identifikatsiyalangan shaxsga ma’lumotni tarqatmasligi haqida mas’uliyat yuklab bo‘lmaydi, shuningdek bunday ma’lumotni nazorat qilish samara bermaydi. O‘zini identifikatsiya qilish ma’muriyatchi uchun qulay to‘siq bo‘lib, ma’lum darajada korrupsion salohiyatga ega bo‘lishiga imkon yaratadi.Ma’lumotga avvaldan identifikatsiyadan o‘tish orqali ruxsatga ega bo‘lgan shaxs ma’lumotga bo‘lgan ruxsatnomasini, shaxs haqidagi ma’lumotlarini, olgan ma’lumotlarini, olingan ma’lumot tarkibi va ma’lumot taqdim etilgan vaqt haqidagi ma’lumotlarni saqlashi talab etiladi.
Ma’lumotga ruxsat berilishning ikkinchi ko‘rinishi ruxsatga ega bo‘lgan shaxsdan identifikatsiyalash talab etilmagan hol. Bu turdagi ma’lumotlarga ruxsat berilishi, har qanday shaxsning identifikatsiyasiz ma’lumot olish huquqiga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bunday hollarda davlat axborotlarini taqdim etish davlat majburiyati hisoblanadi.Elektron hukumat interaktiv xizmatidan foydalanishni huquqiy tartiblashning tashkiliy chora tadbirlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- interaktiv xizmat elektron xujjat ma’lumotlarini muhofaza qilishni ta’minlashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qilish;
- elektron xujjat ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar bo‘lgan, ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi foydalanuvchilari va administratorining mansabdor shaxslarini belgilash;
- elektron hukumat interaktiv xizmatlarida ob’ektlararo hujjat aylanishi bosh administratori serveridagi ma’lumotlar bazasining rezerv nusxasini ko‘chirish, tiklash va arxivga kiritish tartibini, shuningdek virusga qarshi bazalarni yangilash tartibini belgilash;
- elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron xujjat aylanish tizimining dasturiy-texnik vositalarini ta’mirlash–tiklash ishlarini o‘tkazish uchun kirish tartibini belgilash va boshqalar.
Elektron hukumatda axborot aylanishining keng tarqalgan uch modeli mavjud.
Hukumat – fuqarolar (government – citizen, G2C). Asosiy maqsad – fuqarolarga davlat tuzilmalari xizmatlari va axborot resurslariga tez, oson va qulay ruxsat berilishini ta’minlash. Web – portallar asosiy kommunikatsiya vositalari hisoblanadi.
Hukumat – tijorat (government – business, G2B). Asosiy vazifa – axborot resurslariga tashkilotlarning tez, qulay murojaatlarini taqdim etish, davlat tashkilotlari va korxonalar o‘rtasidagi ishonchli axborot kommunikatsiya mexanizmini ta’minlashdan iborat. Asosiy kommunikatsiya vositasi sifatida Web – servisdan foydalanish tavsiya etiladi. G2B modelining asosiy xususiyati ma’lumotlar oqimini ikki tomonlama harakatga egaligi.
Hukumat – hukumat (government – government, G2G). Bu model yuqoridagi ikki modellarning samarali echimini ta’minlash maqsadida mahalliy va hududiy davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirishdan iborat. Natijada ma’muriy sarf xarajatlar qisqarib, qarorlar qabul qilinishi tezlashadi.
Interaktiv xizmat tizimini joriy etish jarayonida hukumat tuzilmasining axborot markaziga yagona oyna orqali kirishning soddalashgan interfeysi, elektron raqamli imzo yordamida umumiy avtorlashtirish tizimi, alohida tashkilotning integrallashgan axborot tizimi yaratilgan.
Uzatilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va konfidensialigini ta’minlash maqsadida 128 –razryadli ma’lumotlarni shifrlar tizimi joriy etilgan; Elektron hujjatlarni huquqiy kuchga egaligini tasdiqlovchi elektron raqamli imzo tizimi qo‘llanilgan; elektron sertifikatsiyalash tizimi kiritilgan.
Fuqorolarni avtorlashtirish va hujjatlarni autentikligini nazorat qilish Net va Microsoft SQL Server texnologiyasiga asoslanadi. Odatda elektron hukumat interaktiv xizmatlari portali Net.Framework, ASP.NET va Visual C# texnologiyasini qo‘llaydi.
Foydalanuvchilar talablariga ko‘ra tizim quyidagi mezonlarga javob berishi lozim foydalanuvchi bilan yuqori darajada do‘stona munosabatda bo‘lishi, ochiq arxitekturaga ega bo‘lishi, asosiysi elektron xavfsizlik ta’minoti sohasida eng yangi yutuqlarga tayanishi. Elektron hukumat tizimini joriy etishda turli tarmoqli infratuzilmani integratsiyalash, turli tashkilotlar tomonidan yaratilgan saytlar va axborot tizimlari kabi muammolarga duch kelinadi.
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • elektron hukumat interaktiv xizmatidan foydalanishning texnologik imkoniyatini tizim foydalanuvchilarining dinamik o‘zgaruvchan soni bilan ta’minlash;

  • elektron hukumat interaktiv xizmat tizimi foydalanuvchilari tomonidan axborotga oid o‘zaro hamkorlikning moslashuvchi texnologiyalari, formatlari, protokollarini yagona bir xil imkoniyatli dasturiy-texnik vositalardan foydalanishga moslash;

  • elektron hukumat interaktiv xizmatlari tizimi foydalanuvchilari tomonidan dasturiy ta’minot va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalardan me’yoriy-huquqiy qoidalarga rioya etish;

  • elektron hukumat interaktiv xizmatlarida uzatilayotgan, qabul qilingan va qayta ishlangan elektron xujjat ma’lumotlarining to‘liqligi va yaxlitligini ta’minlash;

  • elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimida moddiy-moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytirish;

  • elektron hukumat intraktiv xizmatlari elektron xujjat aylanishida ma’lumotlar xavfsizligini va konfidensialligini ta’minlash.

Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimining texnik-texnologik infratuzilmasi quyidagilardan iborat: elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi bosh serveri, uning administratori bo‘lib, ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi menenjeri hisoblanadi; ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilarining boshqaruv serverlari; himoyalangan aloqa kanallari.O‘z navbatida, bosh serverning texnik vositalari o‘z ichiga elektron pochta serveri, tasdiqlovchi markazning dasturiy-apparat vositalari, axborotni muhofaza qilish vositalari va elektron o‘zaro ishlash dasturiy-texnik ta’minotining boshqa vositalarini oladi. Bosh administratorning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: qayta ishlanadigan, saqlanadigan va uzatiladigan elektron xujjatni ruxsatsiz foydalana olishdan va ma’lumot administrator serverida bo‘lganida hamda himoyalangan aloqa kanallari bo‘yicha ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilarining serverlarigacha uzatishda axborot xavfsizligini ta’minlash; hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilari o‘rtasida elektron xabarlar almashinuvi.
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishini amalga oshirishda axborot xavfsizligi texnik va dasturiy vositalar, hamda bir qator tashkiliy tadbirlar kompleksi bilan ta’minlanadi. Xususan, texnik tadbirlarga quyidagilar kiradi: funksional imkoniyatlarining to‘liq hajmida axborotni muhofaza qilish vositalarini tashkil etish va ulardan foydalanish; qayta ishlanadigan elektron xujjat ma’lumotlarining yaxlitligini ta’minlash; elektron xujjat ma’lumotini virusga qarshi himoyalashni ta’minlash.
Elektron hukumat interaktiv xizmatida ob’ektlararo elektron hujjat aylanishini amalga oshirishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalani hal qilish uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
- telekommunikatsiyalar infratuzilmasini ta’minlashga va ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi uchun tarmoqni qurishga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- elektron hukumat ob’ektlararo axborot almashinuv tizimining dasturiy-apparat vositalarini va axborot resurslarini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
- ob’ektlararo axborot almashinuvida elektron raqamli imzodan foydalanish sohalarini belgilash (himoyalangan mualliflashtirish, haqiqiyligini tasdiqlash va hokazo);
- elektron hujjatlarni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda va ob’ektlararo axborot tizimining ma’lumotlar bazasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qo‘llagan holda saqlashda elektron hujjatlarni butunligini himoyalash va ta’minlash bo‘yicha talablar ishlab chiqish;
- elektron hukumat interaktiv xizmatida ob’ektlararo elektron xujjatlar almashinishida himoyalangan ulanishi talablarini bajarish.
Dasturning axborot xavfsizligini ta’minlashda, jumladan, axborotni ruxsatsiz o‘chirib tashlash, o‘zgartirish, buzish, ko‘chirib olish, to‘sib qo‘yish va axborot resurslariga noqonuniy aralashuvga doir boshqa xatti-harakatlarning oldini olish, qonunchilikka muvofiq ravishda hujjatlashtirilgan va elektron shakldagi davlat sirini, axborotning mahfiyligini saqlash, O‘zbekiston Respublikasining axborot va kompyuter texnologiyalari sohasidagi axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini tashkil qilish va axborot xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlarni shakllantirish, ma’lumot uzatish tarmoqlariga himoya vositalarini joriy etish samaradorligini baholash, loyihalarni axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga javob berish nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazish uchun doimiy ishlaydigan (idoralararo) ekspert guruhini tuzish va axborotni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, mamlakatda axborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish kabi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Amerika Kengashi IT – derektivasi US CIO Council (www.cio.gov) elektron hukumat tizimini joriy etish tajribasi asosida davlat tashkilot va korxonalarini axborotlashtirish rivojlantirishni to‘rtta bosqichini aniqladi:

  • boshlang‘ich bosqich – tashkilotning Internetga chiqishi, axborot Web resursini yaratishi;

  • boshlang‘ich o‘zaro bog‘lanish davri – axborot xizmatlari foydalanuvchilarini o‘zaro bog‘lanishi imkoniyatini yaratish (Web – shakl, elektron pochta);

  • tranzaksiya davri – axborot xizmatini ko‘rsatuvchi va foydalanuvchi o‘rtasida murakkab, ko‘p qadamli axborot almashinuvini shakllantirish;

  • elektron hukumat tizimini yaratish – uzoq muddatli dastur asosida turli axborot resurslarini jamlash va integratsiyalash;

  • axborot resurslariga murojaat etishning yagona oynasini yaratish;

  • taqdim etilayotgan xizmatlar uzluksizligini ta’minlash.




1.3.1-chizma.cio.gov web sayti.


Hukumat portali yagona axborot muhitida turli davlat korxonalarini ishlash imkonini berib, mijozga yagona avtorlashtirish tizimi va axborot resurslariga murojaat etish yagona oynasiga ega. G2C modelini takomillashtirgan holda hukumat portali axborot servislari va korporativ axborot tizimi integratsiyasini ta’minlaydi.


Web – server sifatida Microsoft Internet Server (IIS), Internet Security and Acceleration Server, faoliyat yurituvchi server sifatida esa – Microsoft SQL Server, BizTalk, Commerce Server va Application Server ishlatiladi.
Elektron hukumat yaratish loyihasida ma’lumotlar uzatish mexanizmi Web – servislar va XML ga asoslangan, bu o‘z navbatida tizimni kenglovchi va ochiq qiladi. Ma’lumotlar almashunuvi standarti sifatida ochiq standart bilan muvofiq bo‘lgan maxsus yaratilgan XML – sxemasi GovTolk ishlatiladi.
Elektron hukumat tizimini yaratish dasturining strategik maqsadi davlat boshqaruv organlarining samarali ishlashi uchun axborot muhitini yaratish, onlayn rejimda ishlovchi fuqaro va tijorat tuzilmalari uchun samarali va qulay axborot servislaridan foydalanishdan iborat.
Fuqaro va tashkilotlarga quyidagi axborot resurslari taqdim etila boshlandi:

  • yashash manzili o‘zgarganligi haqida hukumat tashkilotlariga xabar berish maqsadida onlayn rejimda fuqorolarni ro‘yxatga olish;

  • nmdfuqaro va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy to‘lanmalar haqidagi ma’lumotni olish uchun ijtimoiy ta’minot Institut axborot markaziga murojaat;

  • ro‘yxatga olingan tashkilot ma’lumotlar bazasiga murojaat.

Elektron hukumat yaratish konsepsiyasi yuzaga kelgunga qadar rivojlangan mamlakatlar tez va aniq axborot almashinuvi talab etiladigan alohida soha faoliyatlarida o‘xshash tizim elementlaridan foydalanganlar. Xususan, quyidagi masalalarni echishga qaratilgan bojxona axborot tizimini modernizatsiyalash dasturini keltirish mumkin:

  • yagona hududiy bojxona to‘lovlarini yig‘ish maydoni, jamlash va bojxona ma’lumotlarini tahlili;

  • davlat manfaatlarini ishonchli ximoyasini ta’minlash, mahsulotlar chiqishi va kirishini samarali nazorat qilish;

  • bojxona jarayonlarini yuritish sarf xarajatlarini kamaytirish va bojxona organlari xodimlari ish samaradorligin oshirish, barcha bajariladigan ishlar jadalligini oshirish;

  • xalqaro savdo sohasida davlatning etakchiligiga erishish.

Elektron bojxona tizimini joriy etishda SAP R/3 Enterprise echimidan foydalaniladi. Bunday usulni tanlashga asos sertifikatsiya o‘tkazish imkonini beruvchi berilgan dastur matnining ochiqligi. Shuningdek R/3 tizimining boshqa dasturiy mahsulotlar bilan oson integrallashuvi va keng doirali ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Yagona bojxona tizimini yaratish hududiy bojxona sohasida bojxona xizmati boshqaruvchi samaradorligini oshiradi, barcha bojxona xujjatlarini umumlashtiradi va avtomatik ravishda qayta ishlaydi, bojxona maxsulotlarini soddalashgan usulda kodlaydi, davlat va xususiy sektor axborot tizimini birlashtiradi.

Download 12,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 12,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanishni huquqiy tartiblash

Download 12,33 Mb.