Issiqlik usullari, ularning tasnifi va qo’llanish sharoitlari




Download 6,15 Mb.
bet50/96
Sana09.12.2023
Hajmi6,15 Mb.
#114566
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

6.3.Issiqlik usullari, ularning tasnifi va qo’llanish sharoitlari

Issiqlik-fizika usullari bunda asosan issiqlik yuqoridan qatlamga issiq suv yoki bug’ yordamida olib kelinadi


Neftni bug’ bilan siqib chiqarish - yuqori qovushqoqlikka ega bo`lgan (40-50 MPa*s dan ortiq) va oddiy suv haydash usullari bilan chiqarib bo`lmaydigan neftlarda qo`llaniladi. Bu usul birinchi marta o`tmishdagi Sovet Ittifoqida tavsiya etilgan va amalda sinab ko`rilgan bo`lib, unda qatlam hajmining 20-30 % miqdorida bug’ xaydalib, ketishidan suv yordamida qatlam bo`yicha surilishi ta`minlanadi. Bu usulning qo`llanishi oxirgi neft' beruvchanlikni 0,4-0,6 ga chiqarishga erishuviga olib keladi.
Usulning asosiy ta`sir kuchi shundaki, u neftning qovushqoqligini keskin kamaytiradi, shunda asosan neft' tarkibidagi parafin va asfal'tenlar erib neft' harakati osonlashadi. Bunday usul qatlam o`tkazuvchanlik xususiyati 0,5 mkm2 dan yuqori bo`lganda hamda aksariyat g’ovakli tog’ jinslarida (g’ovakligi 0,2) yaxshi natijalar beradi. Qatlamga yuboriladigan issiqlikning ko`p qismi quduq tanasida yo`qolib ketmasligi uchun bu usul qo`llanadigan qatlamning er ostidagi chuqurligi 1000 m dan oshmasligi maqsadga muvofiqdir, qatlamning qalinligi esa 10-40 m atrofida bo`lsa yaxshiroq, bundan kam bo`lgan hollarda issiqlikning yo`qolishi ko`payib, usulning natijasi susayadi. Yana shuni qayd etish lozimki, bu usulni qatlamning neftga shimilganlik koeffitsienti yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan qollarda qo`llash tavsiya etshgadi.
Undan tashqari gillik ko`p bo`lgan qollarda uning issiq bug’dan bo`kishi va g’ovaklik ham o`tkazuvchanlikni keskin kamaytirish mumkinligini inobatga olib, bunday usulni tanlashda qatlamning gilligi 10 % dan kam bo`lgan holatlar tavsiya etiladi. Agar qatlam bir xil jinslardan tashkil topgan bo`lsа juda maqsadga muvofiq bo`ladi va yaxshi natija olinadi. Boshqa hollarda natijaning ko`rsatkichi unchalik bo`lmasligi mumkin. quduqlarning orasi 200-300m bo`lganda bu usulning natijasi yaxshi bo`ladi.

Download 6,15 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Download 6,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqlik usullari, ularning tasnifi va qo’llanish sharoitlari

Download 6,15 Mb.