• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ma’ruza-6. Qatlamning neft beraolishligini oshirish usullari
  • Tayanch so`zlari
  • 6.1.Neft beraolishligini oshirishning yangi usullarni qo’llash.
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim




    Download 6,15 Mb.
    bet46/96
    Sana09.12.2023
    Hajmi6,15 Mb.
    #114566
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

    Nazorat savollari

    1. Neftgaz va neftgazkondensat konlarining asosiy geologik-fizik o'ziga xos tomonlari haqida gapirib bering.


    2. Qatlam bosimi pasayganda neftgazkondensat konining gaz do'ppisida bo'ladigan jarayonlar haqida gapirib bering.
    3. Qatlamga ta'sir qilish bilan neftgaz va neftgazkondensat konlarini ishlash tizimlari haqida gapirib bering.
    4. Nima uchun so'nish tarzida so'nggi gaz beraolishlik so'nggi kondensat beraolishlikdan yuqori ekanligini tushuntirib bering.
    5. Konning gazkondensat qismini ishlashning "saykling-jarayon" deb nomlanadigan texnologiyasi xaqida gapirib bering.


    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Бойко В.С. Разработка и эксплуатация нефтяных месторождений. -М.: Недра, 1990.


    2. Муравыев В.М. Эксплуатация нефтяных и газових скважин. -М.: Недра, 1973.
    3. Муравъев В.М. Спутник нефтяника. –М. Недра, 1977.
    4. Желтов Ю.П. Разработка нефтяньiх месторождений. -М.: Недра, 1986.

    .

    Ma’ruza-6. Qatlamning neft beraolishligini oshirish usullari




    Ma`ruza rejasi:


    6.1.Neft beraolishligini oshirishning yangi usullarni qo’llash.


    6.2. Neftni turli reagentlar bilan siqib chiqarish
    6.3.Issiqlik usullari, ularning tasnifi va qo’llanish sharoitlari


    Tayanch so`zlari
    Yangi usullar, fizik-kimyoviy usullar, issiqlik-fizika usullari, issiqlik kimyo usullari, poliakrilamid, sirt faol moddalar, micillyar eritmalar, ishqоrli eritmа, emul’siya, parafin, asfal'tenlar, "quruq" yonish, namlik sharoitida yonish, suyultirilgan gaz


    6.1.Neft beraolishligini oshirishning yangi usullarni qo’llash.

    Hozirgi kunda qatlamga suv haydashdan tubdan farq qiladigan va qatlamdan neft' olishni oshirishgа qaratilgan usullarni yangi usullar deyish odat bo’lgan. AQSH da bu usullarning hammasini uchlamchi usullar deb ataladi. Bu usullar suv haydash usuli etarlicha samara bermagan va qatlamda uning tuzilishi murakkabligi yoki undagi suyuqliklarning nomaqbul xossalari tufayli ko`plab neft' qolib ketayotgan hollarda qo`llanadi va bu usullarning qo`llanishi er bag’rida abadiy qolib ketishga mahkum bo`lgan neftning bir qismini olishga, shuning bilan qatlamning neft' beruvchanlik qobiliyatini bir pog’onaga ko`tarishga qaratilgandir.


    90-yillarda AQSHDa olinayotgan neftning 10 % ga yaqini ya`ni, taxminan 40 mln t.ga yaqin neft' olingan, ushbu usullar yordamida amalga oshirilganligi ma`lum. Bu ko`rsatkich anchagina yuqoriligi ahamiyatga molikdir.
    Qatlamdan olinadigan neftni oshirishga qaratilgan bu usullarni shartli ravishda quyidagicha turkumlarga bo`lish mumkin:
    1) fizik-kimyoviy usullar neftni siqib chiqarish qar xil kimyoviy reagentlar eritmalari (polimerlar, sirtaktiv moddalar, kislotalar, ishqorlar), mitsillyar eritmalar va sh.k.;
    2) issiqlik-fizika usullari - qatlamga har xil issiqlik beruvchi moddalar qaydash (issiq suv, bug’ va sh,k.);
    3) issiqlik kimyo usullari - qatlam ichida neftni yonishini ta`minlovchi usullar (jumladan oksidlar va ishqorlar ishtrokida);
    4) neft' bilan aralashishi mumkin bo`lgan eritmalar va yuqori bosim ostidagi uglevodorodlar bilan neftni siqib chiqarish usuli.
    Yuqorida keltirilgan usullar har xil o`ziga xos sharoitlarda qo`llanishi va o`sha sharoitlarga qarab natija berishi mumkin. Undan tashqari keltirilgan usullar aksariyat tajribaxonalarda qilingan tadqiqotlarga asoslangan bo`lib, bunda olingan natijalar tabiiy sharoitdagidan ancha yuqori bo`lishi mumkin. Undan tashqari ularning ma`lum sharoitlarda qo`llanish har xil ko`rinishlarda hali to`laligicha tadqiq etilmaganligi va ba`zi reagentlarning qimmatligi tufayli bular hamma tomondan puxta o`rganishni va hozircha ular tavsiya sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.
    Kimyoviy reagentlardan foydalangan holda suv haydash- bir guruh usullar mahsuldor qatlamga kimyoviy reagentlarning 0,02-0,2 % miqdorida haydaladi. Bunda g’ovaklik hajmining 10-30 % qadar haydalib, qolgan qismi suv bilan so’riladi. Bunda ma`lum hajmdagi eritmali suyuqlik qatlamning bir qismdan ikkinchi qismga so’rilib boradi, chunki uning orqasidan oddiy suv bilan siqib boriladi. Bu usullarni mavjud quduqlar majmuasi bilan amalga oshirish mumkin.
    SHunday eritmalar yordamida qatlamdagi, ancha quyuq bo`lgan neftlarga (50-60 MPa*s ) ta`sir o`tkazish mumkin. Bunday usulni qatlamni qazib chiqarishning dastlabki davrlarida qo`llansa oddiy suv haydash usuliga nisbatan neft' beruvchanlikni 3-10 % ga orttirish mumkin.



    Download 6,15 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




    Download 6,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

    Download 6,15 Mb.