|
Gaz do'ppili neft konlarini ishlatish
|
bet | 42/96 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #114566 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim5.2. Gaz do'ppili neft konlarini ishlatish
Neftgaz koni - bu tabiiy gaz do'ppili neft konlari. Ulardagi boshlang'ich qatlam bosimlari to'yinish bosimidan bir qancha pastroq bo'ladi. Buning oqibatida esa faqat gazning bir qismigina neftda erigan, qolgan qismi esa neftnnig ustida joylashgan bo'lib, birlamchi gaz do'ppisini hosil qiladi.
Neftgazkondensat konlari - neftgaz konlari, ularniig gaz qismida qatta miqdorda yog'li gaz - kondensat bo'ladi. U asosan Сз - С8 va undan og'irroq uglevodorodlarni aralashmasidan iborat bo'ladi. Agarda tabiiy gaz do'ppisidagi 1m gazda 200g dan kam kondensat bo'lsa, bunday kon neftgaz koniga tegishli hisoblanadi. Gaz do'ppisida standart sharoitlarda 1m3 gazda 200 g atrofida kondensat bo'lsa, kon o'rtacha miqdordagi kondensatli neftgazkondensat koni hisoblanadi. Gaz do'ppisining gazida kondensat miqdori 1 m3 gazda 600 g dan yuqori bo'lsa, kon yuqori kondensatli hisoblanadi.
Shartli ravishda qabul qilamiz, agarda tabiiy sharoitlarda uglevodorodlarning hajmini 80-90% gaz holatda, qolgani esa suyuq fazada, shuningdek neft ko'rinishida bo'lsa, unda bunday kon gaz yoki gazkondensat koni hisoblanadi. Suyuq fazaning miqdori yuqoridagidan ko'p bo'lsa, kon neftgaz yoki neftgazkondensat koniga mansub bo'ladi.
Neftgaz konining neft qismida neft bilan birga unda erigan gaz, shuningdek bog'liq suv bo'ladi. Bu konlarning gaz qismida gaz va bog'liq suv bor. Ba'zi neftgaz konlarining gaz qismida gaz va bog'liq suv bilan birga neftga to'yinganlik kichik bo'lgandagi neft bo'lishi mumkin degan taxminlar bor,
Qatlamga ta'sir bilan yoki u siz, ishlanayotgan neftgaz konlariga qo'yiladigan asosiy talab shundan iboratki, neft gaz do'ppisi tomonga siljimasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda neftgaz konini shunday ishlash kerak-ki, unda gazneft tutashmasi gaz do'ppisi tomonga siljimasin. Hisoblanadiki, gaz do'ppisiga ko'chgan neft, unda qoldiq, neftga to'yinganlikni hosil qiladi. Natijada quruq tog' jinsi g'ovagida neft «surkaladi» va bu esa gaz do'ppisida neftni qo'shimcha yuqotishlarga olib keladi.
Neftgaz konlarini tabiiy tarzlarda ishlashda gazneft tutashmasini gaz do'ppisi tomoniga ko'chishi qatlam bosimini bosh-lang'ich ko'rsatgichida ushlash yoki uni neft va gaz qismlarida salbiy tushishini oldini olish orqali amalga oshiriladi.
Bunday ishlash gaz do'ppisidan gaz qazib olmaslikni yoki agarda uyumning neft qismida qatlam bosimini ma'lum mikdorda tushishiga ruxsat etilsa, chegaralangan miqdorda olishni taxmin qiladi. Biroq neftgaz konlarini ishlashda gaz do'ppisidan umuman gaz olmaslik qiyin, chunki kon maydoni bo'ylab gaz do'ppisini katta yuzani egallashidan gaz konuslari hosil bo'ladi. Neft quduqlariga gazni kirib kelishini oldini olish uchun ma'lum bo'lgan maxsus tadbirlarni qo'llashdan tashqari, neftgaz konlaridagi gaz do'ppisidan gaz olish miqdorini asosan neft quduqlarini, ayniqsa gazneft tutashmasiga yaqin joylashganlarini debitlarini kamaytirish yo'li orqali chegaralanadi. Neft quduqlarini debitini kamaytirish bir tomondan, ulardan neft olish sur'atini etarli darajada yuqori ushlash iqtisodiy jihatdan zaruriyat, boshqa tomondan esa qo'shimcha quduqlarni qazishga olib kelishi konni ishlashni rentabelligini pasaytiradi.
|
| |