|
- rasm. Gumbazsimon neftgaz uyumi
|
bet | 41/96 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #114566 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim5.3- rasm. Gumbazsimon neftgaz uyumi:
1 - gaz; 2 - neft; 3 - suv;
Boshlang'ich fazaviy holatga va asosiy uglevodorod birikmalarining tarkibiga ko'ra er bag'ridagi uyumlar bir fazali va ko'p fazaliga ajratiladi. Bir fazali uyumlarga quyidagilar kiradi:
- turli darajada gazga to'yingan neftli kollektor-qatlamlarda joylashgan neft uyumlari;
- gazli yoki uglevodorod kondensatlik gazli kollektor qatlamlarda joylashgan gaz yoki gazkondensat uyumlari.
Ikki fazali uyumlarga erigan gazli neft va neftning yuqorisida erkin gazli kollektor qatlamlar kiradi. Bunday uyumlarning erkin gazi tarkibida uglevodorod kondensati bo'lishi mumkin.
Uyumning neftga to'yingan qismining hajmini butun uyum hajmiga nisbatan (Vн=Vн/(Vн+ Vг)) ikki fazali uyumlar quyidagilarga bo'linadi.
- gaz yoki gazkondensat do'ppili neft uyumlari (Vн>0,75);
- gazneft yoki gazkondensat uyumlari (0,50 - neftgaz yoki neftgaz kondensat uyumlari (0,25 < Vн< 0,50);
- neft xoshiyali gaz yoki gaz kondensat uyumlari (Vн<0,25);
Kon(uyum)lar tuzilishining murakkabligiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:
1) oddiy tuzilishli, bunday konlarda mahsuldor qatlamlarning qalinlik va kollektorlik xususiyatlari maydon va kesim bo'yicha o'zgarmas bo'lib, tektonik buzilmagan yoki kam buzilgan tuzilmalarda joylashadi;
2) murakkab tuzilishli, bunday konlar maxsuldor qatlamlarni maydon va kesim bo'yicha qalinlik va kollektorlik xususiyatlarini o'zgaruvchanligi yoki yagona uyumni alohida bloklarga bo'luvchi litologik aralashmalar yoki tektonik buzilishlar borligi bilan xususiyatlanadi.
3) juda murakkab tuzilishli, bunday konlar yagona uyumlarni alohida bloklarga bo'luvchi litologik aralashishlar va tektonik buzilishlar bo'lgashi, shuning bilan birga bu bloklar hududida mahsuldor qatlamlarning qalinlik va kollektorlik xususiyatlarini o'zgaruvchanligi bilan xususiyatlanadi.
Murakkab va juda murakkab tuzilishli turkumga neft gaz osti hududida ostki suvlar bilan tutashgan, kollektorlik xususiyatlari turli xil bo'lgan qatlamlarda ingichka xoshiyalarda joylashgan gazneft va neftgaz uyumlari ham kiradi.
Neftning olinadigan zahirasi va gazning balans zahirasi miqdoriga ko'ra neft va neftgaz konlari quyidagilarga bo'linadi:
- ajoyib, 300 mln. t. neft yoki 500 mlrd. m3 gaz bo'lgan;
- o'lkan, 30 dan 300 mln. t gacha neft yoki 30 dan 500 mlrd. m3 gacha gaz bo'lgan;
- o'rta, 10 dan 30 mln. t gacha neft yoki 10 dan 30 mlrd. m3 gacha gaz bo'lgan;
- mayda, 10 mln. t dan kam neft yoki 10 mlrd m3 dan kam gaz bo'lgan.
|
| |