Neftgaz konlarnni qatlamga ta'sir qilish bilan ishlash




Download 6,15 Mb.
bet43/96
Sana09.12.2023
Hajmi6,15 Mb.
#114566
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

5.3. Neftgaz konlarnni qatlamga ta'sir qilish bilan ishlash

Neftgaz va neftgazkondensat konlarini tabiiy tarzlarda ishlash, asosan quduqlar to'ri zichligini oshirmasdan qatlamlardan neft olish sur'atini Yuqori darajaga etkazish imkoniyati yo'qligi, neft quduqlarida gaz omilining yuqoriligi, qatlamning g'ovak muhitida kondensatni o'tirib qolishi bilan bog'liq bo'lgan bir qator qiyinchiliklarga olib keladi. Bu qiyinchiliklarni konni qatlamga ta'sir qilish bilan ishlashga o'tish orqali yuqotish mumkin.


Neftgaz va neftgazkondensat konlarni ishlashda quyidagi maxsus qatlamga ta'sir qilish bilan ishlash tizimlari qo'llaniladi:
1) to'sma suv bostirish bilan chegara ortiga suv bostirish mujassamlikda olib boriladigan ishlash tizimi;
2) to'sma bilan chegara ortiga suv bostirish birga olib boriladigan va zarurat bo'lganda konning neft qismi kontur orti suv bostirishli ishlash tizimi.
Neftgazkondensat konini ishlash jarayonida neft qismida to'sma suv bostirish chegara ichiga suv bostirish birga olib boriladigan va uning gazkondensat qismiga gaz xaydash yoki konning shu qismi kontur ichiga suv bostiriladigan tizimni xam qo'llasa bo'ladi.
Aytib o'tilgan birinchi tizimni o'lchamlari nisbatan uncha katta bo'lmagan neft qismiga, ya'ni neft hoshiyasiga ega bo'lgan neftgaz konlarini ishlashda ko'llaniladi. Bu xoshiyaga uning eni katta bo'lmaganligi uchun faqat bir - uch qator oluvchi quduqlarni qazish mumkin. 5.4.-rasmda ishlashning mazkur tizimidan foydalanilganda quduqlarning joylashtirish tarxi kesimda va yuqoridan ko'rsatilgan. To'sma suv bostirishning 5-suv haydovchi quduqlari konning gaz qismini neft qismidan ajratadi, Bunday quduqlarga suv haydalgandan keyin oluvchi quduqlarga gaz do'ppisidan gaz kirib kelishi kamayadi, bu esa gaz-neft tutashmasini qatlamning gazga to'yingan hududiga ko'chishiga to'sqinlik qiladi va qandaydir darajada konni gaz va neft qismlarini alohida ishlashga imkon beradi.
To'sma suv bostirishni qo'llanishi neftgaz konlarini qatlamga ta'sirsiz ishlashga nisbatan, neft quduqlarida gaz omilini taxminan 1,2 - 1,5 martagacha kamayishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan ikkinchi ishlash tizimi neft qismining o'lchamlari katga bo'lganligi uchun faqatgina to'sma suv bostirish bilan ishlash maqsadga muvofiq bo'lmagan ulkan neftgaz konlarini ishlashga muljallangan. 5.5.-rasmda neftgaz konini ikkinchi turdagi ishlash tizimi kursatilgan. 5.5-rasmda tasvirlangan konning neftga to'yingan qismi eni katta bo'lganligi uchun, bu erda quduqlar orasidagi masofa 500 - 600 m bo'lgan uch qatorli ishlash tizimini joylashtirishimiz mumkin. Bunda ham neftgaz konini ishlash tizimining birinchi turidagiga o'xshab, to'sma suv bostirishda sun'iy ravishda konning gazga to'yingan qismi uning neftga to'yingan qismidan ajratiladi. Bu esa ularni bir-biridan mustaqil holda, neftni gazga to'yingan qismga ko'chishidan va bu erda neftni yuqotilishidan qo'rqmasdan ishlashga olib keladi.
Ba'zi hollarda gaz do'ppisi gazining neft quduqlaridan chiqishini kamaytirish maqsadida bir emas ikki qator suv haydovchi quduqlar to'smasi burg'ilanadi. Bu esa neft quduqlaridagi gaz omilini bir qatorli to'sma suv bostirishga nisbatan yanada ko'proq pasayishiga olib keladi.




Download 6,15 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Download 6,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftgaz konlarnni qatlamga ta'sir qilish bilan ishlash

Download 6,15 Mb.