7.2.Neft va gaz uyumlari ishlatishni kon geologik nazorat qilish usullari.
Neft va gaz uyumlarini oqilona ishlatish, xar bir bosqichda loyixa darajasida qazib chiqarish fakatgina tizimli kon geologik nazorat qilish bilan ta`minlanadi. Neft va gaz uyumlarini ishlatishni nazorat qilish qazib chiqarish, xaydovchi ва boshqa quduqlarni tadkik qilish, SNCH ni siljishi, quduqlarni suv bosishi va boshqalarni kuzatish yuli bilan amalga oshiriladi. Olingan ma`lumotlar davriy ravishda kompleks qayta ishlanadi va mufassal taxlil kilinadi. Bu ishlatish qolatini nazorat qilish va kabul kilingan loyixadan chetga chikishni uz vaktida aniqlash imkonini beradi.
Neft quduqlarida o`tkaziladigan kon tadqiqotlarining vazifa ular ishining asosiy ko`rsatgichlarinи aniqlashdan iborat. Bunda xar bir texnologik tarzda debitlar, qatlam va quduq tubi bosimi, gaz omillari, maxsulotdagi suvning miqdori ulchanadi. Uyumni ishlatishning boshlangich bosqichida quduqlar, iш xarakterini tulik aniqlash va oqilona ishlatish tarzini urnatish uchun turli tarzlarda tadkik kilinadi. quduqlarni ishlatish jarayonida odatda ular kaysi tarzda ishlatilayotgan bulsa shu tarzda tadkik kilinadi va olingan ma`lumotlar bo`yicha uyumni ishlatish qolatini qisobga olib navbatdagi ishlatish davriga ish tarzi urnatiladi.
quduqlarda kon tadqiqotlari utqazish qazib chiqarish va xaydovchi quduqlarda o`tkazilishi lozim bo`lgan ishlarning minimumi qisoblanadi. Lekin ular bo`ektlar va uyumlarni ishlatishni tulik kon geologik nazorat qilishni ta`minlashga etarli bo`lmaydi.
Avvalo bu kompleks tadqiqot ishlari yagona quduqlar seriyasi bilan ishlatish maqsadida bitta ob`ektga birlashtirilgan qatlamlar guruxini ishlatishni nazorat qilishni ta`minlaydi. Bu usullar bilan aniklangan quduqning ish ko`rsatgichlari butun ob`ektga taalukli bo`ladi. Xar bir qatlam ishlatish jarayonida uzining kollektorlik xossalari, neftning sifati, Эnergetik resurslari va boshqa xususiyatlariga karab turlicha nomoyon bo`ladi. Ayrim qatlamlar maxsuldor, yaxshi neft beradi, boshqa qatlamlarning kollektorlik xossalari past-deyarli neft bermaydi. Bitta xaydovchi quduqlar tizimi bilan qatlamlarga suv xaydalganda biri suvni yaxshi kabul kiladi, boshqalari-yomon, qatlamlarning bir qismi esa umuman kabul kilmaydi. Bu uyumlarni bir tekis ishlatib bulmasligiga olib keladi.
Odatda, kollektorlik xossalari yaxshi maxsuldor qatlamlarning zaxiralari tez qazib chikariladi. Bu qatlamlarda qazib chiqarish quduqlari birinchi navbatda suvlanadi, shu vaktni uzida maxsuldorligi kichik bo`lgan boshqa qatlamlarda axamiyatli koldik neft zaxiralari mavjud bo`ladi.
Neft zaxiralarini notekis qazib chiqarish bitta katta kalinlikdagi, lekin xar turli qatlamlarda xam bo`ladi. Bunday qatlamlarda quduqka birinchi navbatda qatlamning kollektorlik xossalari yaxshi bo`lgан qismidan neft keladi. quduqka suv xaydalganda xam shu narsa kuzatiladi. Bu gaz uyumlarini ishlatishda xam kuzatiladi.
Murakkab tuzilishga ega bo`lgan konlarni ishlatishni kon geologik nazorat qilish uchun kiyingi vaktlarda yangi usullar ishlab chikildi va yangi zamonaviy priborlar yaratildi.
Tadqiqotlarning yangi turlari birinchi navbatda xar bir qatlam va qatlamchalarni ishlatishni aloxidа nazorat qilishni ta`minlashga yunaltirilgan. Bunga aloxida qatlamlarning qazib chiqarish quduqlaridagi debitlarini urnatish yoki xaydovchi quduqlarning kabul kiluvchanligini aniqlash, xamda ob`ektdagi xar bir qatlamning bosimini aniqlash yuli bilan erishiladi.
Murakkab tuzilishga ega bo`lgan uyumlar va ishlatish ob`ektlarining aloxida qatlamlarini ishlatishnи nazorat qilishning yangi usullariga radioaktiv izotop bilan tadqiqot, quduqlarining debitlari va kabul kiluvchanligini masofali chuqurlik debitomer va rasxodormerlari Bilan ulchash, kon-geofizikasi tadqiqotlarining aloxida turlari va boshqalar kiradi.
Radioaktiv izotoplar usuli xaydovchi quduqlarda suvni kabul kiladigan qatlamlarni ajratish imkonini beradi. Buning uchun quduqka NKK orkali radioaktiv izotopli suv xaydaladi. Faollashtirilgan suv bostirilgandan sung gamma-usul (GU) bilan ulchanadi va izotoplar xaydalganga kadar bajarilgan nazorat GU bilan solishtiriladi. Suv yutiladigan oraliklar karshisida qatlamning quduq tubi qismida izotoplarning absorbtsiyasi natijasida bir necha barobar Yuqori anomaliya GU diagrammalarida belgilanadi. Lekin radioaktiv izitoplar usuli kaysi qatlam kancha suv kabul qilishini aniqlash imkonini bermaydi.
quduqlarning debiti yoki aloxida qatlamlarning kabul kiluvchanligi asosan chuqurlik debitomerlari va rasxodomerlari bilan aniklanadi. Xozirgi vaktda chuqurlik debitomer-rasxodomerlari keng tarqalgan. Bu priborlar aloxida qatlamlarning xaydovchi quduqlarda kabul kiluvchanligi va aloxida qatlamlarning qazib chiqarish quduqlaridagi debitlarini aniqlash uchun muljallangan.
Avtomatik elektron boshqaruvli masofali RGD-1, RGD-2, RGT-1 priborlari nisbatan zamonaviy qisoblanadi.
qatlamni ishlatishni nazorat qilish uchun kon geofizikasi usullaridan foydalaniladi. Neytronli gamma-usuli (NGM) va neytron-neytronli-usuli (NNU) suvli va minerallashgan suv bilan suvlangan qatlamlarni ajratishda yaxshi natijalar beradi. Xozirgi vaktda favvora quduqlarida NKK orkali tadqiqotlar utqazishga imkon beradigan kichik ulchamli (sigimli) priborlar konstruktsiyalangan. Neytronlarning impul'sli generatori SNCH ni joriy qolatini aniqlash uchun yaxshi natijalar beradi.
Neft va gaz uyumlarini ishlatish qolatini taxlil qilish. qazib chiqarish, xaydovchi, p'ezometrik va nazorat quduqlarining tadqiqot natijalarini umumlashtirish va taxlil qilish neft va gaz uyumlarini ishlatish qolatini taxlil qilish va ularni samarali ishlatish bo`yicha choralar kabul qilish imkoniyatini beradi. Bu ishni quduqlarda tizimli tadqiqotlar utqazish va neft, gaz va suv debitlarini kayd qilish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Tadqiqotlar natijasida olingan barcha materiallarni tizimlash va taxlil qilish uchun, quyidagi xarita va grafiklarni tuzish tavsiya qilinadi: ishlatish xaritasi, joriy ishlatish xaritasi, izobar xaritasi, gaz omili xaritasi, suvlanganlik xaritasi, aloxida quduqlar bo`yicha ishlatish grafigi, uyumni ishlash grafigi.
Qatlamni ishlatish xaritasi reja - diagramma bo`lib, unga qatlamda burqilangan barcha quduqlar tushirilgan, xar bir quduq uchun esa ishlatishning asosiy ko`rsatgichlarini ifodalagan aylanma diagramma tuzilgan. Xar bir quduqdagi diagramma maydoni ishlatishning butun davri maboynida qatlamdan jami neft va suv qazib chiqarishga ma`lum masshtabda to`qri keladi. Neft va suvning ulushi aylana maydonida sektorlar bilan tasvirlanadi. Turli ranglar yoki shtrixlar bilan quduqlarni ishlatish usullari ko`rsatilishi xam mumkin: favvora, nasosli, kompressorli. Xaydovchi quduqlarda suv xaydash diagrammasi tuziladi. Reja-diagrammada mos shartli belgilarda ishlatishning boshqa ko`rsatgichlarinи xam ko`rsatish mumkin.
Joriy ishlatish xaritasi ishlatish xaritasidan shu bilan farklanadi, uning diagrammalarida xaritani tuzish sanasidagi quduqlar debiti tasvirlanadi (7.1.- rasm). Ishlatish xaritasi davriy ravishda kvartalda bir yoki bir yilda tuziladi.
Bu xaritalarda uyumning ishlatish qolati, qazib chiqarish quduqlarining maxsuldorligi va xaydovchi quduqlarning kabul kiluvchanligi, ekspluatatsion quduqlar fondining suvlanganlik darajasi va boshqalar yakkol kurinadi.
Izobar xaritasi quduqlarda qatlam bosimini ulchash ma`lumotlari bo`yicha tuziladi va qatlam bosimining tarqalish xarakterini nomoyon kiladigan muxim xujjat qisoblanadi. Ularni xar kvartalda tuzish tavsiya etiladi. Turli sanalarda tuzilgan xaritalarni solishtirish bu davr maboynida qatlamda bosimning anomal o`zgarishini aniqlash imkonini beradi.
Gaz omili xaritasi qazib chiqarish quduqlaridagi ulchov ma`lumotlari bo`yicha izogips chiziklarda tuziladi. Gaz omilining anomal ko`rsatkich zonalari uyumning qatlam bosimi to`yinganlik bosimidan pasaygan qismlariga to`qri keladi. Bunday zonalar mavjud bo`lganda ularni kengayishining oldini olish, keyinchalik ularni bartaraf qilish bo`yicha zarur choralar kuriladi. Bunga Yuqori gaz omili bilan neft olishni kiskartirish yoki quduqlarni ishlatishni tuxtatish va bu zonalarda bosimini boshqarish maqsadida qatlamga suv xaydashni ko`paytirish bilan erishiladi.
Uyumni suvlanganlik xaritasi neftdagi suv tarkibini taxlil qilish ma`lumotlari bo`yicha tuziladi. Xaritani tuzishda suvlanganlik izogips chiziklari bilan foizlarda amalga oshiriladi. Uyumning suvlanganlik xaritasida boshlangich va joriy tashki va ichki suvlilik konturlari tushirilishi lozim. Xarita kvartalda bir marta tuziladi. Ikki-uch davr oraligidagi xaritalarni kurib chikib, suvning nisbatan jadal xarakatlanayotgan yunalishini aniqlash va bu jarayonni boshqarish bo`yicha zarur tadbirlar kabul qilish mumkin.
Quduqlarni ishlatish grafigi to`qri burchakli koordinatalar sistemasida tuziladi. Ular neft yoki gaz qazib chiqarish, qatlam va quduq tubi bosimi, suvlanganlik, gaz omili va boshqa ko`rsatgichlarni vakт maboynida o`zgarishini uzida nomoyon kiladi. (7.1- rasm). Bitta chizmaga quduqni taxlili uchun zarur barcha ma`lumotlar egri chiziklar bilan tushiriladi. Bu maqsad uchun ordinata uki xar bir ko`rsatkich uchun uzining shkalasiga ega bo`ladi. Bitta chizmada tushirilgan egri chiziklarni birgalikda kurib chikishda bir ko`rsatkichni ikkinchisiga boqlik qolda o`zgarishini aniqlash mumkin.
7.1.Rasm. Joriy ishlatish xaritasi. quduqlar: 1-qazib chiqarish; 2-xaydovchi; 3-qatlam izogipslari; boshlangich neft- lilik konturlari: 4-tashki; 5- ichki; joriy neftlilik konturlari: 6-tashki; 7-ichki; 8-suvning ulushi; 9-neftning ulushi
7.2.-Rasm. Quduqni ishlatish grafigi. dsht - shtutserning diametri, mm; qv - suvning ulushi, %; pb - buferdagi bosim, MPa; qn - neftning urtacha debiti, t/kun.
Uyumlarni ishlatish grafigi uyumni ishlatishning boshidan yoki kaysi bir oralik vaktidagi ishini tavsiflovchi jami yoki urtacha kattaliklar bo`yicha tuziladi. (7.2. rasm). Abstsissa ukida yillar va oylarda vakt tushiriladi, ordinata uki bo`yicha esa - jami va joriy neft va suv qazib chiqarish, qatlam bosimi, suvlanganlik, gaz omillari va boshqalar.
Ishlatishni joriy taxlili bilan neft koni boshqarmasi shugullanadi. Taxlil ma`lumotlar asosida ishlatish jarayonini boshqarish bo`yicha tavsiyalar beriladi.
|