• Tekshirish uchun savollar
  • Aralashuvchi siqib chiqarish usullari




    Download 6,15 Mb.
    bet52/96
    Sana09.12.2023
    Hajmi6,15 Mb.
    #114566
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

    Aralashuvchi siqib chiqarish usullari - bularga neftni siqib chiqarish jarayonida CO2 suyultirilgan uglevodorod gazi (asosan, propan bilan), metanning C2-C6 komponentlari boyitilgan aralashmasi hamda quruq gaz bilan (asosan metan) aralashishi natijasida hosil bo`ladigai sharoitdan foydalanish ko`zda tutiladi.
    Yuqorida sanalgan har bir usul o`z sharoitlariga ega bo`lib, u qatlamdagi suyuqliklarning fazali holatiga bog’liq bo`lgan sharoitlarga bog’liq.
    Quruq gazning neft' bilan aralashish holati yuqori bosim ostida sodir bo`lishi mumkinligini inobatga olib, u usulni qatlam bosimi 20 MPa dan ortiq sharoitda qo`llash tavsiya etiladi. Boyitilgan gaz bilan aralashish 10-20 MPa sharoitda sodir bo`lishi mumkin, suyultirilgan gaz va karbonat angidridni qo`llash 8-14 MPa sharoitda bajarilishi mumkin. Demak, bu usullarni 1000-1200m va undan ortiq chuqurlikda joylashgan qatlamlarga tatbiq etaversa bo`ladi. Bu usullarni qo`llagan vaqtimizda qatlamdagi neftning qovushqoqligi anchagina kam bo`lganligi (5MPa*s gacha) va uning qalinligi ham kichikroq bo`lganda (10 -15m dan kam) maqsadga muvofiq bo`lib, yaxshi natija kutsa bo`ladi. Bu usullarni iloji boricha o`tkazuvchanlik past bo`lgan qatlamlarda qo`llash maqsadga muvofiqdir, chunki boshqa hamma sharoitlari o`xshash bo`lib, o`tkazuvchanligi o`rtacha bo’lgan qatlamlarda suv haydash usuli ham yaxshi natija beraveradi.
    Suyultirilgan gaz usulini qo`llagan vaqtimizda qatlam harorati 96-97°C dan ortmasligi lozim, chunki undan ortiq haroratda suyultirilgan gaz bug’lanib, ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Boshqa usullarni qo`llashda harorat tufayli chegara mavjud emas. Boyitilgan gaz bilan neftni yuqori bosim ostida siqib chiqaradigan bo`lsak, neftga to`yinganlik 60-70 % dan kam bo`lmasligi maqsadga muvofiq.

    Tekshirish uchun savollar





    1. Qatlamdan olinadigan neftni oshirishga qaratilgan yangi usullarni shartli ravishda qanday turkumlarga bo`lish mumkin?

    2. Neftni turli reagentlar bilan siqib chiqarish?

    3. Micillyar eritmalar bilan neftni siqib chiqarish?

    4. Nеftni ishqоrlаr yordаmidа siqib chiqаrish?

    5. Nеftni kаrbоnаt аngidrid vа kаrbоnlаshgаn suv bilаn хаydаsh?

    6. Issiqlik usullari, ularning tasnifi va qo’llanish sharoitlari?


    Download 6,15 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




    Download 6,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aralashuvchi siqib chiqarish usullari

    Download 6,15 Mb.