O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana20.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#62637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT BIOTEXNOLOGIYASI
BrokerSurvey2018, 2 5190420685331109228, TTBA FANIDAN MUSTAQIL TAlim (1), Muhandislik darslari, Matematika tugarak, X.Ch Bo\'riyev, tabiiy-gazni-dastlabki-tayyorlashda-jihozlarning-ishonchliligiga-erishish, masalalar, JavaScript, 401Mehriniso kursish, I bob innovatsion muhit samarali innovatsiyalarning eng muhim sh, 3-topshiriq, N.M.Hamdamova tex.talim.praktikum., Истиқлол Савинкова


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI 
OZIQ-OVQAT BIOTEXNOLOGIYASI 
fanidan 
O’QUV-USLUBIY MAJMUA 
Bilimsohasi: 300000 – Ishlab chiqarish-texnik soha 
Ta’limsohasi: 320000 – Ishlab chiqarish texnologiyalari fanlari 
Ta’limyo’nalishi: 5321000 - Oziq-ovqat texnologiyasi 
Guliston – 2019 


O’quv-uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
14.06.2018 yil 531- sonli buyrug’ining 10 – ilovasi bilan tasdiqlangan. Oziq-ovqat 
biotexnologiyasi fani namunaviy dasturi (№ BD – 5230100-3.05) talablari asosida 
tayyorlangan. 
Tuzuvchilar:
Karimqulov A. – “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari 
nomzodi 
Burieva M. - “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi 
Taqrizchilar: 
Davlatov R.– “Kimyo” kafedrasi dotsenti,texnika fanlari doktori 
Sattorov K. - “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi,texnika fanlari 
nomzodi 


MUNDARIJA 
Kirish...........................................................................................................................4 
Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi ).......................................................................5 
Laboratoriya ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar..................................81 
Glossariy...................................................................................................................98 
Informatsion-uslubiy ta’minot................................................................................100 


KIRISH 
Ushbuo’quv-o’slubiymajmuada oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlari ishlab chiqarishdagi eng 
asosiy texnologik jarayonlarni o’rganish orqali xalq xo’jaligining turli soxalari uchun o’ta zarur 
maxsulotlar ishlab chiqarishnin imkoniyatlarini yaratish, fanning rivojlanish tendentsiyasi va 
istiqbollari hamda Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o’rni kabi 
masalalarni o’rganishni ko’zda tutadi. 
Fanni o’qitilishidan maqsad – oziq-ovqat va oziqa maxsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari 
va xom ashyolari xaqida talabalarga aniq bilim berish hamda biotexnologik yondashishlar asosida 
iste’mol maxsulotlar olishni zamonaviy texnologiyasini, konstruktsiyalari, ishlash printsiplari 
hamda ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha umumiy texnologik jarayonlar jixozlari bo’yicha 
yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir. 
Fanning vazifasi talabalarni oziq-ovqat va oziqa maxsulotlari ishlab chiqarishdagi 
biotexnologik va mikrobiologik ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan jarayonlarni va ob’ektlar 
bilan tanishtirish, ulardan foydalanish usullarini o’rgatish hamda mavjud ishlab chiqarish 
jarayonlarini takomillashtirish ko’nikmalarini shakllantirish, fanning xozirgi zamonda tutgan o’rni 
va fan yutuqlari bilan talabalarni tanishtirishdan iborat. 
“Oziq-ovqat biotexnologiyasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kirib, 4-semestrda o’qitiladi. 
Mazkur fanni o’qitish davrida talabalar tanishuv amaliyoti natijalari bo’yicha o’z yo’nalishlari 
bo’yicha hamda ishlab chiqarish sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlari haqida tushunchaga 
ega bo’lishlari va laboratoriyada amaliy ishlash tajribasiga ega bo’lishlari kerak. 
O’quv-uslubiy majmua quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi) 
2. Laboratoriya ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar. 
3. Talaba mustaqil ishlari buyicha materiallar (mustaqil ish topshiriqlari) 
4. Glossariy. 
5. Informatsion-uslubiy ta’minot.
Mazkur o’quv-o’slubiy majmua “Oziq-ovqat biotexnologiyasi” kursidanVazirlikning 2017 yil 
1 mart 107-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o’quv rejalari fanlarining yangi o’quv 
majmualariini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma” asosida yaratilgan dastlabki o’quv-uslubiy 
majmualardan biri bo’lganligi sababli, unda ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va 
atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan 
hamkasblariga muallifLAR oldindan o’z minnatdorchiligini bildiradi. 
Manzilimiz: 120100. Guliston shahri, IV mavze, Universitet, 
«Oziq-ovqattexnologiyalari» kafedrasi 
1-MAVZU: OZIQ-OVQAT VA OZUQA MAHSULOTLARI BIOTEXNOLOGIYASI 
FANING AHAMIYATI VA VAZIFALARI 
Asosiy savollar 


1. Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasining rivojlanish tarixi va asosiy yo‘nalishlari 
2. Biotexnologiyaning imkoniyatlari
3. Biotexnologiyaning ob’ektlari
4. O‘zbekistonda oziq-ovqat va oziqa maxsulotlari fanining rivojlanishida hissa qo‘shgan olimlar 
1-savol bayoni. Fanning har-hil tarmoqlari rivojlanib borishi bilan, inson salomatligi bilan u 
oziqlanayotgan mahsulotlar orasida uzviy bog‘liqlik borligi tabora yorqinroq o‘z aksini topib 
bormoqda. Hozirgi davrga kelib, oziq-ovqat mahsulotlari yoki ularninng tarkibiga kiruvchi alohida 
komponentlari ko‘plab hastaliklarga sabab bo‘lishi aniqlangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnologik jarayonlar yoki yangi ishlanmalar sog‘lom, yuqori 
sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash imkoniyatlarini yaratadi. 
Sog‘lomlik bilan iste’mol mahsulotlari orasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqa oziq-ovqat 
mahsulotlari tayyorlashning butunlay yangi yo‘nalishi – «Funksional ozuqa» tayyorlash, ishlab 
chiqarish uchun to‘rtki bo‘ldi. Sog‘lom ozuqa ist’emol qilish g‘oyasi yangi bo‘lmasdan, u o‘tgan 
asrning 50-yillarida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqidagi 
fikrlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, 1960-yillarda «tabiatga qaytish» 
degan istiqlolli shiorlar paydo bo‘lgan edi. 
Shundan keyin oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiruvchi: - xolesterin, yog‘lar, shakar va 
tuzlarning miqdorini kamaytirish zarurligi isbotlab berilgan edi. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlarini 
kaloriya miqdorini pasayishiga olib kelgan hamda iste’mol mahsulotlarini tayyorlashga 
ixtisoslashgan tashkilotlar mana shu ko‘rsatmalarga rioya qilishga majbur bo‘ldilar. Bugunga kelib, 
iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan talab biroz bo‘lsada yana o‘zgardi. Zamonaviy talablarga ko‘ra, 
iste’mol mahsulotlari nafaqat sog‘lom, balki u funksional bo‘lishi, ya’ni organizmga maqsadga 
yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishi zarur. 
Jahonda bunday maqsadga yo‘naltirilgan, funksional iste’mol mahsulotlari tayyorlash 
bo‘yicha Yaponiya mamlakati karvonboshilik qilib kelmoqda. Bu mamlakatda, oziq–ovqat 
mahsulotlari tayyorlash bilan yuzdan ko‘proq yirik kompaniyalar shug‘ullanishiga qaramasdan 
ularning faoliyati, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarninng sifati qattiq nazorat ostiga olingan.
Keyingi 10-15 yilda ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yilgan eng katta ahamiyatga molik bo‘lgan 
“Funksional ozuqa mahsulotlari” sifatida baliq moyi va o‘simliklardan olinadigan antioksidantlarni 
ko‘rsatish mumkin. Bu mahsulotlar aterosklerotik hamda qon tomirini boshqa kasalliklarini oldini 
olish xususiyatiga egadirlar. Zamonaviy nuqtai-nazariyaga ko‘ra iste’mol mahsulotlari tarkibida -
karotini ishlatilishi har-hil shish kasalliklarini sodir bo‘lish extimolini pasaytirsa, kalsiy tuzlari – 
osteoporoz hastaligini, maxsus yog‘lar esa – yurak-qon tomir xastaliklarini oldini oladi. 
Organizmga tushgan sellyuloza tolalari inson organizmni yurak gonorar xastaliklardan va shish 
bo‘lishidan saqlashi aniqlangan. Sink organizmning har-hil yuqumli kasalliklarga chidamliligini 
oshiradi. Magniy yurakni ishemik kasalliklari va o‘tkir yurak xastaliklarini kelib chiqishini oldini 
oladi. Funksional oziqalarni asosiy komponentlari bo‘lib, parhez tola, oligo- va polisaxaridlar, sut 
bijg‘ituvchi bakteriyalar, organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar, oqsillar, glyukoza, etil spirti, 
izoprenoidlar, vitaminlar to‘yinmagan yog‘ kislotalari (ayniqsa antioksidantlik xususiyatiga ega 
bo‘lgan birliklar) xizmat qiladilar. 
Funksional oziqadan foydalanish asosan ikki maqsadga xizmat qiladi: organizmga etarli 
(kerakli) miqdorda metabolik zarur bo‘lgan ozuqa komponentlari etkazib berish va uni (organizmni) 
har-hil kasalliklardan himoya qilish.
Yangi ozuqa mahsulotlarini tayyorlash uchun yuqumli bo‘lmagan, toksin saqlamagan tabiiy 
komponentlar ishlatilishini e’tiborga olgan holda, bunday mahsulotlarni keng miqyosda ishlab 
chiqarish uchun tegishli komponentlarni ko‘proq tayyorlash yoki to‘plash eng dolzarb masalaga
aylanib qolishini hisobga olish zarur bo‘ladi. Biotexnologiyaning asosiy vazifasi esa ekologik toza 
funksional ozuqani keng miqdorda ishlab chiqarishdan iboratdir.
Biotexnologiya yordamida (fermentativ kataliz, mikroorganizmlarni o‘stirish, hayvon va 
o‘simlik xujayralarini ko‘paytirish va x.k.) ozuqa mahsulotlarini keng miqdorda tayyorlash 
imkoniyati yaratiladi. 


Bizdan avval o‘tib ketgan avlod-ajdodlarimiz hali mikroorganizm degan tiriklik borligidan 
xabarsiz bo‘lgan davrlarda ham ular yordamida xilma-xil ozuqa va ichimlik mahsulotlari tayyorlab 
ist’emol qilishganlar. O‘sha davrlarda qandaydir «aniq bo‘lmagan kuch» borki, u nafaqat 
mahsulotni tayyorlash jarayonlarida, balki uning buzilib, aynib qolishida ham ishtirok etishi ma’lum 
bo‘lgan. Insonlar biologik mohiyatini tushunmasdan, uni bilmasdan turib, mikroorganizmlarni 
saqlash va ulardan ba’zi bir texnologik jarayonlarda foydalanish yo‘llarini bilganlar. 
Mikroorganizmlardan ajralgan fermentlar yordamida tayyorlangan dastlabki mahsulotlar
pivo va pishloq bo‘lsa ajab emas. Hozirga kelib fermentlar yoki mikroorganizmlarni o‘zlari 
asosida yaratilgan texnologiyalar zamonaviy oziq-ovqat sanoatida etakchi o‘rinlarda turadilar.
Bugungi kunda iste’mol mahsulotlari ishlab-chiqarish sanoatning eng keng tarqalgan 
sohasi bo‘lib, haqiqatda mamlakatning byudjet aylanmasining 20-25% ini tashkil etadi. Oziq-
ovqat sanoati birlamchi ishlab chiqarishdan tashqari keng tarqalgan tarmoqlarga ega bo‘lib, ular 
xilma-xil tipga ega bo‘lgan transport sohasi, kommersiya idoralari, idishlar ishlab chiqaruvchi 
zavodlar, savdo-sotiq tarmoqlari, har-xil sohadagi izlanish sohalari va boshqalarni o‘z ichiga 
oladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muammolarni tezkorlik bilan xal qilish maqsadida 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar birlashib, yirik multi-milliy 
kompaniyalarni tashkil etadilar. 
Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ulardan eng 
muhimlari, urug‘ni sifati, hayvonlarni zoti, seleksiya qilib, tanlab olingan, ko‘p yillik o‘simliklarni 
sifat belgilari hisoblanadi. qishloq xo‘jaligi bilan ist’emolchilar orasidagi bog‘liqlik odatda oziq-
ovqat sanoati orqali amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy vazifasi yuqori sifatli iste’mol mahsulotlardan ko‘zga yoqimli, 
xushbo‘y hidli va ta’mli mahsulot etishtirishdan iboratdir. 
Oziq-ovqat sanoati biotexnologiyasining asosiy vazifasi zamonaviy biologiya fanlari hamda 
biomuxandislik erishgan yutuqlarni iste’mol mahsulotlarining ananaviy qayta ishlash jarayonlari 
bilan birga bog‘lab, yangi, zamon talablariga javob bera oladigan, ekologik toza ozuqa 
etishtirishdan iboratdir.
Bu maqsadga faqatgina ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarida biologiya va 
texnologiya fanlarining eng zamonaviy yutuqlarini joriy qilish orqali erishish mumkin xolos. 
Zamonaviy biotexnologiyani oziq-ovqat sanoatiga aralashishi uni infratuzulmalarini tubdan 
o‘zgartirib yubormaydi.
Bunga asosiy sabab taraqqiyotni hozirgi bosqichida, ist’emolchi nuqtai nazaridan ozuqa 
mahsulotlari etishtirishda ko‘proq ozuqa mahsulotlarining sifati va kimyoviy tarkibining ilmiy 
asoslangan ko‘rinishiga nisbatan ularni ananaviy ko‘rinishda bo‘lishi maqulroq ko‘rinadi. 
Mutaxassislarni baholashlaricha, (shu jumladan patentlar ham) yangi ozuqa mahsulotlari 
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanishlar tayyor mahsulotni tan narxini 2% dan oshmaydi. 
Ko‘pincha mahsulot katta miqdorda ishlab chiqariladi va ist’emolchini qiziqishini e’tiborga olgan 
holda imkoniyat boricha pastroq baholanadi.
Biotexnologiyaning zamonaviy usullari oziq-ovqat mahsulotlari komponentlari alohida 
komponentlarini katta xajmda va ko‘plab ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Masalan, oziq-
ovqat sanoatida ishlatish uchun zarur bo‘lgan organik kislotalar, aminokislotalar va x.k. Bu 
mahsulotlar odatda o‘rtacha baholanadilar. Kam miqdorda ishlab chiqariladigan, qimmatbaho 
mahsulotlar, sirasiga, yuqori tozalikga ega bo‘lgan oqsil moddalar, shakar o‘rnini bosadigan 
moddalar kiradilar.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari, sanoatni boshqa tarmoqlarining 
korxonalariga 
nisbatan 
o‘ziga 
hoslikga 
egadirlar. 
Ishlab 
chiqariladigan 
masulotlarni 
ko‘psonliligidan tashqari, ular muayyan sharoitdagi ist’emolchini talabalaridan kelib chiqqan holda
har-hil hajmda ishlab chiqariladi. Ular orasida minglab ishchilarni ish bilan ta’minlaydiganlaridan 
boshlab atigi 2-3 kishi bilan chegaralanadigan kichik sexlargacha bor. Bu korxonalar texnologik 
jarayonlardan foydalanadilar. Masalan, mexanik operatsiyalar (maydalash, elash, kesish, 
ekstraksiya qilish, ezish, aralashtirish, filtrlash va x.k.), biologik jarayonlar, jumladan fermentativ 


reaksiyalar va mikrobiologik jarayonlar (aerob, anaerob); kimyoviy o‘zgarishlar (gidroliz, sintez va 
boshqalar); fizik ta’sir (cho‘kmaga ajralish, xarorat ta’siri, bosim, quyosh nuri bilan ishlov berish). 
Yaqin kelajakda oziq-ovqat sanoati, o‘simliklarni hosildorligini oshishi, mikroorganizmlar va 
hayvonlarni masuldorligini ko‘payishi hisobidan yanada rivojlanib ketadi deb taxmin qilinmoqda. 
Bu maqsadga erishish uchun usullardan, masalan, seleksiya, mutagenez, xujayra va gen 
muxandisligi usullari foydalaniladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalariga gen muxandisligini kiritish 
hisobidan anchagina o‘zgarishlarga erishish kutilmoqda. Serxosil, har-hil kasalliklarga chidamli 
bo‘lgan, tez rivojlanuvchi transgen mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlardan foydalanish bu 
tarmoqni rivojlanishiga yangi to‘rtki bo‘lishi mumkin. Zamonaviy biotexnologiya oziq-ovqat 
sanoatini barcha tarmoqlari bilan, (shu jarayonda ishlatiladigan organizmlarni sifatini yaxshilashdan 
boshlab, ozuqa mahsulotlarini sifatini tuzatishgacha) chambarchas bog‘liqdir.
Biotexnologiyani achish-bijish jarayonlarida yanada faolroq ishtirok etishi kutilmoqda. Oziqa 
mahsulotlari (non, pishloq, qatiq, kefir, yogurt), ichimliklar (vino, pivo, konyak, viski, sake, vodka), 
sabzavotlarni tuzlanganlari (fermentativ yo‘l bilan olinganlari), - ko‘psonli biokimyoviy reaksiyalar 
oqibatida engil hazm bo‘luvchi, sifatli, yoqimli mazali ozuqa mahsulotlariga aylanib boradilar. Buni 
ustiga zamonaviy biotexnologiyani yangi imkoniyatlarini masalan, mikroorganizmlarni yirik (1000-
3000 m
3
) reaktorlarda o‘stirish, membranalar orqali filtrlash, separatsiya qilish (ajratish) hisobga 
olinganda oziq-ovqat masulotlarini yangi, sifatli, hamda ularni ko‘p miqdorda ishlab chiqarishda 
biotexnologiyani roli beqiyos ekanligi yanada yorqin nomoyon bo‘ladi.
Ushbu fan O‘zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo‘lib, uni tarixi uzoqqa bormaydi 
(qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va x.k. bundan istisno). Bu fan asosan 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar 
eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator 
zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib 
kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996) 
fuzarium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (V 
guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va x.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. 
Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni tahlil qilib, ularni 
Novvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus 
hamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi. 
Professor Q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib yog‘ parchalovchi 
lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko‘p shakliligi sabablarini tahlil 
qilaturib, har bir biotexnologik jarayon uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza fermenti 
zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. 
B.f.d. J.Tashpulatov, somon va g‘o‘zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" deb
atallish zamburug‘ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu 
texnologiyani amaliyotga qo‘llash taklif va muloxazalarini chop etdi. J.Tashpulatov yaratgan bu 
texnologiya qo‘llanilganda somonda shakar miqdori 6-7%ga etgani, unda vitaminlar, 
aminokislotalar paydo bo‘lganligi va shu tufayli somonni oziqa-birligi bir necha barobar oshganligi 
isbotlab berilgan. 
O‘zbek olimlaridan T.G.Gulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov, 
I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda biotexnologiyani rivojlantirish ustida chuqur ilmiy 
va amalliy ishlar olib bormoqdalar. SHuningdek, marhum professorlar M.M.Murodov va
T.YU.YUsupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta ilmiy amaliy nazariyalar 
yaratilgan. 
YUqorida fikr etilgan uch zavodda (Andijon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi, YAngi 
yo‘l biokimyo zavodlarida) spirt olish uchun zarur bo‘lgan amilaza fermentini ishlab chiqarish 
bo‘yicha chuqur izlanishlar olib borilmokda. 
Biotexnologiyaning 
imkoniyatlari.Dunyo 
bo‘yicha 
biotexnologiyani 
rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan asosiy yo‘nalishlari bu ma’lum maxsulotlarga va energiyaga bo‘lgan talablar bilan 


bog‘liqdir. Planetda axolining soni to‘xtovsiz ko‘payayotgan bir vaqtda, yaXXI asrda axolining 
oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan extiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan maxsulotlarni etishtirib 
berishdan iborat
NAZORAT SAVOLLARI
1. Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasining asosiy yo‘nalishlari xaqida ma’lumot bering 
2. Biotexnologiyaning oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlari, oziqa qo‘shimchalar, biologik faol moddalar 
ishlab chiqarishda qanday imkoniyatlarga ega. 
3. Biotexnologiyaning ob’ektlariga nimlar kiradi?
4. Funksional oziqa tayyorlash biotexnologiyasideganda nimani tushunasiz? 
5. Oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlari ishlab chiqarishdagi biotexnologiyaning axamiyati nimadan iborat? 
6. Oziq-ovqat maxsulotlari tarkibining organizmlarga axamiyati nimalardan iborat? 
7. Maxsulotlar ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning axamiyati nimalardan iborat? 
8. Biotexnologik maxsulotlar ishlab chiqarish jarayonining umumiy, qisqa texnologiyasini keltiring. 
9. Biotexnologik maxsulotlar tayyorlashda foydalaniladigan mikroorganizmlar va ishlab chikishdagi 
asosiy boskichlarini ko‘rsating
10. Biotexnologik usulda tayyorlanadigan oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlariga misollar keltiring 
2-mavzu: Sut va sut mahsulotlari ishlab chikarish biotexnologiyasi
Asosiy savollar 
1. Laktozasiz sut olish texnologiyasi.
2. Sut zardobini qayta ishlash va qandli moddalar olish texnologiyasi.
3. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish biotexnologiyasi 
4. Sut-qatiq maxsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan mikroorganizmlar 
1-savol bayoni. Laktozasiz sut olish texnologiyasi.Laktoza - sut qandi organizmda laktaza 
fermenti tomonidan parchalanadi. Lekin ba’zi oranizmlar sut qandini xazm qila olmaydi. 
Odatda insonlarning ovqat xazm qilish tizimida laktaza ishlab chiqariladi va laktozaning 
xazm bo‘lishini ta’minlaydi. Laktaza laktozani glyukoza va galaktozaga parchalaydi. Laktozaning 
xazm bo‘lmasligining sababi laktaza fermentining organizmda kam miqdorda yoki umuman ishlab 
chiqarilmasligining genetik berilganligidir. 
Laktozani xazm qila olmaydigan insonlar nordon sut mahsulotlari: pishloq, qatiq, tvorog, 
yogurt iste’mol qila oladilar. CHunki sutning mikroorganizmlar yordamida ivitilishi natijasida sut 
qandi sut kislotaga aylanadi. Ammo sutdan umuman voz kechish maqsadga muvofiq emas, chunki 
sut tarkibida juda ko‘p foydali (almashinmaydigan aminokislotala, vitaminlar, kalsiy) moddalar 
tutadi. SHuning uchun laktozasiz sut ishlab chiqarishning bir necha usullari yaratilgan. 
1-rasm. Laktozaning parchalanishi 

Download 1.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish