|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 107/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmamavzu.Marketing tizimida axborot ta‟minoti
Keys stadi
Marketingni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.
Bozorda tovar siyosatini qo‘llash tegishli boshqarish strategiyani ishlab chiqishni talab etadi. Marketingni boshqarish strategiyalarini shlab chiqishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
-tovar siyosati yo‘nalishi aniqlab olinishi kerak;
-bozorni segmentlash;
-tovarlar assortimentini shakllantirish va assortiment siyosatini ishlab chiqish;
-talabni shakllantirish yo‘nalishlarini aniqlash;
-bozorga kirib borish strategiyasini tanlash;
-marketing taktikasi ishlab chiqish;
-narx siyosatini shakllantirish.
Kichik korxonalarda yaxshi o‘ylab topilgan assortiment siyosati yuqori daromad olinishini ta‘minlabgina qolmay, balki korxonaning bozorda mustahkam o‘rnashishini, iste‘molchilarning hurmatini qozonishini, korxona imijini oshirish ham ta‘minlaydi.
Marketing tadqiqotlari natijalari asosida firma yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida firma faoliyatining strategik tadqiqoti o‘tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish shakllari ishlab chiqiladi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchanlikka moslanuvchan bo‘lganligi bois, iqtisodiy jarayonlarning borishini oldindan aytish juda cheklangan. Shuning uchun firmalar o‘z faoliyatini samarali olib borishga intilib va tobora uzoqroq muddat uchun oldindan strategik rejalashtirish usulidan foydalanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlarini, raqobat muhitini, iste‘molchilar xatti- harakatini tahlil qilish asosida firmaning strategiyasini ishlab chiqish negiz bo‘ladigan umumiy maqsadlar belgilanadi.
Aholining ma‘lum iste‘mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ko‘plab omillarga, jumladan: oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxi, aholi pul daromadi, turmush tarzi va darajasi va shu kabilarga bog‘liq bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklif darajalarini o‘rganish ushbu tovarlarni ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash hajmlarini rejalashtirish hamda bashoratlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |