3-§. O`zbek zooantroponimlari xususida
O`rta Osiyo xalqlari, jumladan, o`zbek xalqi uzoq qadimdan boshlab tug`ilgan o`g`il va qiz bolaga ism qo`yishda ma`lum maqsad ko`zda tutilgan va bunga amal qilib kelingan. Albatta, nom qo`yishdagi maqsad va niyat dastlabki davrlarda totem va magik xarakter kasb etgan. Qadimda turkiy xalqlar ba`zi yirtqich va uy hayvonlari haqida turli xil totem tasavvurga ega bo`lgan. Bo`riga bo`lgan ishonsh esa totem tasavvur bilan bog`liqdir. Afsonalarda turk urug`larining asosini bo`riga olib borib taqash ularda bo`riga bo`lgan ishonchning saqlanib qolishiga sabab bo`lgan. Bo`riga ishonchning asosiy qismi o`zbeklarning turli gruppalarida bolaning tug`ilishi, uning hayotini saqlab qolishi bilan bog`langan. Qashqadaryo o`zbeklarining qo`ng`irot , avaxli, nayman, quchchi, saroy, mang`it kabi urug`larida homilador ayollar bo`rining terisidan, suyagidan va boshqa a`zolaridan tumor qilib, o`zi bilan olib yurganlar, bola tug`ilishini osonlashtirish uchun onaning oyog`i ostida bo`rining payini qo`yganlar, yangi tug`ilgan bolani bo`rining jag`suyagi ostidan o`tkazib olganlar, bo`ri suyagini saqlashgan, bolani bo`ri terisiga o`rab qo`yganlar, o`g`il bolalarga Bo`ri, Bo`riboy, Boybo`ri, Eshbo`ri, qiz bolalarga esa Bo`rigul, Bo`ritosh, Bo`rixol deb ism qo`yganlar. Natijada, bo`ri va boshqa yirtqich va uy hayvonlariga e`tiqod tufayli turkiy xalqlarda Bo`ri, Arslon, SHer, Qo`chqor, Qo`zi, Bo`ta, Nor, Tuqli, Qunduz, Kiyik, To`ti, Qumri, Turg`ay, Qulon, Toyloq, Itolmas, Qo`yboqar kabi ismlar keng tarqalgan.
Bunday kishi ismlari hozirgi o`zbek tilida, uning barcha sheva vakillarida keng tarqalgandir. Lekin Toyloq, Norxo`roz, Qulon, Eshbo`ri, Itolmas, Qo`chqor, Tuqli, Bo`ta, Qo`yboqar kabi ismlarining boshqa o`zbek shevalariga nisbatan Qashqadaryo o`zbeklarida ko`proq uchrashi bu voha o`zbeklarining qadimdan asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lganligidir.
Keyingi davrlarda bunday atoqli otlarning ishlatilishi doirasi ancha kengaydi. Ular kishi ismlariga xos turli hil qo`shimchalar bilan qo`llana boshladi va turli hil kompanentli ko`rinishlarga ega bo`ldi. Masalan, Arslon- Arslonqul, Arslonbek; Bo`ri- Bo`rixo`ja, Bo`rijon, Bo`rivoy, Bo`rimat, Bo`rigul, Bo`rioy, Bo`rixol, Bo`ritosh , Bo`riniso, Eshbo`ri; Bo`ta- Bo`taboy, Bo`tayor, Bo`taali, Norbo`ta, Holbo`ta, Erbo`ta, Boybo`ta, Bo`tagul; Tuqli- Tuqlibek, Tuqliali, Tuqliboy, Tuqlimurod; To`ti- To`tigul, To`tixon, To`tibuvi, To`tiniso, To`tijon; SHer- SHerali, SHerqul, SHerbo`ta, SHermurod, SHerzod, SHeron, SHerbek; Nor- Norcha, Norbek, Norboy, Norbo`ta, Norbo`ri; Qo`zi- Qo`ziboy, Qo`zibek, Qo`zigul, Qo`zixon, Qo`zioy; Qo`chqor- Qo`chqorbek, Qo`chqortoy; Qunduz- Qunduzxon; Qumri- Qumriniso, Qumrioy, Qumrixon, Qumrioy, Qumrigul; Qo`yli- Qo`ylibek, Qo`ylivoy, Qo`yboqar.
Zooantroponimlar (zoo… yun. zoon – jonivor, tirik mavjudod) – qo`shma so`z bo`lagi. Hayvonot olamiga daxldorlikni bildiradi: masalan, zoologiya, zoogeografiya) ning qaysi jinsga mansub kishining atoqli oti ekanligi ko`pincha uning morfologik ko`rsatkichlari orqali farqlanadi. Arslon, To`qli, Qo`chqor, Qo`zi, Bo`ta, Bo`ri, Qunduz, Toyloq, Qulon, SHer erlar ismi bo`lib qo`llangan. Bundan tashqari, ularni (Norcha) ali (Norali, Bo`taali,SHerali) ,-boy (Bo`taboy, Norboy, Qo`ziboy, To`qliboy, Bo`riboy), -bek (Norbek, SHerbek, To`qlibek,Qo`ychibek) ,-jon (Bo`tajon, Bo`rijon) ,-toy (Qo`chqortoy, SHertoy,SHertoy), -qul (Bo`taqul, Norqul, SHerqul, Arslonqul) ,-murod (SHermurod, To`qlimurod, Arslonmurod), -zod (SHerzod) , -mirza (To`qlimirza) kabi morfologik ko`rsatkichlar bilan ham erlar jinsiga xos atoqli otlar bo`lib qo`llanadi. Qunduz, To`rg`ay, To`ti, Qumri kabilar asosan ayollar ismi bo`lib qo`llanadi. SHuningdek , qo`zi , bo`ri, sher, xo`roz so`zlari quyidagi gramatik ko`rsatkichlar vositasida ayollar jinsiga xos atoqli otbo`lib qo`llaniladi: -oy (To`tioy, Qumrioy, Qo`zioy, Bo`rioy) , -xon (Bo`rixon, Qunduzxon, Qo`zigul, SHergul, Bo`tagul, To`tigul) ,-niso (Bo`riniso, Qumriniso, To`tiniso), -xol (To`tixol, Bo`rixol, Xo`rozxol) ,-tosh (Bo`ritosh), -buvi (To`tibuvi) .
Zooantroponimlar tuzilishi jihati sodda (Qo`zi, Bo`ta, Qunduz, To`ti, Bo`riniso, SHerali) va qo`shma (SHerbo`ta, Eshbo`ta, Boybo`ta) dir.
To`qloboy ismi bеvosita chorvachilik bilan bog`liq.
To`qli – urg`ochi qo`zi bo`lib, onasiga ergashib yuradigan qo`zilarga nisbatan aytiladi. Bu ismga qo`shilib kеladigan “boy” elеmеnti kishi ismining tarkibiy qismi ekanligini ko`rsatadi. “To`qli+boy” shaklida yasalgan qo`shma ismdir:
Qubodshohga shu To`qliboy haq bеrdi,
Nasiya emas, shu kuni naq(d) bеrdi.
Boqib yotib kamar toshning ostidan,
Nishonaga ildira sop o`q bеrdi [100,185].
|